Namunalami tekshirish


Download 19.46 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi19.46 Kb.
#1534168
1   2   3   4
Bog'liq
1-mustaqil ish 11v - 17 FQGR guruh talabasi Saydullayev Shaxboz

Texnik tekshirishlar

Texnik tekshirishlar hamma konlarda olib boriladi. Eng murakkab texnik tekshirishlar ba’zi noma’dan foydali qazilmalarga (qurilish materiallari, slyuda, asbest, optik xomashyo va boshqalarga) xosdir. Bunday hollarda texnik tekshirishlar jarayonida xomashyoning fizik xususiyatlaridan tashqari uni qayta ishlash texnologik tuzilishi ham ishlab chiqiladi.


Eng ko’p hollarda aniqlanadigan ko’rsatkichlar: hajmiy massa, namlik, granulometrik tarkib, maydalanish koeffitsiyenti va boshqalardir.
Razvedka jarayonida bajariladigan texnik tekshirishlami uch guruhga bo’lish mumkin:
1) zaxirani hisoblash uchun kerak bo’lgan tekshirishlar;
2) konni ekspluatatsiya qilish, tog’-texnik sharoitlami aniqlash uchun kerak bo’lgan tekshirishlar;
3) xomashyo sifatini aniqlash uchun kerak bo’lgan tekshirislilar.


Namunalash jarayonini nazorat qilish

Namunalash natijalarini ishonchliligi, namuna olish va unga ishlov berish usullariga, bu natijalami tekshirish usullariga bog’liq. Lekin bu usullami tanlab olishning o’zi, namunalash ishonchliligini to’la ta’minlay olmaydi. Buning uchun namuna olish, unga ishlov berish va tekshirish operatsiyalarini aniq va tog’ri bajarish talab etiladi. Shunday qilib, namunalash jarayonida turli uslubiy va ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo’lgan sabablar tufayli ko’pchilik xatoliklar vujudga keladi. Namunalashni nazorat qilish doimo, asosiy va nazoratlangan ma’lumotlar o’rtasidagi tafovutni baholashdan iborat bo’ladi. Bu baho to’g’ri bo’lishi uchun, tafovutlaming kelib chiqishi haqida to’g’ri tushunchaga ega bo’lish va ulami tahlil qilishning to’g’ri usulini tanlash kerak.


Namunalash jarayonida paydo bo’ladigan hamma xatoliklar odatda ikkita asosiy guruhga bo’linadilar:
1) tasodifiy;
2) sistematik.

Bular orasida eng xavflisi sistematik xatoliklar bo’lib, ular ko’rsatkichlami faqat kattalashtirib, yoki faqat kichiklashtirib ko’rsatadi, ya’ni bir belgili xatoliklarga olib keladi. Tasodifiy xatoliklar turli belgiga ega bo’lib, o’zaro bir-birini kompensat- siyalaydilar va umumiy ko’rsatkichlarga katta ta’sir ko’rsatmaydilar.


Namunalash jarayonini nazorat qilishning asosiy mazmuni,
sistematik xatoliklami aniqlash, ulaming sabablarini aniqlash va iloji boricha yo’qotishdir. Agar xatolikni keltirib chiqaruvchi sababni yo’qotish mumkin bo’lmasa, aniqlangan ko’rsatkichlarga ma’lum tuzatishlar kiritish lozim. Hamma laboratoriyalarda xatoliklaming oldini olish va hisobga olish uchun ham ichki, ham tashqi nazorat o’rnatiladi. Bundan maqsad - laboratoriyaning o’zida bir qism tekshirishlar ikkinchi marta qayta bajariladi va natijalar solishtirilib ko’riladi. Bir qism namunalar bo’yicha esa, dublikatlar boshqa turdosh laboratoryalarga yuboriladi va ularning natijalari ham solishtirib ko’riladi


Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling