Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.75 Mb.
|
5-11 adabiyotdan mavzuviy test
Alisher Navoiy
1. Navoiy she’riy me’rosining kulliyoti hisoblangan devonni ko‘rsating. A) “Navodir un-nihoya” B) “Badoyi ul-bidoya” C) “Xazoyin ul-maoniy” D) “Majolis un-nafois” 2. Navoiyning “Devoni Foniy” nomli g‘azallar to‘plamida qanday janrlardan foydalangan? 1. g‘azal 2. tashxis 3. tarkiband 4. ruboiy 5. mubolag‘a 6. qit’a 7. murabba A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4, 7 D) 5, 6, 7 3. Qaysi adib Navoiyni “G‘azal mulkining sultoni” deb ta’riflangan? A) Bobur B) Oybek C) Fuzuliy D) M. Shayxzoda 4. Fuzuliy shoirlar haqida to‘xtalganda turkiy she’riyatda Navoiyni, forsiyda Nizomiyni, arab adabiyotida kimni tilga oladi? A) Farididdin Attorni B) Abu Husaynni C) Abu Nuvosni D) Jomiyni 5. Qaysi shoir Navoiyni “Navoiyi suxandon”, “Manzuri shahanshohi Xuroson” deb ta’rif etadi? A) Bobur B) Shayxzoda C) Oybek D) Fuzuliy 6. Xuroson shahanshohi Sulton Husaynga g‘azallari va dostonlari bilan manzur bo‘lgan buyuk shoir qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Alisher Navoiy B) Bobur C) Atoyi D) Lutfiy 7. G‘azaliyotda baytlarni bir-biriga bog‘lab borish, fikr yoxud obrazni darajama-daraja o‘stirish san’ati nima deb ataladi? A) tadrij B) tarji’band C) tardi aks D) talmeh 8. Yordin ayru ko‘ngul ... she’rida qanday badiiy san’atlar mavjud? A) ig‘roq B) tardi aks C) mubolag‘a D) tadrij 9. G‘ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro, To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldim sango. Ushbu baytning radifini aniqlang. A) benavo B) topmadim C) sango D) bo‘ldim sango 10. Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay. Ushbu baytda qaysi she’riy san’atning chiroyli na’munasi keltirilgan? A) talmeh B) tashxis C) tazod D) tarji’band 11. She’riy janrdagi misralarning miqdoriy tartibini bildiruvchi lirik janr nima deb ataladi? A) tashxis B) tarjiband C) tablig‘ D) takrir 12. Navoiyning “Xarobat aro kirdim oshiftahol ” matla’li asari qaysi she’riy janrda yozilgan? A) mubolag‘a B) musamman C) musaddas D) tarji’band 13. Tarjibandlar ko‘pincha qanday mavzuda yoziladi? A) falsafiy B) amaliy C) ishqiy D) sarguzasht 14. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” to‘plamida qancha ruboiy jamlangan? A) 256 ta B) 136 ta C) 138 ta D) 133 ta 15. Navoiyning “Mendek” radifli ruboiysi qanday xarakterga ega? A) jangnoma B) hasbi hol C) ruhiy D) didaktik 16 Quyidagilardan qaysi biri Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biri hisoblanadi? A) “Majolis un-nafois” B) “Lison ut- tayr” C) “Tarixi muluki Ajam” D) “Sab’atu abhur” 17. Kamolotga yetish bosqichlari bo‘lgan yetti vodiy nomi to‘g‘ri tartib berilgan qatorni aniqlang. A) talab, ishq, ma’rifat, istig‘no, tavhid, hayrat, fano B) istig‘no, tavhid, hayrat, fano, talab, ishq, ma’rifat C) talab, ishq, istig‘no, ma’rifat, tavhid hayrat, fano D) hayrat, fano, talab, ishq, ma’rifat, istig‘no, tavhid 18. “Lison ut-tayr” dostonida aytilishicha, bu dunyo… A) haqning tajallisi B) kulfatlar makoni C) insoniyat manfaatiga xizmat qiluvchi makon D) bevafo makon 19. Sharq mumtoz adabiyotida mashhur bo‘lgan Shayx San’on (ibn Saqqo) haqidagi hikoyat Navoiy dostonlarining qaysi biriga kiltirilgan? A) “Farhod va Shirin B) “Mahbub ul-qulub” C) “Hayrat ul-abror” D) “Lison ut-tayr” 20. “Lison ut-tayr” dostonida ko‘rsatilgan Semurg‘ so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang. A) uch qush B) o‘ttiz qush C) baxt qushi D) afsonaviy qush 21. Navoiy kimlarning muhabbati tufayli o‘z muhabbatini ham hikoya qilib, doston bitajagini yozgan edi? A) Layli va Majnun B) Farhod va Shirin C) Bahrom va Dilorom D) Shayx San’on va tarso qiz Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling