Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Nazariy ma’lumot. Lirik qahramon
Download 0.97 Mb.
|
aa69dea
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sohibqiron” asari to‘g‘risida
Nazariy ma’lumot. Lirik qahramon
1. 1921- yilda rus olimi Y.N.Tinyanov tamonidan adabiyotshunoslikka kiritilgan tushuncha qaysi qatorda berilgan? A) lirik qahramon B) xarakter C) personaj D) badiiy to‘qima 2. Nima qolar ekan? Qay ezgu tilak, Qay his, yuraklarda topolgan kamol? Yiroq avlodlarga bizlardan beshak Qolar kurashlarda to‘plangan xayol. She’r muallifini aniqlang. A) Cho‘lpon B) Muhammad Yusuf C) Shavkat Rahmon D) Abdulla Oripov 3. O‘tgan asrning 60-80- yillarida o‘z she’riyati bilan “o‘zbek millatini tuyg‘ularning quruqshab qolishdan saqlab qolgan” adib kim? A) Rauf Parfi B) Abdulla Oripov C) Azim Suyun D) Usmon Azim “Sohibqiron” 1. Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonida Temur huzuriga Boyazid tomonidan yuborilgan choparning ismi to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping. A) Sulton Murod B) Alovuddin C) Sulton Shabli D) Sulton Muhammad 2. Xo‘sh, men-chi, men?! Axir men ham asli yolg‘izman, Bugundanu kelajakdan malomat bilan Minglab ko‘zlar tikiladi bitta o‘zimga Chunki mening qismatimga janglar yozilgan. Ushbu misralar qaysi asar qahramoniga tegishli? A) H.Olimjon, “Muqanna” Muqanna B) M.Shayxzoda, “Mirzo Ulug‘bek” Ulug‘bek C) Abdulla Oripov, “Sohibqiron” Temur D) O.Yoqubov, “Ulugbek xazinasi” Ulug‘bek 3. Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasida Temurning o‘z dushmanlari gunohini ham kechira oladigan shaxs ekanligi qaysi obraz orqali yoritilgan? A) Boyazid B) Amir Husayn C) Qosimbek D) Hofiz Sheroziy 4. “Sohibqiron” dramasida Temurning islomiy tartiblar o‘rnatish, adolatni qaror toptirish uchun qon to‘kkani haqida fikr mulohazalar qaysi obraz bilan suhbat asosida ochiladi? A) Bibixonim B) Shayxulislom C) Alovuddin D) Yassaviy 5. “Niyat qancha jozibali bo‘lsa ham, Temur, qilich bilan murod xosil qilmog‘i gumon”. Ushbu jumlalar “Sohibqiron” dramasidagi qaysi obraz tilidan aytilgan? A) muallif tilidan B) Yassaviy tilidan C) Boyazid D) Shayxulislom 6. “Sohibqiron” dramasida muallif o‘z nuqtai nazarini, dunyoda bandi tomonidan kuch bilan adolat o‘rnatish shubhali ekanligini qaysi obraz tilidan bayon qiladi? A) A.Temur B) Alovuddin C) Hofiz Sheroziy D) Yassaviy
1. Amir Temur tajribali davlat arbobi sifatida davlat yaxlitligini tamin etuvchi narsalar deb nimalarni sanab o‘tadi? A) mo‘l xazina B) yagona shoh C) yengilmas lashkar D) barchasi 2. Amir Temurning jahongirlik tabiati nimalarda namoyon bo‘ladi? A) xalqni bir shoh boshqarsin degan fikrida B) sabr qanoatida C) davlatni idora qilish usulida D) barchasi 3. “Hukmdorlar seva turub fuqoralarni Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor” “Sohibqiron” dramasidan keltirilgan ushbu satrlar kimning tilidan aytilgan? A) Boyazid B) Husayn C) Temur D) Shohruh 4. Abdulla Oripov Amir Temur obrazini qanday tasvirlaydi? A) o‘z yo‘lini to‘g‘ri yo noto‘g‘ri ekanini anglashga urinadigan inson sifatida B) har bir qadamini o‘ylab bosadigan inson sifatida C) xalqiga mehribon siyosatchi sifatida D) barchasi 5. “Sohibqiron” dramasining eng tasirli lavhalaridan biri… A) Boyazid va Temur suhbati B) jang manzaralari C) Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvlari D) barchasi 7-DARS. JAHON ADABIYOTI. (311-359- betlar.) Reja:
1. Vilyam Shekspir. 2. Otello. 3. “Otello” fojiasi to‘g‘risida. 4. Nazariy ma’lumot. Tragik obrazlar va hayot haqiqati. 5. Haynrix Hayne. 6. Haynrix Haynening she’rlari haqida. 7. Aleksandr Pushkin. 8. Yevgeniy Onegin. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling