Nanotexnologiyalar haqida tushuncha


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1788707
1   2   3   4   5   6
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
4. Bitextin. “Mineralogiya”


TOG' JINSLARI TUSHUNCHALARI VA ULARNING 
HOSIL BULISHI
MUSTAQIL ISHI


Reja:
1. Yyerning tuzilishi, yyer qobig‘i va yuqori mantiya haqida umumiy ma’lumotlar.
2. Litosfyera tarkibi, tog‘ jinslarining umumiy tasniflanishi.
3. Tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlari.
4. Yyer qobig‘i va yuqori mantiyaning tektonik tuzilishi.
5. Tog‘ jinslari massivining turli xil tuzilmaviy ko‘rinishlari va ularning tasniflanishi.


Geomexanikada asosiy o‘rganiladigan narsa bu, tog‘ jinslari massivi va ularda yuzaga
keladigan mexanik jarayonlar hisoblanadi. Bunda massivning quyidagi uchta tashkil etadigan
holati aniqlanadi:
• tuzilmaviy xususiyatlar;
• massiv tarkibidagi tog‘ jinslarining xossalari;
• kuchlanganlik holati.
O‘z navbatida shulardan kelib chiqib, geomexanikada amaliy masalalarni echish nuqtai
nazari bilan yuqorida keltirilgan tashkil etuvchi holatlarning parametrlarini aniqlash usullariga
diqqat etiborimizni qaratamiz.



Yyerning tuzilishi, yyer qobig‘i va yuqori mantiya haqida umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi vaqtda konchilik ishlari asosan 1000÷1500 m gacha bo‘lgan chuqurliklarda amalga
oshirilmoqda. Evropada bir qancha konlarning chuqurligi 2000 m gacha etgan. Janubiy afrika
respublikasi (JAR) va Hindistonning ba’zi konlarida esa qazish ishlari 3000÷3500 m dan yuqori bo‘lgan
chuqurliklarda amalga oshirilmoqda. Neft va gaz konlari 6000÷7000 m gacha bo‘lgan chuqurlikdan
qazib olinmoqda. Eng chuqur geologik-tuzilmaviy va qidiruv skvajinalarining chuqurligi 9000 m gacha
etadi. Rossiya Fedyeratsiyasining Kolsk yarim orolida juda chuqur burg‘ilash ishlari loyihasini amalga
oshirish natijasida skvajinalar chuqurligi 12000 m gacha etgan.
Keltirilgan sonlar insoniyat tomonidan hozirgi vaqtda hamda yaqin o‘n yillik ichida yyer qa’ridan
foydalanish va bevosita mumkin bo‘lgan kirib borish chuqurligi haqida ma’lumot byeradi. Bu 
chuqurliklar yer qobig‘ining yuqori qismi oralig‘ida, ya’ni yyer shari radiusi bilan solishtirganda juda
kam qalinlikda joylashgan. Geomexanikaning o‘rganish predmeti hisoblangan, yerning rivojlanishi va
umumiy tuzulish chuqurligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yyer qobig‘ining butun yoki uning
yuqori qismida kuchlanish holati ayniqsa katta bo‘ladi. Bularni o‘rganishda geotektonika fani
shug‘ullanadi.


Zamonaviy tushunchalar asosida chuqur hududlarda olib
borilgan seysmik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yyer qobig‘i
quyidagicha tavsiflanadi (2.1-rasm): ichki va tashqi yadro, ichki
va tashqi mantiya, yyer qobig‘i.
2.1-rasm. Yyerning ichki tuzilishining umumiy sxemasi
(chuqurlik ming km).


Yyernining tashqi qattiq po‘stlog‘i (yyer qobig‘i) ning o‘rtacha qalinligi 32 km, qitalar
bo‘ylab u 20÷70 km, okeanlarda esa 5÷15 oraliqda o‘zgaradi. CHuqurroqda tashqi mantiya
joylashgan bo‘lib, yyer qobig‘i va tashqi mantiyani ajratib turuvchi seysmik chegara yuzasi
Moxorovich (qisqacha Moxo) chegarasi deb yuritiladi. Bunda bo‘ylama egiluvchan to‘lqin
tezligi Vpsakrashsimon tarzda 8 km/s dan katta qiymatgacha ortadi. U holda yer qobig‘idagi
bo‘ylama egiluvchan to‘lqin tezligi odatda 6÷7 km/s (eng katta ko‘rsatkich 7,4 km/s) ni tashkil
etadi. Bu esa o‘z o‘rnida yuqori mantiya mahsulotlarining zichligi (3,3÷3,7 g/sm3 gacha) yer
qobig‘iniki (2,7÷3,0 g/sm3) ga nisbatan ancha ortishiga olib keladi.
700÷900 km chuqurlikda tashqi manti ichki mantiya bilan o‘rin almashadi. Ularni seysmik
to‘lqinlar tezligi ortishi va mahsulotning elektr o‘tkazuvchanligi oshishi bilan tasniflanadigan
Golitsin qatlami (tashqi mantiyaning ichki qatlami) ajratib turadi.



Tog‘ jinslarining xossalari ularning tarkibi va tuzulishiga bog‘liq. Tog‘ jinslari miryerallardan tashkil
topadi. Bizga tabiatdagi 3000 ga yaqin miyerallar ma’lum. Biroq tog‘ jinslari tarkibidagi faqatgina 20 
dan ortiq bo‘lgan tog‘ jinsi hosil qiluvchi minyeral deb ataluvchi va yer qobig‘ida ko‘proq tarqalgan
minyerallargina muhim ahamiyatga ega.
Minyerallar odatda kimyoviy guruhlari bo‘yicha quyidagi tartibda ajratiladi:
• Sof tug‘ma elementlar (oltin Au, kumush Ag, mishyak As, oltingugurt S, surma Sb, olmos C va
boshqalar)
• Sulfidlar (xalkozin Cu2S, sfalyerit ZnS, kinovar HgS, pirit FeS2 va boshqalar)
• Oksidlar (kuprit Cu2O, korund Al2O3, gematit Fe2O3, kvars SiO2 va boshqalar)
• Silikatlar (olivin (Mg,Fe)2[SiO4]; talk Mg3(OH)2Si4O10; muskovit KAl2(OH,F)2[AlSi3O10]; biotit
K(Fe,Mg)3(OH,F)2[AlSi3O10]; syerpentin Mg6(OH)8[Si4O10]; kaolinit Al4(OH)8[Si4O10]; kaliyli
dala shpati K[AlSi3O8] va boshqalar).
• Kislota tuzlari – sulfatlar (angidrit CaSO4; barit BaSO4), volframatlar (sheelit CaWO4), karbonatlar
(kalsit CaCO3).
• Galoid birikmalar (flyuorit CaF2; galit NaCl; silvin KCl).


Minyeralogik tarkibi bo‘yicha tog‘ jinslari bir minyeralli va ko‘p minyeralli turlarga
bo‘linadi. Bir minyeralli tog‘ jinslariga qumtosh, ohaktosh, marmar, gips va boshqalar misol
bo‘ladi. Ko‘pchilik tog‘ jinslari ikkinchi turga mansub bo‘ladi.
Jins hosil qiluvchi minyerallarni ularning mexanik xususiyatlariga tegishli bo‘lgan, 
shuningdek turli ta’sir doirasi bo‘yicha bir nechta asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) kvarsli minyerallar - kvars, kremen, xalsedon va boshqalar;
b) silikatli minyerallar – dala shpati, amfibol, piroksen, slyuda va boshqalar;
v) karbonatli va loyli suv shimuvchi minyerallar - kalsit, dolomit, kaolinit va boshqalar;
g) engil yeriydigan minyerallar - gips, galit, silvin va boshqalar.



YUzaviy tektonik tuzilish ichki tektonik tuzilishga nisbatan farqli ravishda kam
shakllanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer qobig‘i chegarasidan chiqmaydi. Ular turli uzilishli
burmalangan deformatsiya tartibida shakllanadi va chiziqli o‘lchamlari ko‘pincha o‘nlab, 
ba’zida esa bir necha yuzlab kilometrgacha etadi.
Yer qobig‘inig shakllanishi va tektonik tuzilishidagi asosiy ko‘rsatkich, o‘zida yer qobig‘i
tuzilishining birinchi elementini namoyon etuvchi chuqur yoriqlar hisoblanadi. Ayniqsa yirik
va eski yoriqlar yer qobig‘ining ostigacha va undan chuqurroq tashqi mantiyagacha
chuqurlikda tarqaladi. Yer qobig‘ining chuqur yoriqlari kesishish tarmog‘ida katta bo‘laklarga
ajratiladi va litosfyera plitalari deb yuritiladi.
Hozirgi vaqtda sakkizta yirik va o‘ndan ortiq kichik litosfyera plitalari mavjud. (2.2-rasm).


2.2-rasm. Yerning yirik litosfyera plitalari
va ularning harakatlanish yo‘nalishi:
1 – harakatlanishlar va yoriqlar o‘qi; 2 –
planetar siqilish belbog‘i; 3 – plitalarning
konvyergent chegarasi; 4 – hozirgi
kundagi qit’alar.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling