Namdu tabiiy fanlar va geografiya fakultetiBiologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi


Download 0.79 Mb.
bet1/5
Sana17.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1279379
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Burchoqnamolar qabilasdi

NamDU

Tabiiy fanlar va geografiya fakultetiBiologiya yo’nalishi

201-guruh talabasi

Tursunov Olimjonning Botanika fanidan

Tayyorlagan

Kurs ishi


Mavzu: Burchoqnamolar qabilasi – Fabales
Reja:
1-Bob. Burchoqnamolar qabilasi – Fabales.
1.1 Burchoqnamolar qabilasi vegetativ organlarining tuzulishi.
1.2 Burchoqnamolar qabilasi generativ organlarining tuzulishi.
2 Bob. Burchoqnamolar qabilasi keng tarqalgan oilasi.
2.1 Burchoqdoshlar oilasining umumiy tasnifoti.
3 Bob. Burchoqnamolar qabilasi keng tarqalgan kenja oilasi va turlari.
3.1 Mimozasimonlar kenja oilasi.
3.2 Sezalpinsimonlar kenja oilasi.
3.3 Dukkakdoshlar kenja oilasi.
4Bob. Burchoqnamolar qabilasining ahamyati.
4.1 Tabobatdagi ahamyati.
1-Bob. Burchoqnamolar qabilasi – Fabales
1.1 Burchoqnamolar qabilasining vegetativ organlarining tuzulishi.
Daraxt, buta, yarim buta va ko‘p yillik yoki bir yillik o‘t o‘simlik. Barglari murakkab (patsimon bo‘lingan, panjasimon murakkab, yoki uchbargli) yoki to‘liq rivojlanmaganligi tufayli ikkilamchi sodda bargli, ko‘pincha yonbargli.
1.2 Burchoqnamolar qabilasining generativ organlarining tuzulishi.
Gullari shingil (shoda), boshoq, kallak singari gul to‘plamlariga yig‘ilgan, qo‘sh jinsli yoki ayrim hollarda bir jinsli, aktinomorf (Mimosoideae) yoki, ko‘pincha, zigomorf, besh a’zoli, qo‘sh gul qo‘rg‘onli. Gul kosacha barglari (3-) 5 (6), erkin yoki ayrim hollarda ma’lum darajada tutash. Gulkosa barglari toj barglariga teng, erkin yoki ikkitasining ost kismi tutash. Changchisi aksariyat turlarda 10 ta.
2-Bob. Burchoqnamolar qabilasining keng tarqalgan oilasi.
Ko‘pchilik sistematiklar Fabales (Leguminosae) qabilasini Ra’nogullilar –Rosales qabilasiga yaqin deb qaraydilar, ayrim hollarda ularni birlashtirishga harakat qiladilar. Lekin Comer (1976), undan so‘ng Taxtadjyan (1987) ularning urug‘ining ichki tuzilishidagi farqni inobatga olib bu yaqinlikni inkor etadilar. Qabilaga faqat birgina Burchoqdoshlar - Fabaceae oilasi mansub.
2.1 Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi — Fabaceae
Burchoqdoshlar oilasi 500 ga yaqin turkum va 12 ming turni o’z ichiga oladi. Ular daraxt, chala buta, ko’p yillik, ikki yoki bir yillik o’t o’simliklari hisoblanib, butun yer yuzida tarqalgan.
Poyasi tik, o’rmalovchi va yotib o’suvchi bo’ladi. Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, tok va juft patsimon, ba`zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidan yaproqlari ba`zan shaklini o’zgartirib, gajaklarga, yon barglari esa tikanlarga aylangan.
Gullari ikki jinsli, noto’g’ri, ba`zan to’g’ri bo’lib shingil, boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to’pgulda joylashgan. Changchisi va urug’chilari hashoratlar yordamida ba`zan o’z —o’zidan changlanadi. Gulqo’rg’oni murakkab kosachabargi 5ta, ko’pincha qo’shilib o’sgan.tojbargi ham 5ta. Ustki tojbargi yirikroq bo’lib, «elkan» yoki «bayroqcha» deyiladi. Ikki yonidagisi «eshkak», ikkita ostqisi esa, changchilarni o’rab turgani «qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10 ta, ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining chang iplari o’zaro qo’shilib ketadi yoki uning aksi, hammasi erkin holda ham bo’ladi.
Urug’chisi bitta mevabargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki va bir uyali. Mevasi xilma-xil shaklga va kattalikka ega bo’lgan dukkakdir. Dukkagi ko’pincha qorin va orqachoklar bo’ylab yoki bosh chokidan bo’linadigan, ba`zi hollarda bo’linmay shakllan yong’oqsimon bo’ladi. Dukkagida bitta yoki bir nechtagacha buyraksimon dumaloq urug’lar hosil bo’ladi. Urug’lari endospermsiz.

Mimozasimonlar (Mimosoideae)
dukkaksimonlar (Faboideae)
Sezalpinsimonlar (Cesalpinideae)
3-Bob. Burchoqnamolar qabilasining keng tarqalgan kenja oilasi va turlari.
Bu qabila oilasi o’z ichiga 3 ta kenja oilachani oladi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling