Nazariy ma’lumot .Irsoli masal, talmeh hamda laf va nashr san’atlari
1. She’riyatda aytilayotgan gapga mos keluvchi biror maqolni keltirish orqali fikrni dalillashga urinish qanday badiiy san’atni yuzaga keltiradi?
A) irsoli masal B) talmeh C) laf va nashr D) tamsil
2. Qaysi she’riy san’at turida o‘tmishdagi biror tarixiy shaxs yoxud voqeaga ishora qilinadi?
A) tamsil B) tarse’ C) talmeh D) irsoli masal
3. Bu she’riy san’at turida shoir biror narsa, yoxud hodisani oldin sanaydi, so‘ng shu tartibda ularga tegishli o‘xshatishlarni tizib chiqadi. Gap qaysi she’riy san’at turi haqida bormoqda
A) tajohuli orifona B) laf va nashr C) husni ta’lil D) tamsil
4-DARS. UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). (159-217-betlar)
Reja:
1. Alisher Navoiy.
2. Ulkan meros.
3. G‘azal mulkining sultoni.
4. “Xamsa”.
Do'stlaringiz bilan baham: |