Namoyandasi sifatida
Adabiyot fanidan 9-sinf dasturida berilgan Oybekning “Qutlug‘ qon”
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
404-guruh o\'rolov sardor bmi
Adabiyot fanidan 9-sinf dasturida berilgan Oybekning “Qutlug‘ qon”
romani g‘oyasini tushuntirishda “Nuqtai nazaring bо‘lsin” usulidan foydalanib darsni tashkil etish mumkin. “Nuqtai nazaring bо‘lsin” usulining maqsadi shuki, о‘quvchini bevosita adibning ijodiy ishlari, ma’naviy merosimizga qо‘shgan ulkan hissalari tо‘g‘risida (adibning о‘zidan, yoru-dо‘stlari tomonidan bayon etilgan) video-lavhalarda kо‘satish, asardagi sо‘zlarni о‘quvchi tomonidan о‘qitilmay, balki asar qahramonlari tomonidan video- lavhalar orqali yetkazishni ta’minlashdan iboratdir. Ma’lumki, inson ma’lumotning kо‘p qismini kо‘rish va eshitish organlari orqali qabul qiladi. Bu texnologiyalar orqali darsni tashkil etish о‘quvchilarni bir vaqtda kо‘rganlari asosida ishlashga, bu ulardagi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. 61 О‘qituvchi tayyorlangan bu lavhalarni kо‘rsatish bilangina maqsadga erishmaydi, uni izohlashi, tо‘ldirib borishi, о‘quvchilarni jalb qila olishi, tanqidiy- mushohadali fikrlarini eshitishi, izohlab, xulosalab borishi lozim. Tayyorlangan video lavhada “Qutlug‘ qon”asar qahramoni Yо‘lchining Mirzakarimboy xonadoniga ilk marta tashrifi tasvirlanb, (asar matni bо‘yicha)ularning ovozlari ham yozilgan tasvir kо‘rsatiladi. Tasvirda Yо‘lchi otasi vafot etganda majbur bо‘lib, bir parcha yerni sotganini aytganda Mirzakarimboy unga qarata “Er sotgan er bо‘lmaydi, er kishi yer sotmaydi”- deydi. Savol – Boyning hayotiy qarashlari qanday? Mirzakarimboyning ushbu fikrlarini kim qanday izohlaydi? “Nuqtai nazaring bо‘lsin” usuli orqali о‘qituvchi о‘quvchilarning savol yuzasidan har kim о‘zining mustaqil (о‘rnida tanqidiy)fikrini bildirishiga alohida e’tibor qaratadi. О‘qituvchi fikrlarni umumlashtiradi, xulosalaydi, berilgan savollarning javobini о‘quvchining bildirgan fikrlarida ekanligini ta’kidlaydi, baholaydi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling