Namdu tabiiy fanlar va geografiya fakultetiBiologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi
Dukkaksimonlar kenja oilasi — Faboideae
Download 0.79 Mb.
|
Burchoqnamolar qabilasdi
3.3 Dukkaksimonlar kenja oilasi — Faboideae
Dukkakli o‘simliklarning turkumlari orasidagi o‘zaro farqini aniqlash uchun changchisini tuzilishi muhim ahamiyatga ega. Ayrim turkumlar vakillarining changchisi tutash emas, 10 ta changchining har biri alohida-alohida erkin holda joylashgan (Sophora, Thermopsis), boshqalarida barchasi tutashib chang nayini hosil qiladi. Urug‘chisi shu nay ichida joylashgan (Lupinus) bo‘ladi. Va, nihoyat, ko‘pchilik turkumlarda changchisining 9 tasi tutash, 1 tasi alohida (Pisum, Medicago, Vicia, Lathyrus va boshqalar) joylashgan. Urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan. Tugunchasi ustki, bir uyli. Dukkaklilarning sistematik belgilarini bir-biridan farq qilishda ularning mevasining tuzilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Dukkaklar o‘z tuzilishiga ko‘ra ikki pallaga ajraladigan (mosh, no‘xat, burgan, loviya) ko‘p urug‘li, bir urug‘i qismlarga ajraladigan (Koronella) yoki bir urug‘li mevasi ochilmaydigan (Onobrychis) bo‘ladi. Urug‘i endospermsiz. Dukkakdoshlar urug‘i tarkibida oqsilning ko‘pligi (no‘xatda 31%, moshda 61% ga qadar) bilan xarakterlanadi. Undagi oqsilning oziqaviy sifatiga ko‘ra bu o‘simliklar nihoyatda qadrlanadi. Oqsilining tarkibida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan lizin, tripofan, tsitozin, valin singari aminokislotalar mavjud Dukkakli o‘simliklarning turli-tuman vakillari oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor, oshlovchi va bo‘yoqbop texnik o‘simliklar sifatida madaniylashtirilgan. Quyida O‘rta Osiyoda keng tarqalgan va xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turkumlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Astragal (Astragalus) turkumining 2.000 dan ortiq turi yer kurrasining Avstraliyadan tashqari barcha qit’alarida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi Shimoliy yarim sharning subtropik mintakasida, xususan, O‘rta yer dengizi viloyatlarida, Markaziy Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyo bu o‘ziga xos polimorf turkumning tarqalish markazlaridan biri hisoblanadi. Bu o‘lkada astragallarning 600 dan ortiq turi keng tarqalgan bo‘lib, uning 350 turi shu tuman endem o‘simliklaridan hisoblanadi. Janubiy O‘zbekistonda astragallarning 140 turi tarqalgan. Bu O‘zbekistonda o‘sadigan astragallarning 55% ni tashkil etadi. Ularning asosiy qismi adir, tog‘ va yaylov mintaqalarida tarqalgan bo‘lib, muhim yem-xashak o‘simliklardan hisoblanadi. Astragal turlari Tosh va shag‘al aralash tog‘ oldi va tog‘ zonalarida o‘suvchi balandligi 30-60 sm keladigan Isfahon astragali (Astragalus isphaganicus), balandligi 30-80 sm ga qadar bo‘lgan ko‘p yillik Boysun astragali (A. boisunensis), balandligi 70-120 sm bo‘lgan mevali astragal, (A. retamocarpus), Sivers astragali (A. siversianus), yaylovlarda keng tarqalgan Massagetov astragali (A. massagetovii),. Shugnan astragali (A. schugnanicus) va Shut astragali (A. Schutensis) deyarli barcha zonalarda uchraydigan bir yillik astragallardan. Shmalgauzen astragali (A. schmalhausenii), o‘roqsimon astragal (A. harpilobus), ilonsimon astragal (A. vicarius), qarmoqsimon astragal (A.campilotrichus), kunjutsimon astragal (A. sesamoioles), ingichka poyali astragal (A. filicaulis) kabilarini ko‘rsatish mumkin. Astragallar O‘zbekiston o‘simlik qoplamining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ular cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarida keng tarqalgan. Oqsilga boy muhim yem-xashak o‘simliklari, cho‘lda bahor oylarida, adir, tog‘ va yaylovlarida yoz oylarida muhim oziqabop ekin hisoblanadi. Burchoq (Lathirus) turkumi. Ko‘p yillik va bir yillik o‘t o‘simlik, barglari juft patsimon, uning oxiri mo‘ylov bilan tugaydi. Changchilari tutashib, nay shaklini hosil qiladi, mevasi dukkak. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 50 dan ortiq, shu jumladan, O‘rta Osiyoda 17 turi ma’lum. E’tiborga molik turlaridan, tosh va shag‘al aralash mayin tuproqli tog‘ yonbag‘irlari, daryo irmoqlari, madaniy o‘simliklar orasida o‘sadigan no‘xatsimon burchoqni (L. cicera), madaniy o‘simliklar orasida yovvoyi begona o‘t sifatida o‘suvchi Osiyo burchog‘ini (L. asiatica), dengiz sathidan 2.500-3.000 m balandlikda toshloq va butazorlarda o‘sadigan mulkam burchog‘ini (L. mulkak) ko‘rsatish mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling