1. Muzlar paydo etilishlari. Muz tiqilishlarii va shovush tiqilishlari bilan kurashish
Download 117.89 Kb.
|
4-мавзу. ДГТСО МКФ
Byeflar tutashtirilishining yuzalik rejimi (tartibi) muzlarning qulay sharoitlarda o‘tkazilishiga yo‘l beradi. Bunda o‘zanni mustahkamlanishiga, suv quvvatini so‘ndirgichlariga va inshoot oxirgi qismining mustahkamlanishiga shikast qilmagan holda muzni o‘tkazilishiga imkoniyat paydo bo‘ladi. Muz o‘tkazilishi vaqtida oraliklari (teshiklar)ning zatvorlari harakatlanishiga yo‘l bermasligi shart. Aks holda zatvorlar avariyasiga qo‘yilmasligi chora tadbirlarini (muzlik yuklanishini hisobga olib zatvorlar mustahkamligini oshirish, oraliklarga keladigan muz bo‘laklarini o‘lchamlarini va mustahkamligini va ularning tezligini kamaytirish) o‘tkazilishi shart. Muzlar o‘tkazilishi zonasida inshootlar tepasi odatda suv sathidan 3….5 m balandligida joylashtiriladi. Bu muzlar yig‘ilishi va tiqilishini bartaraf etishi uchun qilinadi. Gidrouzel foydalanilishi davrida muzlarni suv ombori hajmida imkoniyat bo‘lguncha uzoqroq vaqti davomida ushlab turilishiga intiladilar. Buni suv harorati ko‘tarilishini ko‘tish maqsadida va shu bilan muzni yengillashtirishi uchun qiladilar.Gidrouzellar qurilishi davrida muzlarni siqilgan daryo o‘zanidan o‘tkazish mumkin. Bunda daryoning muzlik tartibi (rejimi) va bunga o‘xshagan sharoitlarida muz o‘tkazilishi tajribasi hisobidan siqilgan o‘zanni kengligini odatdagi sharoitlarda muzlar o‘tkazilishi bilan koplangan daryo o‘zani kengligining 30% dan kam bo‘lmagan holda qabul qiladilar. Muzlar o‘tkazilishida daryoning siqilgan joyida suv oqimining chuqurligi 5…6 m bo‘lishi shart. Yuqoriroq joylashgan daryo qismlarida muz tiqinlarini uzilishida suv sathini ko‘tarilishini hisobga olib, oxirigacha qurilmagan inshootlarni chegaralovchi ko‘tarmalarning balandligini qabul qiladilar. Bunda suv oqishiga nisbatan ustki (yuqoridagi) joylashgan ko‘tarma kallagini mustahkamlanishiga maxsus e’tibor beradilar. Muzlik sharoitlari og‘ir bo‘lgan daryolarda muzlar uyumining balandligi 10…15 m gacha yetishi mumkinligini hisobga olib, ustki ko‘tarmani muzlar uyumi dinamik va statik ta’siriga turg‘un qilish shart. Ba’zan muz harakati zonasida joylashgan ko‘tarmalarning tog‘lik jismlar to‘kmasi bilan daryo tomonidan himoyalashadi. Bunda to‘kmaning tepasidan kengligi 10 m dan kam bo‘lmasligi shart. Og‘ir muzlik sharoitidagi daryolar uchun tog‘ jismlarining yirikligini 0,3…1,0 m qabul qilinadi.Download 117.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling