Bunduk (Gymnocladus) turkumi. Bu turkum vakillarining guli har xil, kosachabarglari naychasimon, besh bo‘lakli, gulbarglari 5 ta, cho'zinchoq, changchisi 10 ta, erkin holda joylashgan. Mevasi cho‘ziq dukkak, po‘chog‘i qalin bo‘lib, bo‘laklarga ajraladi. Urug‘i tarkibida oqsil bor, urug‘pallalari qalin.
Griffit bagryannigi (Cercis griffithii Boiss. ) ning balandligi 3-6 metrlar atrofida, novdasi silliq, qo‘ng‘ir rangda, barglari navbat bilan joylashadi, ular oddiy, yumaloq yoki buyraksimon bo’lib, uchi yumaloq yoki o‘yiq, tubi yuraksimon, cheti tishchasiz, tuksiz, bo‘yi 5-8 sm, eni 7-12 sm. Barg bandi 20-30 mm, 5-7 ta asosiy tomiri bor. Gullari binafsha rangda, to‘pguli katta shingilcha hosil qiladi. Daraxti barg yozishdan oldin gullaydi, guli nektarli. Mevasi uzun, yassi dukkak, yuqori choki qanotchali.
II.2. 3-rasm. Griffit bagryannigi.
Tuxumak (Sophora) turkumi. doim yashil yoki barg to‘kadigan daraxtlar, butalar va ko‘p yillik o‘tlar turkumi. Osiyo va Avstraliya tropiklari va subtropiklarida 60 ga yaqin turi o‘sadi. O‘zbekistonda, asosan, vatani Xitoy va Yaponiya bo‘lgan 1 turi —yapon Tuxumagi (S. japonica) manzarali daraxt sifatida ekiladi.
Yapon tuxumagi (Sophora japonica L. )ning bo‘yi 20 m dan ortadi, shox-shabbasi yoyiq, sharsimon, nihoyatda manzarali. Tuxumak may oyida gullaydi, gullari oq sariq, kapalaksimon bo‘lib, novdasining uchida shingil ro‘vak hosil qiladi. U nektar chiqarib turadigan o‘simlik. Dukkagi oktabr oyida yetiladi, u daraxtda osilib turadi, seret, sirti cho‘tir, pallalarga ajralmaydi, yelimsimon suyuqlik bilan to’lgan, avval yashil bo’lib, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi. Urug‘i qora bolib, loviyaga o‘xshab ketadi.
2.2. 4-rasm. Yapon tuxumagi.
Karelin quyonsuyagi (Ammodendron Karelini Fisch. et. Meu. ) Bo‘yi 2-3 m ga yaqin kichik buta. Novdalari sariq-yashil tuk bilan qalin qoplangan, shoxlari qo‘ng‘ir-sariq, kul rangda, tikansimon barg qoldiqlari bor. Barglari ikkita bargchadan iborat, ular tuxumsimon, yashil-kulrang, tukli bo‘lib, bo‘yi 15-30 mm, eni 4 mm, uchi o ‘tkir. Gullari to‘q binafsha rangda bo‘lib, yosh novdalari uchida shingilcha hosil qiladi. Mevasi dukkak, tuksiz, yonidan ezik, bo‘yi 18-20 mm, eni
10 mm gacha, sariq. Markaziy Osiyoda qumliklarda tarqalgan. Qumlar harakatini to‘xtatish maqsadida ko‘p ekiladi.
2.2. 5-rasm. Karelin quyonsuyagi (Ammodendron Karelini Fisch. et. Meu. )
Do'stlaringiz bilan baham: |