Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
-rasm.Investitsiya va jamg‘armalarning bir-birlari bilan aloqadorligi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya va jamg‘arma faoliyatining aloqadorligi daromad jamg’arma investitsiya tadbirkorlik
3.-rasm.Investitsiya va jamg‘armalarning bir-birlari bilan aloqadorligi
1 Aktsiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarga investorlar qo‘yadigan barcha turdagi mablag‘larga moliyaviy investitsiya deyiladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish, antimonopol qonunlarning amal qilishini ko‘chaytirish, erkin tadbirkorlik yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlash yordamida moliyaviy bozorni rivojlantirish natijasida moliyaviy investitsiyalar aktivlashadi. Bu orqali vaqtinchalik bo‘sh bo‘lgan moliyaviy resurslar sohalar, tarmoqlar, yuridik va 1 Muallif tomonidan matn asosida tuzilgan. Investitsiya va jamg‘arma faoliyatining aloqadorligi daromad jamg’arma investitsiya tadbirkorlik daromad 34 jismoniy shaxslardan zarur sohalarga oqa boshlaydi. Oqibatda esa butun iqtisodiyotda umumiy investitsion faoliyat rivojlanadi. Berilgani rasmda investitsion potentsialga ega sub’ektlar ko‘rsatib berilgan (1.3.4-rasm). Investitsiya faoliyatini boshqarish davlat va yirik banklar aralashuvini ham taqozo etadi. Tadbirkorni jamiyat miqyosidagi muammolar (ishsizlik, tovarlar ortiqchaligi yoki etishmovchiligi) qiziqtirmaydi. Davlat mamlakat ichida ishsizlikni kamaytirish uchun yangi ish joylarini yaratish maqsadida kapital qo‘yilmalarni ko‘paytirishga intiladi. Davlat bilan tadbirkorning investitsiya siyosati bandlikni ta’minlashdagina emas, balki iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishda ko‘rinadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy vazifasi ko‘p sonli investorlarning bo‘sh pul resurslarini to‘plab, ularni iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishdir. Qimmatli qog‘ozlarning eng asosiy xususiyatlari aylanuvchanlik (muomalada bo‘lishlik) va to‘lovga layoqatlilik (likvidlilik) dir. Aylanuvchanlik – qimmatli qog‘ozning bozorda harid qilinishi va sotilishi, shuningdek ko‘p hollarda mustaqil to‘lov vositasi sifatida ishlatish xususiyati. Likvidlik – qimmatli qog‘ozning uning egasi uchun yo‘qotishlarsiz, bozor qiymati va sotish chiqimlaridagi kichik o‘zgarishlar bilan tez sotilishi va pul mablag‘lariga aylanishi (naqd pul yoki naqd pulsiz shaklida) xususiyatidir. Moliyaviy investor mablag‘lari investitsiyalangan qimmatli qog‘ozlar yig‘indisi portfel investitsiyalar deb ataladi. Portfel investitsiyalarni shakllantirishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi: xavfsizlik (risk, ya’ni tavakalchilikni kamaytirish), daromadlilik, likvidlik va qo‘yilmalarning o‘sishiga erishish. Bu tamoyillar muayyan darajada bir-biriga bog‘liq xarakterda bo‘ladi. Masalan, daromadlilikni oshirishga intilish riskni kuchaytiradi, ya’ni investitsiya qiymatini boy berish xavfi ortishiga olib keladi. Yuqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hamma vaqt ham yuqori daromad keltirmaydi. Davlat qimmatli qog‘ozlari likvidlik darajasi yuqori, tavakkalchilik past, lekin korxonalar qimmatli qog‘ozlariga nisbatan pastroq daromad keltiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling