Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.97 Mb.
|
aa69dea
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xamsa” “Hayrat ul- abror” dostoni
- Farhod va Shirin” dostoni
Alisher Navoiy
1. Xamsachilikni boshlab bergan ulug‘ xamsanavisni aniqlang. A) Jomiy B) Ganjaviy C) Sheroziy D) Dehlaviy 2. Nizomiyning “Maxzan ul-asror” hamdnomasi kimga bag‘ishlangan? A) Faxriddin Bahromshohga B) Firdavsiyga C) Rumiy D) Jomiyga 3. Ganjaviy Iroq hukmdori To’rg‘ul II ning topshirig‘iga ko‘ra qaysi asarini yaratdi? A) “Maxzan ul-asror” B) “Xusrav va Shirin”C) “Haft paykar” D) “Panj ganj” 4. Shirvonshoxlardan Axsatan I Nizomiyga qanday doston yozishni buyuradi? A) “Layli va Majnun” B) “Xusrav va Shirin” C) “Maxzan ul-asror” D) Ava B 5. Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning buyrug‘iga binoan yaratilgan? A) Faxrididdin Attor buyrug‘iga binoan B) Axsatan I buyrug‘iga binoan C) Turg`ul II buyrug‘iga binoan D) Alauddin Ko‘rpa Arslon buyrug‘iga binoan 6. Buyuk xansanavis Xusrav Dehlaviyning asl vatani qayer edi? A) Dehli B) Qobul C) Shaxrisabiz D) Samarqand 7. Dehlaviy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni qanday atalgan? A) “Harf paykar” B) “Hasht behisht” C) “Matla-ul anvor” D) “Maxzan ul-asror” 8. Navoiy “Xamsa”sining boshqalarning “Xamsa”sidan farqi nimada? A) besh dostondan iborat ekani B) ishqiy qahramonlik lavhalari ko‘pligida C) turkiy tilda bitilganligi D) “Xamsa”ga yangi doston qo‘shganligi 9. Navoiy “Xamsa”sining hajmi qancha misrani tashkil qiladi? A) 48 ming misrani B) 60 ming misrani C) 67 ming misrani D) 51 ming misrani 10. Navoiy “Xamsa” sining qaysi dostoni qahramonlik haqida hisoblanadi? A) “Sab’ai sayyor” B) “Saddi Iskandariy” C) “Farhod va Shirin” D) “Hasht behisht” 11.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni qanday doston hisoblanadi? A) falsafiy B) didaktik C) ishqiy- sarguzasht D) ijtimoiy- siyosiy 12. Har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun quyidagi qaysi shartlarga amal qilmog‘i shart? 1) besh dostondan tashkil topmog‘i; 2) masnaviy yo‘lida yozilmog‘i; 3) birinchi doston pand- nasihat yo‘lida bo‘lmog‘i; 4) o‘zidan oldingi xamsanavislarni takrorlamog‘i; 5) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatiga bag‘ishlanmog‘i; 6) uchinchi doston Layli va Majnun ishqini yoritmog‘i; 7) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshichi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5 13. Alisher Navoiy Xamsasining “Hayrat ul-abror” dostonida inson bilan hayvon orasidagi farqni odamning so‘zlash qobiliyatigina deb bilish xatodir. U inson insonligining asosiy belgisi deb nimani nazarda tutadi? A) ong B) iymon C) odob D) mehr 14. “Hayrat ul-abror” dostonining birinchi maqolati nima haqida? A) inson haqida B) sabr haqida C) iymon haqida D) aql haqida 15. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida “To‘rt sadaf gavharining durji ul, Yetti falak ahtarining burji ul” – deb nimaga ta’rif beradi? A) insonga B) yorga C) so‘zga D) inson qalbiga 16. “Hayrat ul-abror” dostonidagi nechanchi maqalotda karam va sahovat masalalari yoritilgan? A) ikkinchi maqolatida B) uchinchi maqolatida C) to‘rtinchi maqolat D) beshinchi maqolat 17. “Farhod va Shirin” dostonidagi Ermas oson bu maydon ichra turmoq Nizomiy panjasiga panja urmoq” bandidagi “ Nizomiy panjasiga panja urmoq” misrasining izohi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) bahslashish B) qo‘lga qo‘l bermoq C) ko‘gil bermoq D) janjallashmoq 18. A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan? A) rajaz B) sari C) hazaj D) mutaqorib 19. Qaysi qatorda maqolat so‘ziga to‘g‘ri izoh berilgan? A) bob, qism B) so‘z, nutq C) maqol, hikmatli so‘z D) A va B 20. A.Navoiyning “Xamsa”sidagi qaysi dostonning hajmi 3988 baytni o‘z ichiga oladi? A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) A va B 21. Ayni nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay, Ulusg‘a mayl beandoza bo‘lg‘ay. Ushbu misralar Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni muqaddimasida keltirilgan? A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ai sayyor” 22. Nizomiy Ganjaviyning Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning topshirig‘i bilan yaratilgan? A) Axsatan I B) Faxriddin Bahromshoh C) Alovuddin Ko‘rpa Arslon D) To‘g‘rul II 23. Navoiyning xamsachilikka kiritgan eng katta yangiligi nimada? A) turkiy tilda “Xamsa” yaratgani B) ikkinchi dostoniga Farhodni bosh obraz qilib olgani C) so‘nggi dostoni “Saddi Iskandariy” deb atalgani D) barcha javoblar to‘g‘ri 24. “Xamsa” ning qaysi dostonida Qof tog‘ida yashovchi yajuj-majujlar obrazi keltirilgan? A) “Saddi Iskandariy” B) “Farhod va Shirin” C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ai sayyor” 25. “Xamsa”dagi qaysi obraz o‘zbek adabiyotida yaratilgan mukammal komil inson obrazi hisoblanadi? A) Bahrom B) Farhod C) Majnun D) Iskandar 26. Nizomiydan yuz yil keyin yashagan Xusrav Dehlaviy asli qayerlik bo‘lgan? A) Samarqandlik, turkiy urug‘dan B) Shahrisabzlik, turkiy urug‘dan C) Qarshilik, asli mo‘g‘ullar avlodidan D) Hindistonlik, asli turkiylar avlodidan 27. Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni necha bayt va necha bobdan tashkil topgan? A) 89 bob, 5782 bayt B) 87 bob, 7215 bayt C) 85 bob, 5782 bayt D) 89 bob, 7215 bayt 28. Ikkinchi xamsanavisni aniqlang. A) Movaraunnahrlik Nizomiy Ganjaviy B) Ozarbayjonlik Nizomiy Ganjaviy C) Turkiyalik Nizomiy Ganjaviy D) Xurosonlik Nizomiy Ganjaviy 29. Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining beshinchi dostoni qanday nomlangan? A) “Iskandarnoma” B) “Oyinayi Iskandar” C) “Saddi Iskandariy” D) to‘g‘ri javob berilmagan 30. Nizomiy Ganjaviy “Maxzan ul-asror” nomli asarini kimga bag‘ishlab yozgan? A) Iroq hokimi To‘g‘rul II ga B) Shirvonshohlardan Axsatan I ga C) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga D) Alouddin Ko‘rpa Arslonga 31. Qaysi ulug‘ shoir o‘z “Xamsa”sini 28 yil davomida yozib tugatgan? A) Nizomiy Ganjaviy B) Alisher Navoiy C) Abdurahmon Jomiy D) Xusrav Dehlaviy 32. Gar nuktalari jahonni tutdi, G‘avg‘olar ins-u jonni tutdi. Chun forsiy erdi nuqta shavqi, Ozroq edi andi turk zavqi. Quyidagi misralar “Xamsa”ning qaysi dostoni xotimasidan keltirilgan? A)“Hayrat-ul abror” B) “Layli va Majnun” C) “Farhod va shirin” D) “Sab’ai sayyor” “Xamsa” “Hayrat ul- abror” dostoni 1. “Hayrat ul- abror” aruzning qaysi bahrida yozilgan? A) ramal B) rajaz C) sari D) hazaj 2. Kimki jahon ahlida inson erur Bilki nishoni anga iymon erur. Ushbu misralar “Hayrat-ul abror”ning nechanchi maqolatidan olingan? A) 2 B) 3 C) 1 D) 4 3. “Hayrat-ul abror”ning “Salotin bobida” nomli maqolati kimlarga bag‘ishlangan? A) hukmdorlarga B) shoirlarga C) saroy ahillariga D) avliyolarga 4. Til bu chamanning varaqi lolasi, So‘z duroridin bo‘lu bon jolasi. Yuqoridagi misralar “Hayrat-ul abror”ning qaysi maqolatidan olingan? A) Karam va sahovat B) Iymon C) Salotin bobida D) So‘z ta’rifida 5. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolati rostgo‘ylik haqida? A) 14-maqolat B) 5-maqolat C) 10-maqolat D) 8-maqolat 6. Navoiy “Hayrat-ul abror”ning qaysi bobida so‘z haqida fikr yuritadi? A) Salotin bobida B) So‘z tarifida bobida C) Inson bobida D) Insof bobida 7. Valad so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) yulduz B) ota C) bola D) olloh 8. “Hayrat-ul abror” dotonida qul va asir ma’nolarini anglatuvchi so‘zni aniqlang. A) Durj B) Zoda C) Muqayyad D) Valad 9. Zimn so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) ora, o‘rta B) shod qiluvchi C) sevimli D) diltortar 10. Navoiyning adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda “Hayrat-ul abror” ning qaysi maqolati ahmiyatli hisoblanadi? A) So‘z tarifi bobida B) Salotin bobida C) Iymon bobida D) Inson bobida 11. Xud yuzi garchi musayqal durur Girdi uzor anda mutavval durur. Ushbu jumlalar “Hayrat-ul abror”ning nechanchi maqolatidan olingan? A) 1 B) 10 C) 3 D) 7 “Farhod va Shirin” dostoni 1. “Farhod va Shirin” dostonida mamlakat xazinasidan chiqqan ko‘zguning orqasida tilsim yozuv bo‘lib, bu tilsimni ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safarga otlanib Yunonistonga borishi kerak. Ungacha uch xatarni yengishi kerak edi. Shunga ko‘ra birinchi xatarni aniqlang. A) Ahraman devni B) Ajdahoni C) Ahraman dev va Ajdahoni D) to‘g‘ri javob berilmagan 2. “Xamsa” dostoni qahramonlaridan qaysi biri tug‘ma ishq ta’sirida g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan inson sifatida tasvirlanadi? A) Majnun B) Bahrom C) Qays D) Ko‘hkan 3. “Farhod va Shirin” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan? A) hazaji musaddasi mahzuf B) hazaji musammani solim C) ramali musaddasi mahzuf D) ramali musammani solim 4. Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni haqida qanday ta’rif keltiradi? A) “sehrli doston” B) “ishqiy doston” C) “shavq dostoni” D) “sevgi haqidagi eng go‘zal doston” 5. “Farhod va Shirin” dostonida Navoiyning qanday orzusi ifodalanagan? A) komil inson haqidagi orzusi B) adolatli podsho haqidagi orzusi C) dunyoviy muhabbat haqidagi orzusi D) hech qanday orzu ifodalanmagan 6. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi? A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) “Saddi Iskandariy” 7. Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni. O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori, Qolib yodida safh-safha bori. Yuqoridagi misralar Navoiyning qaysi qahramoni haqida? A) Xusrav B) Shirin C) Farhod D) Mehnbonu 8. Demonkim ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok. . Ushbu misralar “Xamsa” ning qaysi qahramoni haqida? A) Farhod B) Shirin C) Xusrav D) Mehnbonu 9. Chin hoqoni Farhodning ko‘nglini olish uchun qanday yo‘l tutadi? A) o‘z taxtini inom etadi B) zotdor ot sovg‘a qiladi C) chiroyli bog‘ barpo ettiradi. D) to‘rtta qasr qurdiradi. 10. Navoiy “Xamsa”ning qahramoni bo‘lgan Farhodning ato begi, ya’ni tarbiyachisi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Moniy B) Boniy C) Mulkoro D) Qoran 11. Farhod qasr qurilishi jarayonida Qorandan qaysi kasbni o‘rganadi? A) me’morchilikni B) tosh yo‘nishni C) naqqoshlikni D) quruvchilikni 12. Farhod ko‘rgan sirli sandiq ichidagi sirli ko‘zguni kim yasattirgan edi? A) Iskandari Rumiy B) Arastu C) Farhodning otasi D) oyna qadimdan mavjud bo‘lgan 13. Farhod sirli ko‘zgudagi to‘siqlarni yengib nimalarni qo‘lga kiritadi? A) Suqrot duosi, Jamshid jomi, Iskandar boyligi B) Jamshid jomi, Sulaymon uzugi, Iskandar boyligi C) Iskandar boyligi, Sulaymon uzugi, Suqrot duosi D) Shirinning sevgisi, Suqrot duosi, Jamshid jomi 14. “Farhod va Shirin” dostonida Farhod, Shirin haqida qanday xabar topadi? A) Sulaymon uzugidan ko‘radi B) Jomi Jamshiddan ko‘radi C) Iskandari Rumiy to‘rt yuz olimga yasattirgan sirli ko‘zgudan uning yuzini ko‘radi D) Moniy chizgan rasmdan 15. Farhod Shirinning Arman diyoridan ekanligini kimdan bilib oladi? A) Mulkorodan B) Suqrotdan C) Mehinbonudan D) Shopurdan 16. Dedi: “Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!” Dedi: “Majnun vatandin qayda ogah?” Baytdagi ikkinchi qator kimning tilidan aytilgan? A) Xusrav B) Farhod C) Majnun D) Mulkoro 17. Navoiy kimni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonining bosh qahramoni darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi? A) Farhodni B) Qoranni C) Xusravni D) Suxaylni 18. “Farhod va Shirin” dostonida Farhod xatarli safarda uch xatarli manzilda to‘siqlarni mardona yengib o‘tgach nimani qo‘lga kiritadi? A) Jamshid jomini B) Sulaymon uzugini C) Iskandar boyligini D) barcha javoblar to‘g‘ri 19. Kerak sher ollida ham sheri jangi, Agar sher o‘lmasa, bore palangi. Ushbu jumlalar qaysi asardan olingan? A) “Layli va Majnun” B) “Saddi Iskandariy” C) “Sab’ai sayyor” D) “Farhod va Shirin” 20. “Xamsa” dostonidan olingan dog‘i so‘zi qanday ma’no anglatadi? A) so‘z B) shuningdek, yana C) bolalar D) ma’no 21. “Farhod va Shirin” dostonida xoqon Farhodning ko‘nglini olish uchun yilning to‘rt fasliga moslab to‘rt oliy qasr qurishni buyuradi va bu ishga Farhodning ustozini ma’mur etib tayinlaydi. Qaysi javobda uning ismi keltirilgan? A) Suhaylo B) Mulkoro C) Moniy D) Suqrot 22. Farhod tosh yo‘nish san’atini kimlardan o‘rganadi? A) Boniydan B) Moniydan C) barcha javoblar to‘g‘ri D) Qorandan
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling