Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Download 0.75 Mb.
bet110/172
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#225297
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172
Bog'liq
5-11 adabiyotdan mavzuviy test

G‘azal mulkining sultoni

1. Navoiyning “Yo rab ul shahdu shakar yolabmudur” deb boshlanuvchi ruboyisining vazni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

A) ramali musaddasi maqsur B) ramali musammani mahzuf C) ramali musaddasi solim D) hazaji musaddasi maqsur

2. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisini temuriylarga mansub shoirlarga bag‘ishlagan?

A) beshinchi majlisini B) sakkizinchi majlisini C) to‘rtinchi majlisini D) yettinchi majlisini

3. “Kamol et kasbkim olam uyidin …” deb boshlanuvchi qit’a muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Bobur B) Navoiy C) Lutfiy D) Nizomiy

4. Mumtoz she’riyatimizdagi qaysi she’riy janr arabcha “yolg‘iz, yagona” ma’nosini anglatadi?

A) fard B) qit’a C) musallas D) masnaviy

5. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonida qancha qit’a jamlangan?

A) 180 ta B) 133 ta C) 210 ta D) 503 ta

6. “Manzuri shahonshohi Xuroson” deya ta’riflangan shoir qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Nizomiy B) Lutfiy C) Jomiy D) Navoiy

7. Navoiyga “Manzuri shahanshohi Xuroson” deya ta’rif bergan shoirni aniqlang.

A) Fuzuliy B) Lutfiy C) Bobur D) Muhammad Solih

8. “Manzuri shahanshohi Xuroson” ta’rifidagi keltirilgan Xuroson shahanshohini aniqlang?

A) Bobur B) Abu Said C) Sulton Husayn D) Abulqosim Bobur

9. G‘azaliyotda baytlarni bir-biriga bog‘lab borish, fikr yoxud obrazni darajama-daraja o‘stirish tamoyili qaysi san’atga xos xususiyat sanaladi?

A) ta’kid B) tadrij C) munozara D) tarse’

10. Navoiyning tadrij san’atidan keng foydalanib yozilgan g‘azalini aniqlang.

A) “Yordin ayru ko‘ngul…” B) “Qaro ko‘zum” C) “Shitob aylab” D) “Topmadim”

11. Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bir,

Hajridin dardi va lekin voshdin darmoni yo‘q. Baytda qo‘llanilgan badiiy san’atni aniqlang.

A) tazod B) tashbeh C) ta’kid D) talmeh

12. Navoiy qaysi asarida ishqni guruhlarga ajratadi?

A) “Nasoyim ul-muhabbat” B) “Xamsa” C) “Mahbub ul-qulub” D) “Lison ut-tayr”

13. Navoiy g‘azaliyotining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etuvchi tushunchani aniqlang.

A) komillik B) ishq C) dunyo D) shoirlik

14. Navoiy fikricha dunyoga kelmoqdan murod nima?

A) dunyo lazzatlaridan bahramand bo‘lmoq B) komil inson bo‘lmoq C) o‘zini adoqsiz g‘amlarga tashlamoq D) ilohiy ishqqa yetishmoq

15. Navoiyning qaysi g‘azalida ishq yo‘lida shuncha jabr ko‘rib, sabr qilgan oshiq evaziga “bevafo” degan nom oladi?

A) “Ey do‘stlar dushmanlar oncha makr qildilar” B) “Netti, ne bo‘ldi?” C) “Gar jafo qil, gar jafokim dilsitonim sen mening” D) “Topmadim”

16. Quyidagi g‘azallardan qaysi birida oshiq yor bilan oshno bo‘lgan kunni balolig‘ deb hisoblaydi?

A) “Yordin ayri ko‘ngul mulkudurur sultoni yo‘q” B) “Jong‘a chun dermen” C) “Qoshi yosunmu deyin” D) “Ko‘rgali husningni…”

17. Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,

Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog‘i pinhonimdin el. Baytdagi tumori junun so‘zining ma’nosini belgilang.

A) buralgan, o‘ralgan B) jinnilikka qarshi tumor C) tumor kabi o‘ralgan D) junundek taxlangan

18. Har bir insonning asl hamdami qaysi qatorda berilgan?

A) borliq B) burch C) ko‘ngil D) vijdon

19. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,

Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sango. Ushbu baytda qo‘llanilgan san’atni belgilang.

A) talmeh B) irsoli masal C) muvashshah D) tazod

20. Navoiyning “Ko‘rgali husningni” deb boshlanuvchi g‘azalda qaysi tariqat yo‘li ifodalangan?

A) so‘fiyona B) oshiqona C) ma’rifat D) orifona

21. Navoiy qaysi g‘azalida ma’shuqa husnini tasvirlash uchun tabiiy ranglardan foydalangan?

A) “Jong‘a chun dermen” B) “Xil’atin to aylamish jonon” C) “Kecha kelgum” D) “Yorsiz ko‘ngul”

22. Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husning yodidin,

Tobadanning aksidek alvon qizil, sorig‘, yashil.

Ushbu baytda qo‘llanilgan she’riy san’atni belgilang.

A) tashbeh B) ta’kid C) dalillash D) barchasi to‘g‘ri

23. Alisher Navoiy «Yordin ayru ko‘ngil mulkedurur, sultoni yo‘q» misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalida yoridan ayrilgan ko‘ngilni birinchi baytda hokimi yo‘q mamlakatga, ikkinchi baytda jonsiz jismni gulu rayhoni yo‘q-qaro tuproqqa o‘xshatadi. Uchinchi baytda yorsiz ko‘ngil nimaga o‘xshatiladi?

A) yonida jannati yo‘q do‘zaxga B) oysiz qorong‘u kechaga C) quyoshi yo‘q kunduzga D) xumori yo‘q mastga

24. Qaysi Ozarbayjon shoiri Navoiyning badiiy mahorati xususida go‘zal ta’rif keltirgan?

A) Shavqiy B) Marsiy C) Fuzuliy D) Ogahiy

25. Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida «pok niyat, pok ko‘ngil, pok ko‘z» kimlarda bo‘ladi deb takidlaydi?

A) avom ishqida B) siddiqlar ishqida C) valiylarda D) xos ishq kishilarida


Xamsa”

1. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari uning qaysi asarida o‘z aksini topgan?

A) “Mezon ul-avzon” B) “Saddi Iskandariy” C) “Hayrat ul-abror” D) “Mahbub ul-qulub”

2. Dedi: kishvar beray, kech bu havasdin!

Dedi: bechora, kech bu multamasdin! Misradagi kishvar so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

A) oltin B) yurt, viloyat C) boylik D) uy-joy

3. O‘z sevgisini o‘limi bilan isbot etgan go‘zal malika qaysi asar qahramoni?

A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Sab’ayi sayyor” D) “Salomon va Ibsol”

4. . Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni qaysi voqea bilan boshlanadi?

A) Chin xoqoniga tangri o‘g‘il hadya etishi bilan B) Farhodga ism qo‘yish voqealari bilan C) Chin xoqonining farzandsizligi bilan bo‘g‘liq voqealar bilan D) Farhod va Shirinning uchrashuvi bilan

5. Dedi: joningni olsa la’li yodi?

Dedikim ushbudur jonim murodi. “Farhod va Shirin” dostonidan olingan ushbu baytda qaysi qahramonlar o‘rtasidagi suhbat ifodalangan?

A) Farhod va Shirin B) Navfal va Farhod C) Xusrav va Farhod D) Farhod va Mehinbonu

6. “Farhod va Shirin ” dostoni qaysi vaznda yozilgan?

A) Hazaji musaddasi mahzuf B) Hazaji musammani maqsur C) Ramali musaddasi mahzuf D) Ramali musaddasi solim

7. Chu shirin joni erdi, onsiz o‘ldi.

Damekim o‘ldi onsiz, jonsiz o‘ldi. Ushbu baytda Navoiy Shirin o‘limidan keyingi kimning holatini tasvirlaydi?

A) Mehinbonuning B) Farhodning C) Husravning D) Shirinning onasini

8. Navoiy o‘zining qaysi dostonini “Shavq dostoni” deb ataydi?

A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Saddi Iskandariy” D) “Sab’ayi sayyor”

9. Qaysi qahramonga tug‘ilganidayoq: Yuzinda ishq asrori yozilg‘on, Ichinda dard ta‘vizi qozilg‘on», — deya ta‘rif beriladi?

A) «Sab‘ai sayyor»da — Bahromga B) «Gul va Navro‘z»da — Navro‘zga C) «Farhod va Shirin»da - Farhodga D) «Layli va Majnun»da — Qaysga

10. Sharq adabiyotiga birinchi marotaba Shirin obrazini kiritgan adibni aniqlang.

A) Jomiy B) Navoiy C) Firdavsiy D) Ganjaviy

11. Navoiy «Xamsa» dostonlaridan qaysi birning muqaddimasida «Xamsa» yozishdagi o‘ziga xos yo‘riqlarni bayon etgan?

A) «Saddi Iskandariy»da B) «Hayrat ul-abror»da C) «Sab’ayi Sayyor»da D) «Farhod va Shirin»da

12. Navoiy «Xamsa»sidagi qaysi qahramon Qur’oni karimni bir yilda yod oladi?

A) Qays B) Bahrom C) Iskandar D) Farhod

13. Navoiy «Hayrat ul-abror»ning birinchi maqolatida nima haqida so‘z yuritadi?

A) rostlik haqida B) so‘z haqida C) iymon haqida D) adolat haqida

5-DARS. UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI (davomi). (218-262-betlar)

Reja:


1. “Xamsa” (davomi). “Layli va Majnun”, “Sab‘ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”.

2. Tasavvuf va adabiyot.

3. Muhammad Solih.

4. Mumtoz adabiyotimizning asosiy xususiyatlari.

5. Xoja.

6. Mumtoz hikoya.

7. Zahiriddin Muhammad Bobur.

Xamsa” (davomi)

1. Nizomiyning “Layli va Majnun” dostoniga nechta nazira bitilgan?

A) 118 ta B) 112 ta C) 119 ta D) 120 ta

2. Qaysi rus shoiri 1911- yilda “Majnun va Layli” nomli doston yaratgan?

A) V. Radlov B) S.Smeshtov C) D. Lemkin D) V. Xlebnikov

3. Navoiy o‘zining “Layli va Majnun” dostonida qanday tasvirga alohida e’tibor bergan?

A) fantastik B) ruhiyat C) tabiat D) dunyo

4. “Layli va Majnun” dostonida har chaqin chaqnaganda qaysi tog‘ yorishib ketardi?

A) Qof tog‘i B) Tur tog‘i C) Mug‘ tog‘i D) Sino tog‘i

5. “Layli va Majnun” dostonining so‘ngida qanday maxsus bob keladi?.

A) “Ishq ta’rifida” B) “Muhabbat kuyi” C) “Umr to‘g‘risida” D) “May xususida”

6. Ko‘pincha jang-u jadallar, fitna-yag‘molar homiysi sifatida keluvchi qahramonni aniqlang.

A) Bahrom B) Xusrav C) Axriman D) Yazdijurd

7. “Xamsa” ning qaysi qahramoni Eron shohi Yazdijurdning o‘g‘li hisoblanadi?

A) Bahrom B) Xusrav C) Farhod D) Qays

8. Navoiyning “Sab’ayi sayyor” dostonida voqelar nechanchi bobdan boshlanadi?

A) 10 B) 11 C) 13 D) 12

9. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom shanba kunini qaysi yurt malikasi bilan o‘tkazadi?

A) Rum malikasi B) Hind malikasi C) Eron malikasi D) Shahrisabz malikasi

10. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom Rum malikasi huzurida qaysi hikoyani tinglaydi?

A) Axiy haqidagi B) Sa’d haqidagi C) Juna va Mas’ud haqidagi D) Zayd Zahhob haqidagi

11. “Sab’ayi sayyor” dostonida Bahrom Diloromning daragini qaysi malika huzurida va qaysi musofirdan eshitadi?

A) Xorazm malikasi, Chin musofiridan B) Chin malikasi, xorazmlik musofirdan C) eronlik malika, Hind musoforidan D) Rum malikasi, xorazmlik musofirdan

12. XIX asrda qaysi ijodkor “Shoh Bahrom va Dilorom” dostonini yozdi?

A) koshg‘arlik G‘aribiy B) g‘aznalik Ardabiliy C) peshavarlik G‘azzoliy D) koshg‘arlik Ardabiliy

13. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida Mahmud G‘aznaviy haqida ma’lumotlar uchraydi?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Sab’ayi sayyor” C) “Saddi Iskandariy” D) “Layli va Majnun”

14. Iskandar Eronni egallagach ko‘p podshohlar unga bo‘yin egib keladilar, ammo ba’zi mamlakat podsholari unga bo‘ysunishni istamaydilar. Bular qaysilar?

A) Kashmir, Hind, Farang B) Chin, Farang, Hind C) Hind, Farang, Kashmir D) Kashmir, Hind, Chin

15. Ey ishq g‘arib kimyosen,

Bal oinayi jahonnamosen. (Navoiy) Bayt qaysi asardan olingan?

A) «Hayrat ul-abror» B) «Farhod va Shirin» C) «Layli va Majnun» D) «Sab‘ai sayyor»

16. Navoiy «Xamsa»sida qaysi shohga so‘ngak olib kelgan darvesh obrazi berilgan?

A) «Saddi Iskandariy»da Chin xoqoniga B) «Saddi Iskandariy»da Iskandarga C) «Farhod va Shirin»da Chin xoqoniga D) «Sab’ayi Sayyor»da Bahromga

17. «Sab‘ai sayyor» dostonida Dilorom xorazmlik sozchi-musiqachiga o‘z sirini aytishidan oldin unga qanday shart qo‘ygan?

A) Xorazmdan ketishni B) bu sirni hech kimga, aytmaslikni C) sirni fosh qilmaslikka ont ichiradi D) otasiga — Xojaga bu gapni aytmaslikni

18. Ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab antik grek olimlari va faylasuflari Yaqin va O‘rta Sharq xalqlariga yaxshi ma’lum bo‘lgan. Quyidagi qaysi javobda Gippokrat, Platon, Aristotel, Pifagor, Sokratlarning sharqda tanilgan nomlari to‘g‘ri tartib asosida berilgan?

1. Buqrot; 2. Suqrot; 3. Arastu; 4. Naqumojus; 5. Aflotun; 6. Faysog‘urs

A) 1, 5, 3, 6, 2 B) 4, 5, 3, 6, 2 C) 6, 5, 3, 4, 2 D) to‘g‘ri javob berilmagan

19. Bir necha kun uyda edi poband,

Faryod anga goh baland-u goh past.

Yo‘q kunduzu kecha xo‘rdu xobi,

Dom ichida qushdek iztirobi. Ushbu parchada qaysi qahramon holati tasvirlangan?

A) Majnun B) Farhod C) Dilorom D) Bahrom

20. Beshikdagi nolasidanoq ishq dardi sezilib turgan qahramonni aniqlang.

A) Farhod B) Layli C) Majnun D) Bahrom


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling