1. Muzlar paydo etilishlari. Muz tiqilishlarii va shovush tiqilishlari bilan kurashish
Download 117.89 Kb.
|
4-мавзу. ДГТСО МКФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Pastki byefdagi yuvilishlarni kuzatish.
Mavzu: “Daryo gidrouzellar tarkibidagi suv o‘tkazish inshootlari va mexanik kurilmalardan foydalanish”Reja1.Muzlar paydo etilishlari.2.Muz tiqilishlarii va shovush tiqilishlari bilan kurashish.3. Qurilishi davrida suv o‘tkazuvchi oraliklardan va o‘zanlar siqilgan qismlardan muzni, shovushni va boshqa jismlarni o‘tkazilishi.4. Pastki byefdagi yuvilishlarni kuzatish.5. Yuqori tezlikdagi oqimiga ega bo‘lgan gidrotexnik inshootlarining kuzatilishiHavo haroratining pasayishi bilan daryoda muzlar paydo etilishi: shovush, tubidagi muzlar, qirg‘og‘idagi muzlar va suv yuzida muzlar o‘rnatilishi va ularning turlarini kuzatish mumkin. Ularning xususiyati havoning, suvning haroratiga, oqim tezligiga, oqim chuqurligiga, daryo o‘zanining tuzilishi shakliga va uning yuzadagi to‘planmalar mahsulotlari turiga bog‘liq. Shovush – bu -0,2…-0,5ºS, ba’zan 0,1ºS suv haroratida paydo bo‘ladigan muzning zarrachalari. Shovushning zarrachalari ignalar, mosh yoki no‘xat donalari, plastinalari, muz parchalari va hokazolar shaklida bo‘lishi mumkin. Tubidagi muzlar bu ko‘pincha yirik tosh bo‘laklari, toshlar va hokazolar bilan qoplangan suv manbalari tubida paydo bo‘ladigan suv ostidagi muzlar. Qirg‘og‘idagi muzlar bu mustahkamlanib tutashgan holda qirg‘oqlar yonidagi harakatsiz turadigan muzlar. Suv yuzida muzlar o‘rnatilishi (ledostav) bu suv manbalari oqimida harakatsiz muzlar qoplamasini o‘rnatilishi va ularning mavjud bo‘lib turishi.O‘rta Osiyo sharoitlarida oqimning 0,5…0,6 m/s tezligida yupqa yaxlit muz qoplami paydo bo‘ladi. Suv tezligi yuqoriroq bo‘lganida esa faqat qirg‘og‘ida muzlar paydo bo‘ladi.Masalan, Rossiyaning markaziy hududlarida muz qoplami 0,8...1 m/s dan, Rossiyaning shimoliy hududlarida esa 1...1,5 m/s dan kam bo‘lgan suv oqimi tezligida hosil bo‘ladi.Daryolardagi muzlash hodisalari muzlar tiqilib qolishi yoki shovushlar tiqilib qolishiga sababchi bo‘ladilar. Muzlar tiqilib qolishi (zator) – bu daryo o‘zanini tirik ko‘ndalang kesimi yuzasini qo‘shimcha to‘silishiga va qoida bo‘yicha tiqilish joyida daryo suv sathini ko‘tarilishiga olib keladigan muzning yig‘ilishi va uyilishidir. Suzib keluvchi muz bo‘laklari oqim bilan oqizib to‘xtab qolgan muz bo‘laklariga qo‘shiladi, yoki suvdan qalqib muz ustiga uyiladi, shu bilan muz uyumlarini «toroslarni» tashqil etadilar. Shovushlar tiqilib qolishi (zajor) - bu ham daryo o‘zanini tirik ko‘ndalang kesimi yuzasini qo‘shimcha to‘silishiga va tiqilish joyida daryo suv sathini ko‘tarilishiga va shu bilan daryo o‘zani yoki suv o‘tkazuvchi inshoot oraliklarini suv o‘tkazuvchi qobiliyatini kamayishiga, pasayishiga olib keladigan shovush va boshqa suv ichidagi muzlar paydo etilishlarini daryo o‘zanida to‘planmalaridir. Zatorlarga nisbatan zajorlar odatda ko‘proq uzunlikka ega bo‘ladilar. Ularning paydo bo‘lishi suzib keluvchi shovush gilamlarini to‘xtab birgalashib muzlab qolishi natijasidir.Download 117.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling