Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Nazariy ma’lumot. Badiiy adabiyotning vazifasi


Download 0.97 Mb.
bet138/172
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#196195
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   172
Bog'liq
aa69dea

Nazariy ma’lumot. Badiiy adabiyotning vazifasi

1. Badiiy adabiyotning uchinchi muhum vazifasi nima?

A) hayotni, insonni va uning ruhiy olamini aks ettirib, tabiatdagi va kishilar ruxiyatidagi go‘zallikni yaratish B) hayotning haqqoniy, badiiy in’ikosini yaratish C) insonlarni barkamollikka olib chiqish D) inson obrazini yaratish

4-DARS. SHO‘RO DAVRI ADABIYOTI. (146–206-betlar)

Reja:

1. Sho'ro davri o'zbek adabiyoti.



2. G'afur G'ulom.

3. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek.

4. Nazariy ma'lumot. Badiiy uslub.

5. Abdulla Qahhor.


Sho'ro davri o'zbek adabiyoti

1. Adabiyotda «qizil imperiya» deb nom olgan davr nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?

A) 1917- yilgi oktabr to'ntarilishidan 1941- yilgacha bo‘lgan davrni B) 1917- yildan 1950- yilgacha bo'lgan davrni C) 1880- yildan 1917- yilgi oktabr to'ntarilishigacha bo'lgan davrni D) 1917- yil oktabr to'ntarilishidan 1991- yil O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgunigacha bo'lgan davrni

2. Sho'rolar Hukmati, bolsheviklar dinni nima deb e’lon qilishgan?

A) xalqning madad kuchi B) xalq uchun afyun C) xalqning ishonch quroli D) xalq uchun erkinlik

3. Sho'rolar Hukmati kimlarni partiya g'oyalari va siyosatini targ'ib etuvchi «karnaychilar» ga aylantirishga harakat qilishgan?

A) o'qituvchi va yozuvchilarni B) shoir va tarbiyachilarni C) adiblarni D) Hukmat xodimlarini

4. Partiyaning uyushtirgan fitnalari oqibatida «xalq dushmani»ga aylangan adiblarimiz qaysi qatorda berilgan?

A) Qodiriy, Oybek, U.Nosir B) Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat C) Fitrat, U.Nosir, A.Qahhor D) A.Qodiriy, A.Qahhor, Fitrat

5. Qaysi yozuvchi va shoirlar sho'rolar partiyasining tazyiqi ostida yashashga majbur bo'lgan?

A) Oybek, G'.G'ulom, A.Qahhor B) Oybek, Cho'lpon, A.Qahhor C) G'.G'ulom, A.Qahhor, Cho'lpon D) H.Olimjon, A.Qahhor, Cho'lpon

6. Sho'ro davrida yaratilgan eng yaxshi asarlarga xos xususiyatlarni aniqlang.

A) hayotning haqqoniy manzaralari, millat, el-yurt g'ami, orzu-intilishlari, B) el-yurtning faqat xursandchiligi C) xalqning o‘z orzu-intilishlari, o‘y-fikrlarining ochiq ifodalanishi D) boshliqlarning qilgan zulmlarini oshkor etish

7. Mustabid tuzum ta'qib-tazyiqlariga qaramay milliy adabiyotimizda yaratilgan eng yaxshi asarlar qaysi qatorda berilgan?

A) Obid ketmon, Chinor, Sarob, Ufq, Shum bola B) Tobutdan tovush, O'tkan kunlar, Diyonat, Kecha va kunduz C) O'tkan kunlar, Kecha va kunduz, Mehrobdan chayon, Maysaraning ishi D) Yodgor, Zaynab va Omon, Qutlug' qon, O'ch
G‘afur G‘ulom

1. G‘.G‘ulom qaysi gazetalarda muxbir bo'lib ishlagan?

A) Sharq yulduzi, Besh yulduz B) Yer yuzi, Mushtum C) Sharq yulduzi, Mushtum D) Sharq haqiqati, Qizil O'zbekiston

2. Ijodini she'r yozish bilan boshlagan, lekin el-yurtga dastlab felyetonchi, publitsist, hajviy hikoyanavis sifatida tanilgan adibni aniqlang.

A) A.Qahhor B) G‘.G‘ulom C) Shukrullo D) O.Yoqubov

3. «U yarim telba edi. Hissiyot agar muhit bo'lsa, u shu muhitning to'lqiniga asir bo'lgan bir cho'loq chumoli…» Berilgan ta'rif qaysi asar qahramoniga tegishli?

A) «Qutlug' qon»dagi Gulnorga B) «Sarob»dagi Munisga C) «Yodgor»dagi Mehrixonga D) «Kecha va kunduz»dagi Zebiga

4. G‘.G‘ulomning qissalari berilgan qatorni belgilang.

A) Shum bola, Hasan Kayfiy, Netay B) Netay, Afandi o'lmaydigan bo'ldi, Yodgor C) Yigit, Yodgor, Kulgi hikoyalar D) Yodgor, Shum bola, Netay

5. Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan

Bo'ynida zanjir-u, qalbi ozod she'r. Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan?

A) Zulfiya «Yuragim» B) U.Nosir «Nil va Rim» C) Abdulla Oripov «O'zbekiston» D) G‘.G‘ulom «Alisher»

6. Xuddi shu tarixingni,

Shu yering, quyoshingni,

Biliming do'stligingni,

Ko'rolmaydi kapital.

Bechora negrlarday,

Yerga tiqib boshingni,

Qullik kishanlarida,

Qilmoq bo'ladi ma'tal. G‘.G‘ulom ushbu misralar orqali qanday g‘oyani ilgari surgan?

A) o'lkamizning bir kun kelib mustaqil bo'lishi B) o'zbek xalqining tarixi Misr ehromlaridan qariroq ekanligi C) o'lkamizning g‘oyat chiroyli ekanligi D) o'zbek xalqining mehmondo'st ekanligi

7. G‘.G‘ulomning hikoyalar to'plami berilgan qatorni belgilang.

A) Yigit, Mening o'g'rigina bolam B) Yodgor, Netay, Yigit C) Shum bola, Yodgor D) Yigit, Kulgi hikoyalar, Gilos danagidan tasbeh

8. G‘.G‘ulomning o'nlab felyetonlari, ocherklari, publitsistik maqolalari qaysi jurnalda muntazam nashr qilinib turgan?

A) Tong yulduzi B) Mushtum C) Qizil O'zbekiston D) Yer yuzi

9. G‘.G‘ulomning hikoyalari berilgan qatorni aniqlang.

A) Mening o'g'rigina bolam, Hasan Kayfiy, Afandi o'lmaydigan bo'ldi В) Mening o'g'rigina bolam, Yodgor, Shum bola C) Yodgor, Shum bola, Hasan kayfiy D) Netay, Shum bola, Mening o'g'rigina bolam

10. Mehriniso obrazi kimning qaysi asarida uchraydi?

A) Oybekning «Navoiy» romanida B) G‘.G‘ulomning «Yodgor» qissasida C) S.Ahmadning «Ufq» romanida D) A.Qahhorning «Sarob» romanida

11. «Yodgor» qissasidagi bosh obrazlar berilgan qatorni toping.

A) Jo'ra, Munis, Mehri B) Jo'ra, Mehri, Shokir C) Jo'ra, Saodat, Mehri D) Mehri, Saodat, Yorqinoy

12. «Yodgor» qissasida «qog'ozdagi qantdek qiz» deb ta'rif berilgan qahramonni ko‘rsating.

A) Saodat B) Mehrixon C) Munisxon D) Gulnor


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling