Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.75 Mb.
|
5-11 adabiyotdan mavzuviy test
Sakkokiy
1. Sakkokiyning qasidalari qaysi tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan? A) Xalil Sulton, Xo‘ja Muhammad Porso B) Arslonxo‘ja Tarxon C) Mirzo Ulug‘bek D) Xalil Sulton, Arslonxo‘ja Tarxon, Xo‘ja Muhammad Porso, Mirzo Ulug‘bek 2. Sakkokiyning devonidan bizgacha qaysi harflar bilan tugallanuvchi g‘azallar yetib kelmagan? A) “alif”dan “nun”gacha va “vov” B) “alif”dan “nun”gacha va “yo” C) “alif”dan “qof”gacha va “vov” D) “alif”dan “lom”gacha va “vov” 3. Navoiy kimni turk alfozining bulag‘olaridan deb ta’riflaydi? A) AtoyiB) Lutfiy C) Sakkokiy D) Jomiy 4. Ern so‘zi mumtoz she’riyatimizda qanday ma’no anglatadi? A) ko‘z B) lab C) qosh D) yuz 5. Arslonxo‘ja Tarxon tarixda qanday shaxs sifatida qolgan? A) maqmara bunyod etgan B) tarixchi C) “Hibat ul-haqoyiq”ni ko‘chirtirgan shaxs D) shoir 6. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Sakkokiyning qayerlik ekanini takidlaydi? A) Buxoro B) Samarqand C) Movarounnahr D) Xuroson 7. Sakkokiyning bizgacha qancha merosi yetib kelgan? A) devon, 175 ta g‘azal, B) 11 ta qasida, 40 ta g‘azal C) 11 ta qasida, 4 ta g‘azal D) 15 ta qasida 10 ta g‘azal 8. Sakkokiy g‘azallarining bosh mavzusini aniqlang. A) go‘zallik B) insonparvarlik C) muhabbat D) A va B 9. Adanda dur, Badaxshonda la’l bo‘lganidek Xo‘tan sahrolarida nima serob bo‘lgan? A) oltin B) javohir C) ohu-kiyik D) olmos 10. O‘zbek adabiyotidagi ilk qasida yozgan shoirni aniqlang. A) Sakkokiy B) Lutfiy C) Atoyi D) Sayfi Saroyi 11. Ko‘zim yoshig‘a nazar qil, ko‘ngul bo‘lur ravshan Ey sarvinoz, oqar suvg‘a qilsa nazzora. Ushbu baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang. A) tajnis B) irsoli masal C) tazod D) ishtiqoq 12. Agar oq yuzingga qora sochlaring yoyilsa, O‘sha soatdayoq ko‘ngil mag‘lub bo‘ladi. Sakkokiyning Ushbu mazmundagi g‘azali radifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Mag‘lub bo‘lar B) Bo‘lsa erdi C) Ey jon D) Yoqa keldi 13. Mumtoz she’riyatimizda qosh nimalarga mengzatiladi? 1) oy; 2) kamon 3) hilol; 4) nayza; 5) sarv; 6) qilich; A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, D) 1, 2, 3 14.«Majolis un-nafois» tazkirasida «Samarqand ahli anga ko‘p mu’taqiddurlar (e’tiqod qo‘yganlar) va bag‘oyat ta’rifini qilurlar», – deb kimga ta‘rif berilgan? A) Navoiy B) Sakkokiy C) Haydar Xorazmiy D) Lutfiy Qasida 1. Qasidalar mavzu yo‘nalishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) vasf, madh, marsiya, hajv, munojat, falsafiy B) vasf, madh, marsiya, hajv, C) lirik, munojat, falsafiy D) to‘g‘ri javob yo‘q 2. Qasidalar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi. A) vasf va madh qasidalari B) to’liq va mufassal C) to’liq va chala (mujarad) D) nasib, qasd va falsafiy
1. Lutfiyning “Ayoqingga tushar har lahza gesu, Masaldirkim charoq tubi qorong‘u.” Ushbu g‘azalda qanday she’riy san’at qo‘llangan? A) talmeh B) laf va nashr C) irsoli masal D) tarse’ 2. Navoiygacha bo‘lgan davrdagi turkiy adabiyotning eng yirik vakilini aniqlang. A) Yusuf Xos Hojib B) Yassaviy C) Sakkokiy D) Lutfiy 3. Mavlona Lutfiyga mashhur adabiyotshunos Ahmad Taroziy – zamondoshi qanday nisba beradi va uni qanday izohlash mumkin? A) “Shoshiy” – shohlar naslidan ekaniga ishora B) “Mavlono” – Musulmon sharqida olim-u fuzalolarga beriladigan nisba C) “Shoshiy” – asli toshkentlik ekaniga ishora D) “Shoshiy” – shon-u shuhratga ega bo‘luvchi 4. Noziklik ichra belicha yo‘q tori gisuyi O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. (Lutfiy) Baytda qo‘llangan she’riy san’atni aniqlang. A) husni ta’lil B) tashbeh C) ta’did D) tajohuli orif 5. Nozuklik ichra belicha yo‘qdir gisuyi O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. Lutfiy qalamiga mansub baytdagi “gisu” so‘zinig manosini aniqlang. A) soch tolasi, soch o‘rimi B) soch o‘rimi C) bel nozikligi D) A va B 6. Qoshing erning, yuzung ey rashki rizvon Hilolu, kavsaru bog‘i jinondir. Misralardagi o‘xshatishlarni aniqlang. A) yuz – jannat bog‘i B) ern (lab) – kavsar C) qosh – hilol D) qosh – hilol, ern (lab) – kavsar, yuz – jannat bog‘i 7. Yorning beli soch o‘rimidan nozikroq, ingichkaroq. Chunonchi: yorning sochi beliga nisbatan yo‘g‘onroq bo‘lgani uchun pastda o‘tiribdi, degan o‘xshatishlar qaysi adib ijodida uchraydi? A) Atoyi B) Sayfi Saroyi C) Sakkokiy D) Lutfiy 8.Lutfiy Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarini kimning topshirig‘iga ko‘ra tarjima qilgan? A) Mironshoh B) Shohruh Mirzo C) Ulug‘bek Mirzo D) Abulqosim Bobur 9. Lutfiyning qaysi g‘azalida yor firoqida jon taslim etadigan holatga kelgan oshiq ahvoli aks etgan? A) “Jonim chiqadur dard ila jononima ayting” B) “Nigoro sensizin mandin ne hosil?” C) “Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqingdin” D) “Ul mening joni jahonimdin salom” 10. Ma’lumki, “Gul va Navro‘z” dostoni uzoq yillar davomida Lutfiy qalamiga mansub deb kelingan, so‘ngra bu dostonning kimga tegishli ekanligi aniqlangan. Bu doston qaysi qatorda berilgan? A) Haydar Xorazmiy B) Sakkokiy C) Atoyi D) Sayfi Saroyi 11. Lutfiy tasavvuf ilmini kimdan o‘rganadi? A) Yusuf Hamadoniy B) Ahmad Taroziy C) Shahobiddin Xiyoboniy D) A va B 12. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida «Turkcha devoni mashhurdir» deb kimni hurmat bilan tilga oladi? A) Tog‘asi Kobuliyni B) H. Boyqaroni C) Ibrohim Adhamni D) Lutfiyni Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling