Name of presentation


Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi


Download 1.65 Mb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#187869
1   2   3   4
Bog'liq
boshqarish samaradorligi

3. Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi

Boshqaruvni ijtimoiy samaradorligini miqdoriy bahosida mulkiy taqqoslash tavsifi va alohida xususiy yo’nalishlarga e’tiborlik xususiyati o’z ifodasini topadi. Boshqaruv apparatining mehnat unumdorlkigida muhim holat sifatida ishchilarning umumta’lim darajasini va malakasini oshirish, moddiy – maishiy sharoitlarini yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi.

Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni takomillashtirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini kamaytirish, ijtimoiy – iqtisodiy omillarni qo’llash, ya’ni boshqaruv xodimlarining mehnat faolligini oshirish yoki mehnt qobiliyatlari susayishining oldini oluvchi, xodimlar qo’nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bozor sharoitida boshqaruvni ijtimoiy yo’nalishi kuchaytiriladi: boshqaruvni rivojlantirish moddiy – texnika bazasidan ijtimoiy – madaniy yo’nalishda foydalanish, korxonaning mulkchilik vositalari ahamiyatini, ishchilarning moddiy – maishiy sharoitlarini oshirish, ta’lim olish, madaniy vama’naviy vazifalarni chuqurlashtirish.

Menejer bozor munosabatlarida xo’jalik mehanizmini ijtimoiy, iqtisodiy va rag’batlantiruvchi omillarni, mehnat jamoasi tavsifini, kuch va malaka vositalarini qo’llash va takomillashtirishning sir – asrorlarini to’la o’zlashtirib olsagina boshqaruv faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta’minlash muhiti yaratilar ekan.

Shunday qilib, Kbts qancha kichik bo‘lsa, boshqarish tizimi samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi, chunki, boshqarish uchun harajat darajasi kam bo‘lib, mehnat unumdorligi yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish shuncha tejamli va maqsadga muvofiq boshqarilgan bo‘ladi.

Samaradorlikni baholash ko'rsatkichi tizimida korxona menejmenti va xodimlari faoliyati sonlar orqali o'lchanadi. Indikatorlar bo'yicha hisobot tayyorlangach, rejalashtirilgan maqsadga qanchalik darajada erishilgani, rejalar qay darajada aniq va to'g'ri qo'yilganini baholash mumkin. Samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari natijasi   strategik va taktik maqsadlarga tuzatishlar kiritishga ko'mak beradi.

Xulosa.

Amerikalik olimlar Rags va Felik unumdorlikni miqdor va sifat vositasida ifodalangan maqsadlarga o'z vaqtida erishish uchun aniq resurslardan qanday foydalanish ko'rsatkichidir deb hisoblaganlar. Korxona u ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulotning qaysisi iste’molchi uchun zarur ekanligini aniqlamagan holda unumdor bo'mlaydi.




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling