Botanika fanidan kurs ishi mavzu: Burchoqdoshlar oilasi
Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar
Download 0.62 Mb.
|
KURS ISHI 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tikanli gledichiya (Gleditsia triacanthos L. )
- Kaspiy gledichiyasi (Gleditsia caspica Desf. ) II. 1. 2-rasm.
2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklarSezalpinlar kenja oilasi Bu kenja oila vakillarining guli noto’g’ri, gulqo’rg’oni 5 a’zoli, changchisi 10 ta bo’lib, erkin holda. Oila tarkibida 100 dan ortiq turkum bor. Gledichiya (Gleditshia) turkumi. Bargi qo’shpatsimon murakkab. Gullari bir jinsli, aktinomorf, mayda, ko’kish, barg qo’ltig’idan chiqqan boshoqsimon to’pgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Janubiy Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi ma’lum. Tikanli gledichiya (Gleditsia triacanthos L. ) bo’yi 25- 30 m ga, diametri 0, 7 m ga yetadigan katta daraxt. II. 1. 1-rasm. Gledichiya may oyida gullaydi. Gullari kichik shingilsimon to’pgul hosil qiladi. Ular mayda, tukli, gulqo’rg’oni yashil rangda, xushbo’y, nektarli bo’ladi. Ikki jinsli, ba’zan bir jinsli bo’ladi. Dukkagining bo’yi50 sm, ga, eni 3-4 sm ga yetadi, yetilish oldidan to’q jigarrangga kiradi. Mevasining eti mazali, tarkibida fitonsid moddasi bor. Dukkagining ichida loviyasimon uruglari bo’ladi. Urug’i endospermasiz. Po’sti juda qalin va qattiq bo’lib, urug’ning tez unib chiqishiga to’sqinlik qiladi. 2.2. 1-rasm. Tikanli gledichiya Kaspiy gledichiyasi (Gleditsia caspica Desf. ) II. 1. 2-rasm. tikani oddiy va shoxlamaydigan, dukkagi to‘g‘ri, enli bo‘lishi bilan oldingi turdan farq qiladi. Sharqiy Kavkazortida Talish pasttekisligida tabiiy o‘sadi, sovuqqa chidamsiz, shuning uchun faqatgina janubiy hududlarda ekish maqsadga muvofiqdir. 2.2. 2-rasm. Kaspiy gledichiyasi Tuganak bakteriyalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli o’simliklar o’zlashtiradi, shunga ko’ra azot kam tuproqda ham yaxshi o’saveradi. Dukkakli o’simliklarning ildizi va boshqa qismlari chiriganida birikmalar holida to’plangan organik azot zapasi tuproqqa o’tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil o’simliklarga azotli oziq beradigan manba bo’lib qoladi. Azot to’plovchi o’simliklar bo’lmish dukkaklilar tabiiy o’simlik senozlari uchun ham ekiladigan o’simliklar uchun ham bir xilda muhim ro’l o’ynaydi. Azot yetishmasligidan unumsiz bo’lgan tuproqlarning avval ularga dukkakli o’simliklar ekiladigan bo’lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. Almashlab ekishda dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli o’simliklar boshdan oyoq yer ustki qismlari bilan birga haydab yerga ko’mib yuboriladi. Kapalakgullilar oilasi tuganak bakteriyali bilan simbioz holda o’sadigan bo’lganidan ularning vegetativ qismalari bilan urug’larida oqsil moddalari juda ko’p bo’ladi, dukkaklilarning ko’pchilik vakillaridan yaxshi yem – xashak va ovqat o’rnini bosa olishi shunga bog’liq. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling