Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
Tadqiqot ishining ob’ekti
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari.
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Tadqiqot ishining ob’ekti. O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda pensiya
tizimi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanishni o‘rganish tadqiqot ishining ob’ekti hisoblanadi. Tadqiqot ishining predmeti. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini boshqarish masalalari tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi. Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadi – O‘zbekistonda pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanishni takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflarni taqdim etishdan iborat.Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish zarur bo`ladi: 7 – O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minotining tashkiliy-nazariy va me’yoriy-huquqiy asoslarini ko‘rsatish; – Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o‘rganish; – “pensiya ta’minoti”, “pensiya fondi” “investitsiya”, “investitsion faoliyat”, “investitsiya sub’ektlari”, “investitsion institut”, “qimmatli qog‘ozlar bozori”, “portfel investitsiyalar”, “moliyaviy investitsiyalar», “moliyaviy risk” kategoriyalarini o‘rganish; – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini tahlil qilish; – fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini o‘rganish; – pensiya fondini mablag‘laridan investitsion faoliyatda foydalanishning xorijiy tajribalarini o‘rganish; – O‘zbekiston Respublikasida pensiya fondi va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti mablag‘laridan moliyaviy investitsiyalar sifatida foydalanish istiqbollarini ko‘rsatish. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Respublikamizda davlat va jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etilgan, zarur me’yoriy-huquqiy asoslari yaratilgan. Mazkur tadqiqotda pensiya tizimini o‘rganib, tahlil qilib chiqishga va uning investitsion faoliyatini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni asoslashga harakat qilinadi. Buning uchun esa pensiya fondi mablag‘larini investitsiya yo‘nalishida joylashtirish maqsadlarda foydalanishning tahlili ko‘rib chiqish talab etiladi. Mazkur ilmiy tadqiqotda respublikamizdagi Pensiya jamg‘armasi, Jamg‘arib boriladigan pensiya fondini mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanishning amaldagi holati va mavjud muammolar, xorijiy davlatlar tajribalarni o‘rganish, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini investitsion faolligini oshirishiga qaratilgan xulosa va takliflarni ishlab chiqish o‘z oldimizga maqsad qilib olindi. Pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarida foydalanish va ularni samarali boshqarishda qator dolzarb muammolarga yechim topish talab etiladi. 8 Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar hamda amaliy tavsiyalar kelgusida mamlakatimizda pensiya fondi mablag‘larining investitsion boshqarishni takomillashtirishga olib kelishi mumkin. Tadqiqotning asosiy masalalari: pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanishning xorijiy tajribalar asosida yoritish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini modernizatsiyalashga qaratilgan ilmiy xulosalar ishlab chiqish; pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanish jarayonini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy xulosalar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan investitsion strategiyasi bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling