1. Muzlar paydo etilishlari. Muz tiqilishlarii va shovush tiqilishlari bilan kurashish


Bunday ishlarni sutkaga 3…4 martaba o‘tkazadilar. Yirik gidrouzellarda ba’zan daryoning yuqoridagi oqishidan keladigan muzlarni qabul etishga mo‘ljallangan keng akvatoriyalar qurilishi amalga oshirila


Download 117.89 Kb.
bet3/8
Sana13.02.2023
Hajmi117.89 Kb.
#1194327
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-мавзу. ДГТСО МКФ

Bunday ishlarni sutkaga 3…4 martaba o‘tkazadilar. Yirik gidrouzellarda ba’zan daryoning yuqoridagi oqishidan keladigan muzlarni qabul etishga mo‘ljallangan keng akvatoriyalar qurilishi amalga oshiriladi.

Muzlar o‘tishi o‘ng‘ayligini ta’minlash maqsadida daryolarda o‘zanni to‘g‘rilash ishlarini bajaradilar. Muz va shovushning o‘tishi yo‘llar (trassalar)ni loyihalashtirishda to‘g‘ri chiziqli yoki silliq egiluvgan yo‘l qismlari belgilanadi. Suv manbai egilishi qismlarida zatorsiz to‘xtamasdan muzlarni ko‘chirib o‘tishiga imkoniyat yaratadigan kengaygan joylarni yaratadilar. Zarur bo‘lganida, muzlarni to‘xtatuvchi inshootlarni (qoziqoyoqlar birlashmalar, yarim to‘sqichlar va hokazo) quradilar. Dubossar suv omborida suv sathining egri chizig‘i ko‘tarilishi zonasida zatorlar paydo etilishlarini yarim to‘sqichlar o‘rnatilishi bilan yo‘qotadilar. O‘zan to‘g‘rilovchi ishlar bajarilishida bir tarmoqli o‘zan tashqil etilishiga intiladilar. Agarda o‘zan ikki tarmoqli bo‘lsa, ajratuvchi orolning chizilishi planda doiraviy o‘tkir burchakli shaklida bo‘lishi zarur.

Daryodagi zatorlar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida bahorda muz qoplamini yengillashtirishi va shu bilan muzni buzilishi (sindirilishi) yoki teskari muzlik qoplamini kuchaytirilishi bilan daryodagi muzning ochilishiga ta’sir etib, muzlar oqimini boshqarib turadilar. Bunga asoslanib muzlar ko‘chishi paydo bo‘lishi vaqtini turli daryo uchastkalarida ketma ket bo‘lishini boshqaradilar. Zatorlar paydo bo‘lishni ehtimoli bo‘lgan joylarga muz qoplamini yengillashtirishi choralarini o‘tkazadilar. Daryo suv chuqurligi kam bo‘lishida muz qoplamini yengillashtirishi maqsadida muzning 1 m qalinligida va 0,25 m kesilishi kengligida 300 m/soat gacha unumdorligidagi muz kesuvchi mashinalarni ishlatadilar. Paydo bo‘lgan zatorlarni yo‘qotilishi maqsadida muz yoruvchi gidroto‘plar ishlatilishi takliflari bor. Daryo muzini ochilishini ta’minlash yoki zatorlarni tez orada yo‘qotish uchun havo texnik vositalaridan bombardirmon etilishi usuli xam keng qo‘llaniladi. Portlashni oqimga qarshi seriyalar bilan olib boradilar, uzilgan muzlar oqim bo‘yicha pastga oqib ketishi uchun kerakli zaryad hajmi Q(kg) quyidagi formula asosida hisoblanadi:


Download 117.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling