Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
10.-jadval.
O‘zbekiston moliya bozoridagi portfel investitsiyalarga muvofiq investitsiyalar yo‘nalishlarini taqsimlash mezonlari 1 Investitsion portfelning maqsadi Aktsiyalar % Obliga- tsiyalar % Pul rezervlar i, % Kapitalni asrab qolish 10 55 35 Joriy daromadlilikka erishish 30 60 10 Uzoq muddatli o‘sish 70 25 5 Daromadlilikni oshirish va istiqbollarini ta’minlash 40 50 10 Chayqovchilik 50 35 15 1 Imomov X.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. –T.: “TDIU”. 2010. –B.78. 80 Xatarning eng past darajasini ta’minlangan holda eng yuqori daromadga erishish murakkab vazifadir, uni hal etishda investor o‘z investitsion portfelini har kuni qayta ko‘rib chiqishi va zarur o‘zgarishlarni kiritishi lozim. Buning uchun qimmatli qog‘ozlar bozori holatini, iqtisodiy konyunkturani va mamlakatdagi hamda jahondagi siyosiy vaziyatni uzluksiz tahlil etib borish talab qilinadi 10.-jadval). Iktisodchilardan E. Smirnova riskni yuzaga kelishini quyidagicha ta’riflab o‘tadi: risk – bu dinamik holatda paydo bo‘lib, u doim harakatda va rivojlanishda bo‘ladi. Bunday rivojlanishni “risk mexanizmi” deb ataladi, mazkur mexanizm riskni o‘zgarishini va vaqtini belgilab beradi. Demak, Pensiya fondi o‘z investitsion siyosatini ishlab chiqishi va pensiya tizimini takomillashtirib borishi talab etiladi. Bu siyosat Fuqarolik kodeksiga, Budjet kodeksiga, «Investitsion faoliyat to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatining mexanizmi to‘g‘risida» qonunlarga, shuningdek investorlarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga asoslanadi. Pensiya fondining investitsion siyosati fond faoliyati barqarorligini ta’minlash, operatsiyalaridan foydani ko‘paytirish, xatar darajasini pasaytirish, fond balansi likvidligini ta’minlab turish maqsadlarida fondning portfel investitsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratiladi. Investitsion siyosat pul mablag‘larini fondning moliyaviy ehtyojlarini qondirishga safarbar etadi. Pensiya fondi faoliyatidagi xatar darajasini minimallashtirishda pul mablag‘lari kelib tushishi va mablag‘lar sarflanishini vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish juda muhim vazifadir. Davriy ravishda, to‘lovlarni bajarishi muddatlari etib kelganda fond pul mablag‘larining bir qismini portfel investitsiyadan bo‘shatib oladi. Bu maqsadda fond investitsiyalarni ham, jalb etilgan mablag‘larni ham vaqti va hajmi bo‘yicha diversifikatsiyalaydi. Masalan, fond resurslari muddatlariga mos ravishda, portfelni ham mablag‘larni shu muddatlarda daromadlarini boy bermasdan portfeldan bo‘shatib olishni rejalashtirib shakllantirishi lozim. Soliqqa 81 tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida Pensiya fondi bo‘sh pul mablag‘larini turli moliyaviy dastaklarga joylashtiradi. Bu dastaklar orasida soliqqa tortilmaydiganlari ham bo‘ladi, masalan, davlat obligatsiyalari. Qimmatli qog‘ozlardan daromadlar qanchalik darajada maqbul ekanligini aniqlash uchun Pensiya fondi ularni boshqa qo‘yilmalar bilan taqqoslaydi. Daromadlilik qo‘yilgan mablag‘lar bir yilga aylantirib hisoblanganda qancha foiz foyda keltirayotganligini bildiradi. Turli moliyaviy dastaklarga qo‘yilmalardan sof daromadni taqqoslash natijasida daromadlilik nuqtai nazaridan eng afzal moliyaviy dastaklarni aniqlash mumkin. Hozirgi paytda mamlakatimiz iqtisodiyotining moliyaviy mablag‘lari pensiya fondi ixtiyorida ham to‘plangan. Bu mablag‘lardan xatarning minimal darajasida maksimal foyda olib foydalanishni ta’minlanishi zarur. Xatarni pasaytirishning eng ta’sirchan omili esa aktivlarni iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiyalashdir. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling