Botanika fanidan kurs ishi mavzu: Burchoqdoshlar oilasi


Download 0.62 Mb.
bet3/9
Sana25.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1399155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI 2

Mavzuning asosiy maqsadi: Burchoqdoshlar oilasi o’simligining biologiyasi va shifobaxshlik xususiyatlarini tajribalar asosida o’rganib, o’rgangan xulosalarimiz asosida oila vakillarining foydali xususiyatlarini keng o’rganish, hosilning samaradorligini oshirishni oldimizga maqsad qilib qo’yishdan iborat bo’ladi..
Mavzuning asosiy vazifasi:

  • Burchoqdoshlar oilasiga umumiy tasnif berish

  • burchoqdoshlar oilasi biologiyasi va uning turlarini aniqlab o’rganish. Oilaning vakillaridan to’g’ri foydalanib, ularning tarqalish maydonlarini kengaytirib erkin rivojlanishiga yordam berishdan iborat hisoblanadi.


I. ADABIYOTLAR TAHLILI




BURCHOQDOSHLAR (dukkakdoshlar), (Fadaceae, Leguminosae) — ikki urug’ pallali o’simliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Ba’zan Burchoqdoshlarni 3 kenja oila — mimozadoshlar (Mimosaceae), Tse zalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseae yoki Fabaceae) ga ajratiladi. Burchoqdoshlarning barglari ko’pincha ketma-ket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon to’pgullarda o’rnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak. Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (O’zbekistonda 528 turni o’z ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy bo’lgan mosh, no’xat, loviya, soya, yer yong’oq oziq-ovqat uchun, to’yimli o’tloq o’simliklaridan beda, sebarga, esparset yem-xashak uchun ko’plab ekiladi. Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yog’och olinadigan daraxtlar bor. Yer yong’oq, sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Cho’llarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning ba’zi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektisid sifatida ishlatiladi. Ko’p Burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, tuxumakva boshqalar) manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub ko’p o’simliklarning ildizida atmosfera azotini o’zlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun Burchoqdoshlar azot birikmalari kam bo’lgan tuproqda ham yaxshi o’sadi.
Burchoqdoshlar oilasining ba'zi bir turkum vakillarini aniqlashda changchilarning tuzilishi muhim ahamiyatga ega, Sofora, Afsonak turkum vakillarida barcha 10 ta changchi erkin. Boshqa turkum vakillarida esa hamma 10 changchilar, changchi ipi qo’shilib, naycha hosil qiladi ( Supinus, Genista va boshqa turkum vakillarida). (1).
Oilachaning ko’pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo’shilib, naycha hosil qiladi, bittasi erkin holda bo’ladi (no’xat, beda, sebarga va boshqalar).
Mevasi - dukkak. (2).
Bu oilaga kiradigan o’simliklarining barglari yonbargchali patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba’zan novdada oddiy bargchalar chiqaradi. Gullari odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan boshcha soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi. (3, 4, 5, 6).
Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo’shilib o’sgan va goho zigomorf, ba’zan ikki labli bo’ladigan gulkosacha hosil qiladi. (4, 11).
Gultojining beshta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi hammasidan katta bo’lib ajralib bandchasiga nisbatan deyarli to’g’ri burchak ostida joy oladi. Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki qanotlar deb ataladigan ikki yon bargini yopib turadi, bu barglar assimetrik tuzilgan, Qanotlar o’z navbatida ikkita pastki bargni qoplab turadi. (10, 14).
Bu barglar ham assimetrik tuzilgan bo’lib bandchasi bor, ular boshdan oyoq yoki faqat yuqori qismidan bir - biriga qo’shilib o’sadi va qayiqcha deb ataladigan bir tuzilma hosil qiladi. Gulning otalig’i 10 ta gulida otalig’i 9 ta yoki 5 ta bo’ladigan kapalakgullar oilasi kamdan kam istisno tariqasidagina uchraydi. (8, 17).
Ko’pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir - biri bilan qo’shilib, tutashmas naycha hosil qiladi, qo’shilib o’smay, erkin turadigan 10 ta otalikning bir muncha keng turgan ipi o’sha naychaning tirqishini yopib tuuradi. Ahyon – ahyonda o’nta otalikning hammasi bir-biri bilan qo’shilib ketadi yoki aksincha o’nta otalikning hammasi erkin qoladi. (9).
Otaliklar qo’shilib o’sgan bo’lsa ham kapalakgullarning o’n a’zoli andraseyi besh a’zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko’rsatadigan belgilarni saqlab qoladi, bu otaliklarning uzun qisqaligida ko’rinadi, bir muncha uzun ipli beshta otalik kattaroq beshta otalik bilan navbatlashib turadi. Onaligi dukkaklilarning hamma vakillaridagidek, bir uyali ustki tugunchasi bor bitta meva bargchadan iborat. Mevalari ikki palla bo’lib ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba’zan suvli bo’ladi. (19).
Tuganak bakteryalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli o’simliklar o’zlashtiradi, shunga ko’ra azot kam tuproqda ham yaxshi o’saveradi. Dukkakli o’simliklarning ildizi va boshqa qisimlari chiriganida birikmalr holida to’plangan organik azot zapasi tuproqqa o’tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil o’simliklarga azotli oziq beradigan manba bo’lib qoladi. Azot to’plovchi o’simliklar bo’lmish dukkaklilar tabiiy o’simlik senozlari uchun ham ekiladigan o’simliklar uchun ham bir xilda muhim ro’l o’ynaydi. (5, 18).
Azot yetishmasigidan unumsiz bo’lgan tuproqlarning avval ularga dukkakli o’simliklar ekiladigan bo’lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. Almashlab ekishda dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli o’simliklar boshdan oyoq yer ustki qismlari bilan birga haydab yerga ko’mib yuboriladi. (20).



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling