Botanika fanidan kurs ishi mavzu: Burchoqdoshlar oilasi


Download 0.62 Mb.
bet1/9
Sana25.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1399155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI


11-21-GURUH TALABASI
Hasanova Xadichaning
Botanika fanidan
KURS ISHI


Mavzu: Burchoqdoshlar oilasi.

Qabul qiluvchi: Abduraimov Aziz


Guliston -2023

MUNDARIJA





KIRISH 3
I. ADABIYOTLAR TAHLILI 6
II. ASOSIY QISM 9
2.1. Burchoqdoshlar oilasining tavsifi. 9
2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar 13
2.3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 20
XULOSA 23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 24



KIRISH


Burchoqdoshlar yoki dukkakdoshlar oilasi (Fabaceae) Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) bo‘limi, Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi, (Dicotyledones) Burchoqnamolar qabilasi (Fabales) ga kiradi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan.


Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi tarqalgan. O‘zbekistonda 528 turni o‘z ichiga olgan 57 turkumi bor. Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasining tarkibiga daraxt, buta va chala buta o‘simliklar kiradi.
Oila 3 ta kenja oilaga: mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaсеае) ga bo‘linadi.
Mimozadoshlar oilachasi asosini tropik va suptropik xududlardagi daraxt o’simliklari, bularning o’ziga xos belgilari gullarining aktinomorf bo’lishidir. Changchilari erkin ( akatsiya –aсaсia turkum vakillari)
Sеzalpindoshlar оilachasi daraxt, buta va lianalar bo’lib, tropik mintaqalarda tarqalgan o’simliklardir. Ba’zi vakillari bizda madaniy holda o’stiriladi. Masalan, yahudiy daraxti ( сerсis siliguastrum), o’tkirbargli sano (сassia aсutifolia) va boshqalar.
Kapalakguldoshlar oilacha vakillarining gullari shingil, soyabon yoki kallak (boshcha) shakldagi to’pgulga yig’ilgan. Kosacha barglari qo’shilgan, 5 tishchali, aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon gulqo’rg’on 5 ta gultojibarglarga ega bo’lib, ularning 3 tasi erkin (yelkan va 2 ta eshkak) va ikkitasi qo’shilib qayiqchani hosil qiladi.
Bu oilaga kiradigan o’simliklarining barglari yonbargchali patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba’zan novdada oddiy bargchalar chiqaradi. Gullari odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan boshcha soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi. Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo’shilib o’sgan va goho zigomorf, ba’zan ikki labli bo’ladigan gulkosacha hosil qiladi



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling