Abdulla Oripov she’riyati to‘g‘risida
1. She’r izlayman bu kun Toshkent ko‘chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu so‘ronli kechalarida,
Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon
2. O‘n oykim, so‘lmishdir u tanish na’ra.
Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.
Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,
O, surur kuychisi, dongdor zamondosh. Abdulla Oripov qalamiga mansub ushbu satrlarda kim nazarda tutilgan?
A) M.Shayxzoda B) G‘.G‘ulom C) Oybek D) A.Qahhor
3. Bugun-chi, ne bezar o‘tli qoningda!
Evoh, unda na she’r, na may, na safo.
Bu qanday muloqot? Ne hol? Yoningda.
Joy olmish o‘zga bir suyukli daho. Ushbu satrlarda ko‘zda tutilgan dahoni aniqlang.
A) M.Shayxzoda B) G‘.G‘ulom C) Oybek D) A.Qahhor
4. O‘zining she’rlari bilan “quruqshagan o‘zbek she’riyatiga o‘ychil g‘am g‘amchil o‘y” olib kirgan adib to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.
A) Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C) E.Vohodov D) Zulfiya
Do'stlaringiz bilan baham: |