Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р


Tadqiqot ishining ob’ekti


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/38
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
MUHAYYO Kurs ishi materiallari

Tadqiqot ishining ob’ekti. O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda pensiya 
tizimi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanishni o‘rganish 
tadqiqot ishining ob’ekti hisoblanadi.
 Tadqiqot ishining predmeti. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
daromadlarini boshqarish masalalari tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadi – 
O‘zbekistonda pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda
foydalanishni takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflarni taqdim etishdan 
iborat.Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish zarur 
bo`ladi: 



– O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minotining tashkiliy-nazariy va 
me’yoriy-huquqiy asoslarini ko‘rsatish;
– Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarini o‘rganish;
– “pensiya ta’minoti”, “pensiya fondi” “investitsiya”, “investitsion 
faoliyat”, “investitsiya sub’ektlari”, “investitsion institut”, “qimmatli 
qog‘ozlar bozori”, “portfel investitsiyalar”, “moliyaviy investitsiyalar»,
“moliyaviy risk” kategoriyalarini o‘rganish; 
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini tahlil qilish; 
– fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini o‘rganish; 
– pensiya 
fondini 
mablag‘laridan 
investitsion 
faoliyatda
foydalanishning xorijiy tajribalarini o‘rganish; 
– O‘zbekiston Respublikasida pensiya fondi va jamg‘arib boriladigan 
pensiya ta’minoti mablag‘laridan moliyaviy investitsiyalar sifatida 
foydalanish istiqbollarini ko‘rsatish. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Respublikamizda davlat va 
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etilgan, zarur me’yoriy-huquqiy 
asoslari yaratilgan. Mazkur tadqiqotda pensiya tizimini o‘rganib, tahlil qilib 
chiqishga va uning investitsion faoliyatini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha 
takliflarni asoslashga harakat qilinadi. Buning uchun esa pensiya fondi 
mablag‘larini 
investitsiya 
yo‘nalishida 
joylashtirish 
maqsadlarda 
foydalanishning tahlili ko‘rib chiqish talab etiladi. Mazkur ilmiy tadqiqotda 
respublikamizdagi Pensiya jamg‘armasi, Jamg‘arib boriladigan pensiya fondini
mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanishning amaldagi holati va 
mavjud muammolar, xorijiy davlatlar tajribalarni o‘rganish, jamg‘arib 
boriladigan pensiya tizimini investitsion faolligini oshirishiga qaratilgan xulosa 
va takliflarni ishlab chiqish o‘z oldimizga maqsad qilib olindi. Pensiya fondi 
mablag‘laridan investitsion maqsadlarida foydalanish va ularni samarali 
boshqarishda qator dolzarb muammolarga yechim topish talab etiladi.



Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar hamda 
amaliy tavsiyalar kelgusida mamlakatimizda pensiya fondi mablag‘larining 
investitsion boshqarishni takomillashtirishga olib kelishi mumkin. Tadqiqotning 
asosiy masalalari: 
 pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanishning 
xorijiy tajribalar asosida yoritish;
 iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida Budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini modernizatsiyalashga qaratilgan 
ilmiy xulosalar ishlab chiqish; 
 pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanish 
jarayonini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy xulosalar tayyorlash; 
 O‘zbekiston Respublikasida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi 
mablag‘laridan investitsion strategiyasi bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab 
chiqish. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling