Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasini
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
2.Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasini
tashkil etilishi Zamonaviy va samarali pensiya tizimlaridan biri jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi hisoblanadi. Dunyo amaliyotidagi zamonaviy pensiya tizimlari jiddiy pensiya islohotlari natijasida shakllandi. Natijada fuqarolarning pensiya ta’minoti xususida ikki mustaqil yondoshuv shakllandi. Birinchi yondoshuv har bir jamiyat a’zosining ishsizlik, qarilik, kasalmandlik, nogironlikni sug‘urtalashga asoslanadi. Taqsimlanuvchi pensiya tizimi muhim afzalligi shundaki, to‘lanayotgan pensiya miqdori moliya bozorlarining holatiga va pensiya fondlarining faoliyatiga bog‘liq emas. Shunday usulda moliyalashtiriladigan pensiyalar yuqori ish haqiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun ishonchli himoyani ta’minlaydi. Ammo shuni alohida qayd etish joizki, taqsimlanuvchi pensiya tizimida pensiya fondlari miqdori demografik omillarga va mehnat bozorining ayrim holatiga (bandlik, ishsizlik, ish haqi darajasi, pensiya badali to‘lovchilar soni bilan pensiya oluvchilar soni o‘rtasidagi nisbat) to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Taqsimlanuvchi pensiya tizimida ma’lum yil davomida to‘plangan ijtimoiy soliq ajratmalari joriy davrdagi pensionerlarga to‘lashga sarflanadi. Shunday qilib, ishlab turgan fuqarolarning ijtimoiy soliq to‘lovlari hisobidan kishilar qariganida pensiya xarajatlari moliyalashtiriladi. Mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimi huquqini mustahkamlash, ish beruvchilarning pensiya yoshiga etgan xodimlarning moddiy ahvolini yaxshilashdagi mas’uliyatini kuchaytirish, pensiya oluvchilarga davlat pensiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda daromad olish manbalarini yaratish, shuningdek keksalik chog‘ida fuqarolarning o‘z farovonligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida islohotlar olib borildi. Natijada 2005 yildan respublikamizda fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi amaliyotga joriy qilindi. Ikki holatda ham davlat keksaygan shaxslarga minimal pensiya yoki ijtimoiy himoyalash sifatida ijtimoiy yordam ko‘rsatadi. 18 Mazkur tizimning mamlakatimizda qo‘llanilishi jarayonida quyidagilarni amal qilish ko‘zda tutilgan: jamg‘arib boriladigan pensiyaning umumiy va majburiy xarakteri, ijtimoiy kafolatlarini amalga oshirishdagi imtiyozlar kishining ijtimoiy himoyalanish huquqining ta’minlanishi; jamg‘arib boriladigan pensiya majburiy va ixtiyoriy shakllarning birligi teng huquqliligi shaxsning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan zaruriy darajasi ta’minlanadi va uning keksalik chog‘ida yaxshi yashashi uchun ta’sir ko‘rsatishi; turli xil pensiya tizimining bir vaqtning o‘zida amal qilishidagi mustaqilligi va o‘zini-o‘zi idora qilish sharoitida majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya bo‘yicha to‘lovlar darajasi va tizimni barqarorligining davlat tomonidan kafolatlanishi; jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashuvchi shaxs va ish beruvchini moliyaviy ishtirokining majburiyligi, zaruriy holatlarda davlat dotatsiya va subventsiyalarining jalb etilishi. jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashuvchi shaxsga uning jamg‘argan badallari to‘lashidagi moliyaviy ishtiroki tufayli hosil bo‘lgan mablag‘dan turli shakldagi moddiy yordam va xizmatlar ko‘rsatishi ta’minlanishi; aholining tegishli ijtimoiy kategoriyalarni qamrab oluvchi kishilar guruhi yoki mamlakatning barcha aholisining u yoki bu pensiya ta’minot turidan manfaatdorligi; barcha jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashuvchi shaxslarning xarajatlarini moliyalashtirish bo‘yicha majburiyat va natijada ega bo‘lingan huquq va kafolatlar nuqtai nazaridan tengligini ta’minlanishi. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, pensiya tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va undan samarali foydalanish ijtimoiy muammolarni hal qilish va kishilarni keksalikda kambag‘allikdan himoyalashda muhim o‘rin tutadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling