Botanika fanidan kurs ishi mavzu: Burchoqdoshlar oilasi


Download 0.62 Mb.
bet8/9
Sana25.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1399155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI 2

Askoxitoz kasalligi. Askoxitoz kasalligi bilan oddiy no’xat, mahalliy no’xat, loviyalar, mosh, china, yasmiq, loviya va boshqa dukkakli o’simliklar zararlanadi. Bu kasallik bilan kasallangan o’simliklarning barglarida och qo’ng’ir rangli, cheti qora hoshiyali, yumaloq yoki tuxumsimon dog’lar hosil bo’ladi. Poya va barg bandlarida ham xuddi shunday botib kirgan, cho’zinchoq dog’lari bor. Dukkaklaridagi dog’lar yumaloq botiq hoshiyali bo’ladi.
Kasallangan o’simliklardagi hamma dog’larda mayda qora nuqtalar paydo bo’ladi. Dukkaklar qattiq zararlansa, urug’lari ham zararlanadi, ular qo’ng’ir tusga kiradi va burishib qoladi, urug’ning unib chiqish quvvati bo’ladi.




XULOSA


Inson organizmining oziqlanishida o’simlik oqsili ham chorva mollari oqsili bilan bir qatorda muhim hayotiy ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi hayvonlari asosan o’simlik oqsili bilan oziqlanadi. Shuni aytish kerakki, dukkakli o’simliklar o’zlarining organizmida, ayniqsa urug’larida va yashil massasida ko’p miqdorda oqsil moddasini to’plash xususiyatiga ega, shuning uchun ham ular xalq xo’jaligida yuqori baholanadi.


Mavzuni o’rganishda no’xat o’simligining

  • xalq xo’jalikdagi ahamiyati, kelib chiqishi va tarqalishi,

  • navlari, hosili, o’simlikning tuzilishi,

  • biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, hosilni yig’ib olish va qayta ishlashni

  • no’xat o’simligining kasalliklari, ularga qarshi kurash choralari

  • no’xatning shifobaxshlik xususiyatlari

  • dukkakdoshlar oilasi mavzusini pedagogik texnologiyalar asosida botanika darslarida o’tish uchun bir soatlik dars ishlanmalari ishlab chiqildi.

O’simliklarga mineral o’g’itlardan kaliy, kalsiy elementlari yetishmaganda o’simlik organlarida o’zgarishlar sezildi, bunda yosh barglarining yuqori qismining oqarishi, yangi hosil bo’lgan barglar mayda, buralgan, noto’g’ri shakllarda bo’lishi mumkinligi aniqlandi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling