Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.97 Mb.
|
aa69dea
Rauf Parfi O'zturk
1. R.Parfining inson ruhiyatining o‘ta chigal, murakkab holatlarini tasvirlagan she’rlaridan birini ko‘rsating. A) «Xato qildim…» B) «Vahshiy dunyo…» C) «Fursat o‘tmakdadur…» D) «Oh, qanday yashayman sensiz…» 2. Og‘ushimda zangori sevgi Kiprigimda suyuq hayajon Ko‘zlarimda yumaloq sevgi… Ushbu misralar bilan boshlanuvchi she’r muallifini aniqlang. A) Muhammad Yusuf B) Erkin Vohidov C) R.Parfi D) O.Matjon 3. R.Parfi tug‘ilgan joy to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. A) Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Sho‘ralisoy qishlog‘i B) Turkiston shahrida Iqon qishlog‘i C) Surxondaryo viloyati Boysun tumani D) Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘i 4. R.Parfi qanday oilada dunyoga kelgan? A) temirchi B) dehqon C) ziyoli D) novvoy 5. R.Parfining ijodiy qiyofasini aks ettiradigan misralarini toping. A) «Davrlar qa’rida ingraydi bashar Aytadur: Shoir yo‘q, she’riyat yashar» B) Ekilgan yolg‘onlar, gumonlar Bergaylar, albatta mevasin - C) Bilingiz bu - Turon diyori Qonlari dunyoga sochilgan D) Diydalar, tomchilar, qamchilar Sabrning- insonning bolasi 6. R.Parfining onasi asli qayerlik bo‘lgan? A) Chustlik B) Andijonlik C) Xivalik D) Farg‘onalik 7. R.Parfi dastlabki yetti yillik tahsilni qayerda olgan? A) Sho‘ralisoyda B) Sirdaryoda C) Yangiyo‘lda D) Farg‘onada 8. R.Parfi dastlabki ish faoliyatini qayerda boshlagan? A) Sho‘ralisoy shahar gazetasida B) Kengsoy qishlog‘idagi maktabda C) Yangiyo‘l tuman gazetasida D) Sirdaryo viloyatidagi maktabda 9. R.Parfining «Adashgan ruh» dostoni necha qismdan iborat? A) 3 qism B) 7 qism C) 4 qism D) 6 qism 10. Quyoshning qora yog‘du taratishi, yulduzlarning to‘kilgan muzlar ekani, daryoning uzangan yaraligi, daraxtning tik emasligi haqidagi fikrlar qaysi dostonda uchraydi? A) Nido B) Surat C) Mirzo Ulug‘bek D) Adashgan ruh 11. R.Parfi qalamiga mansub ilk marsiya kimga bag‘ishlangan? A) Stalin B) otasi C) Cho‘lpon D) do‘sti 12. R.Parfining qaysi she’ri o‘z davrida yoshlarning eng sevimli qo‘shig‘i sifatida kuylangan? A) Aks-sado B) Laylo C) Sukunat D) Ko‘zlar 13. R.Parfining dastlabki she’riy to‘plami qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Sukunat B) Tasvir C) Tavba D) Karvon yo‘li 14. Milliy modern she’riyatining yirik vakillaridan birini ko‘rsating. A) R.Parfi B) Sh.Rahmon C) B.Ro‘zimuhammad D) Faxriyor 15. R.Parfi 1999- yilda qanday unvon bilan taqdirlangan? A) Buyuk xizmatlari uchun B) O‘zbekiston xalq shoiri C) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shoir D) «Ofarin» mukofoti 16. 2000- yilda R.Parfining qaysi she’riy kitobi chop etilgan? A) Sabr daraxti B) Qaytish C) Xotirot D) Tavba 17. Ko'nglim qorong'idir, tevarak tutun, Yolg'iz boshim uzra uvullar shamol. Ko'zlarimni g'ajir allaqanday tun, Sen kimsan, nimasan, sen kimning boji? Aqlimni g'ijimlar yalang'och savol… She’rning keyingi misrasini toping.
18. «Aks-sado» va «Qaytish» kabi she’riy to‘plamlar muallifini aniqlang. A) R.Parfi B) Mirtemir C) Erkin Vohidov D) Muhammad Yusuf 19. «Manfred» asarining muallifini aniqlang. A) Shekspir B) Esxil C) Bayron D) Dyuma 20. Qaysi ijodkor Bayronning «Manfred» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan? A) Erkin Vohidov B) R.Parfi C) Abdulla Oripov D) O.Sharofiddinov 21. R.Parfi Nozim Hikmatning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan? A) Dengiz xayoli B) Inson manzaralari C) Ozodlik lavhalar D) Manfred 22. R.Parfi tomonidan tarjima qilingan «Dengiz xayoli» asari kimning qalamiga mansub? A) Karlo Kaladzen B) A.Dyuma C) N.Hikmat D) Bayron 23. R.Parfi A.Dyumaning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan? A) Ozodlik lavhalari B) Alvohi intiboh C) Dengiz xayoli D) Uch sarboz 24. R.Parfi tomonidan tarjima qilingan «Ozodlik lavhalari» asari kimga tegishli? A) Bayron B) Dyuma C) Karlo Kaladze D) M.Hodiy 25.R.Parfining «Assalomu alaykum, doring og'ochi» she’ridagi epigraf qaysi dostondan olingan? A) Ravshan B) Go‘ro‘g‘li C) Malika ayyor D) Kuntug‘mish 26. «Sen qanot bag‘ishla menga, ey og‘riq.» misrasi R.Parfining qaysi she’riga epigraf qilib olingan? A) Diloromning ko‘zlari B) Shoir C) Og‘riq D) Sensiz 27. Rub’i maskun ichra sayyod, o‘zim sayd, Ortiq madorim yo‘q, voqifsan axir. Manglayda yozilgan farmoningni ayt, Da’vat qil, gunohkor bandangni chaqir. R.Parfi qalamiga mansub ushbu she’rdagi rub’i maskun so‘zining ma’nosini izohlang. A) go‘zal maskan B) sokin daryo C) o‘n yetti ming olam D) yer yuzi 28. R.Parfining qaysi asari quyidagi misralar bilan yakunlanadi? Egilgan yolg‘onlar, gumonlar, Bergaydir, albatta, mevasin – Bu tunlar, bu kunlar, bu tonglar, Men va Sen, Men va Sen, Men va Sen A) Tavba B) Adashgan ruh C) Xotirot D) Karvon yo‘li 29. R.Parfi tarjima qilgan «Uch sarboz» asarining muallifi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. A) Nozim Hikmat B) Bayron C) A.Dyuma D) K.Kaladzen 30. «R.Parfi yaralari ochiq shoir. Unda hazinlik ko‘p, ora-chura shunchaki marsiya ham yozib tashlaydi. Men buni shoirning aybiga yo‘ymasdim. Shoir insoniy dardlardan xoli bo‘lolmaydi. Rauf Parfi shoir sifatida o‘zligini to‘laroq ifodalashga intiladi». R.Parfi haqidagi ushbu ta’rif qaysi ijodkor tomonidan aytilgan? A) Erkin Vohidov B) Asqad Muxtor C) Shukrullo D) Sh.Xolmirzayev 31. «Yarim dunyo unga kerakmas faqat, Butun Koinotni zabt etmog‘i shart…» misralarida R.Parfi kimlarni nazarda tutmoqda? A) fazogir B) uchuvchi C) shoir D) yozuvchi 32. Ma’yus edi sening ko‘zlaring g‘oyat, Go‘yo yo‘lsiz o‘rmon barglarin to‘kib, Qora yorqinlikda shivirlar oyat, Ko‘zlaringni tinglayapman entikib. Ushbu misralar R.Parfining qaysi she’ridan olingan? A) Diloromning ko‘zlari B) Laylo C) Tavba D) Shoir 33. U – hayot haqiqatini ko‘rsatishdan oldin, ko‘ngil haqiqatlarini, ruhiyat chinliklarini ifodalashga moyil. Hech kim ko‘rmagan holatni hech kimga o‘xshamaydigan tarzda ko‘rsatish uning qismati. Ushbu ta’rif qaysi shoir ijodi haqida? A) A.Muxtor B) Mirtemir C) R.Parfi D) Abdulla Oripov 34. «Har qalay oldinda bordir so‘nggi yo‘l Toki yetkuningcha xotirot o‘lmas…» misralari R.Parfining qaysi she’ridan olingan? A) Diloromning ko‘zlari B) Zangor fasl C) «Yoshlik zangori fasl» D) Laylo 35. Tugatib bo‘lmas hech bu dardni ichib, Yorilgan yaradan chechaklar o‘sdi. Yuragingning yirtiq ko‘ylagin yechib, Bag‘ringga bosarsan: «Bormisan, do‘stim?». R.Parfining qalamiga mansub ushbu misralar uning qaysi she’ridan olingan? A) Og‘riq B) Dard C) Tavba D) Turkiston 36. «Ayo so‘z jon chekib har lahza izlarsiz ilohiyni, Ani izlashga hojat yo‘q, ilohiy-siz, ilohiy-siz». Ushbu misralar qaysi alloma ijodiga mansub? A) Jaloliddin Rumiy B) Alisher Navoiy C) Rauf Parfi D) Mashrab 37. Imon ber ruhimga, jismimga jon ber, Loyimga qorishtir, poklab ber menga. Ojiz tomirimga pokiza qon ber, Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga… Ushbu misralar R.Parfining qaysi she’ridan olingan? A) Og‘riq B) Tavba C) Laylo D) Turkiston 38. R.Parfining qaysi lirik she’ri poeziyaga hos xususiyatlarni o‘zida yorqin aks ettirgan? A) Tavba B) Laylo C) Sensiz D) Og‘riq 39. «Arzonga oldilar Majnunning boshin …» Ushbu misralar R.Parfining qaysi she’rida uchraydi? A) Tavba B) Og‘riq C) Laylo D) Sensiz 40. Kimdir ul, ermak deb kuylarmi, nahot? Soxta ehtiroslar chulg‘adi uni? Ushbu misralar qaysi shoir ijodiga mansub? A) R.Parfi B) A.Muxtor C) Muhammad Yusuf D) O.Muxtor 41. R.Parfining ijtimoiy ohangi yaqqol sezilib turadigan asarlaridan birini aniqlang. A) Tavba B) Sensiz C) Assalomu alaykum dorning og‘ochi D) Adashgan ruh 42. R.Parfining ijodiy yo‘nalishini anglatadigan asarini aniqlang. A) Sensiz B) Shoir C) Tavba D) Laylo 43. R.Parfining lirikasida o‘zini tinimsiz izlayotgan, xatti-harakatlarini ayovsiz taftish qilayotgan shaxsning ruhiy holatlari aks etgan she’ri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Sensiz B) Shoir C) Tavba D) Laylo 44. R.Parfining 1991- yilda yozilgan, lekin hali ham tugallanmagan asari qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Laylo B) Karvon yo‘li C) Sabr daraxti D) Adashgan ruh
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling