Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р


Tadqiqot ishi natijalarining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
MUHAYYO Kurs ishi materiallari

Tadqiqot ishi natijalarining nazariy-amaliy ahamiyati. O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirishda tadqiqot ishining xulosa, takliflardan 
foydalanish mumkin. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya fondining 
daromadlarini samarali boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab 
chiqishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalaniladi. 
Tadqiqot ishi materiallaridan oliy o‘quv yurtlarida “Pensiya ta’minoti nazorati», 
“Xorijiy davlatlarda pensiya tizimi» va “Jamg‘arib boriladigan pensiya 
ta’minoti» fanlarini o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat

– pensiya fondlarining iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati ilmiy asoslandi;
– pensiya fondini boshqarishni isloh etishda xalqaro tajribalarni qo‘llash 
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;  
– Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya fondini investitsion 
faoliyati strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy xulosalar 
berildi;
– pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanish 
uslubiyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ishlab 
chiqildi. 
– pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanish 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. 
 Tadqiqot ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Tadqiqot ishining hajmi 
91
betdan iborat, tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxatidan tashkil topgan. Tadqiqot ishining kirish qismida tadqiqot ishi 
mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi berilgan. Shuningdek, tadqiqot 
ishining maqsadi va vazifalari, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari,
tadqiqot mavzusi bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili, tadqiqot ishining ob’ekti 
va predmeti, tadqiqot ishining nazariy-amaliy ahamiyati, tadqiqotning ilmiy 
yangiligi hamda tadqiqot ishi tarkibining qisqacha tavsifi ko‘rsatilgan. 


11 
Tadqiqot ishining «Ijtimoiy kafolatlarda pensiya ta’minotining o‘rni va 
investitsion faoliyatning nazariy-huquqiy asoslari» nomli birinchi bobida davlat 
moliyasi tizimida pensiya fondlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va asosiy 
vazifalari yoritib berilgan. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya
jamg‘armasini 
tashkil 
etilishi 
ko‘rsatilgan. 
Milliy 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashda investitsiyalarni jalb qilinishi o‘rganilgan.
Tadqiqot ishining «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Jamg‘arib 
boriladigan pensiya fondi investitsion faoliyatining tahlili» nomli ikkinchi 
bobida O‘zbekistonda investitsion faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslarining
hozirgi holati ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini boshqarilishi 
ko‘rsatilgan. Moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlik natijalari
tahlil qilingan. 
Tadqiqot ishining «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida pensiya 
fondlarining investitsion faoliyatini rivojlantirish masalalari» nomli yakuniy 
bobda pensiya fondlari faoliyatining xorijiy tajribalari ko‘rsatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida pensiya fondi mablag‘larini boshqarishning 
huquqiy 
asoslarini 
takomillashtirish 
yo‘llari 
berilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasida pensiya fondi mablag‘laridan investitsion maqsadlarda 
foydalanish istiqbollari aniqlangan.
Tadqiqot ishining yakunida O‘zbekiston Respublikasida pensiya fondi
mablag‘laridan investitsion maqsadlarda foydalanish bo‘yicha xulosa va 
takliflar berilgan. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling