Namunalami tekshirish
Download 19.46 Kb.
|
1-mustaqil ish 11v - 17 FQGR guruh talabasi Saydullayev Shaxboz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral tarkibini aniqlash
- Texnologik tekshirishlar
Yadro-fizik usullar zamonaviy usul bo’lib, juda ko’p kompo- nentlami aniqlashda yuqori darajada sezgirlik va aniqlikni ta’minlaydi. Bu analizlar ko’p mehnat talab qilmaydi, namuna materiali sarf bo’lmaydi va uni qayta ishlatish mumkin. Analiz uchun bir necha gramdan 50-200 g.gacha namuna talab qilinadi. Faqatgina bu analiz uchun qimmat turadigan apparatura kerak bo’ladi.
Mineral tarkibini aniqlash Ma’danlami mineral tarkibini aniqlash usullarini tekshirish vazifalari, talab qilingan aniqlik va namuna materialining holatiga bog’liq. Namunalami mineralogik analiz qilishning to’liq va qisqartirilgan turlari mavjud. To’liq analiz namunadagi hamma minerallaming miqdorini aniqlashni talab qilsa, qisqartirilgan analizda faqat ba’zi minerallaming namunadagi miqdori aniqlanadi. Bu analizlar odatda mikroskop yordamida bajariladi. Mineralogik tekshirish jarayonida ma’danlaming tekstura, stmkturaviy xususiyatlari va minerallaming kimyoviy tarkibi aniqlanadi. Zich va mustahkam ma’danlami tekshirishda silliqlangan shtuflar, shliflar va anshliflardan foydalaniladi. Sochiluvchan ma’danlami tekshirishda, ulaming tarkibidagi minerallar gravitatsion, flatatsion, magnit yoki elektroinagnit separatsiya usullari bilan ajratib olinadi va miqdori aniqlanadi. Minerallaming tarkibini aniqlash uchun monomineral namunalar olinadi, ya’ni tekshirilayotgan mahsulotdan biron bir usul bilan faqat bir mineral zarrachalari ajratib olinadi. Monomineral namunalar, ma’dandagi qo’shimcha komponentlar qaysi mineral bilan bog’langanligi aniqlash imkonini beradi. Texnologik tekshirishlar Texnologik namunalar ma’danlaming tabiiy turlarini, sanoat turlarini, konning bo’laklarini va butun bir konni ifoda etishi mumkin. Bundan tashqari, tekshirishning vazifalaridan kelib chiqqan holda, namunalar laboratoriyada yarimzavod namunalarga bo’linadi. Ma’danlaming alohida sanoat turlaridan olinadigan texnologik namunalar eng ko’p qo’llaniladi. Laboratoriya namunalari yangi texnologik tizimlami ishlab chiqish yoki mavjud texnologik tizimlarda ma’danlami texnologik xususiyatlarini tekshirib ko’rish uchun qo’llaniladi. Yiriklashtirilgan laboratoriya namunalari, uzluksiz texnologik jarayon sharoitida ma’danlaming texnologik xususiyatlarini tekshirish va ulami qayta ishlash texnologik ko’rsatkichlami aniqlash imkonini beradi. Yarimzavod namunalar faqatgina yangi turdagi mineral xo- mashyolar o'zlashtirilayotgan yoki yangi texnologik tizimlar ishga tushirilayotgan sharoitlardagina qo’llaniladi. Namunalaming massasi mineral xomashyo turiga qarab, keng miqyosda o’zgaradi. Laboratoriya namunalarining massasi o’nlab-yuzlab kilogramlami, yiriklashtirilgan laboratoriya namunalari massasi tonnalami, yarimzavod namunalari massasi o’nlab hatto minglab tonnalami tashkil etishi mumkin. Ko’pchilik foydali qazilmalar, ayniqsa ma’danlar qayta ishlash jarayonida boyitiladi. Shuning uchun ko’pincha «mahsulot chiqishi», «mahsulot tarkibi» va «komponentlami ajratib olinishi» kabi texnologik ko’rsatkichlar aniqlanadi. Har bir konda odatda bir emas, bir necha texnologik namunalar turli ma’danlardan va maydonlardan olinadi. Shuning uchun ko’pincha ma’danlami boyitish ko’rsatkichlari va ma’dan xususiyatlari orasida munosabatlarga baho berish imkoni tug’iladi. Mineral xomashyoni texnologik tekshirish - razvedka ishlarining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Ma’danlarni texnologik sinovlardan o’tqazmay turib konning sanoat ahamiyatiga to’g’ri baho berish va pirovardida razvedka ishining asosiy vazifasini bajarish mumkin emas. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling