Nanotexnologiyalar haqida tushuncha
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
MINERALLARNING XOSSALARI VA SINFLARGA BOLINISHI MAVZUSIDA MUSTAQIL ISHI Arxitektura va qurilish fakulteti 212-22MKQ guruh talabasi Tòxsanova Ganjinaning Reja: 1. Tabiatda ychraydigan minerallar turlari. 2. Minerallarning xossalari haqida. 3. Minerallarning xosil bo’lishi. 4. Maos shkalasi, minerallar qattaqligini aniqlash. Tayanch iboralar: mineral, jins, element, izomorf, struktura, tekstira, oksid, gidrooksid, silikat sulfat, fosfat, kristal, pezometrik, oktaedr, pirit, tabletkasimon, plastinkasimon, qatlamsimon, ulanish tekisligi, sinish, silliq, chig’onoqsimon, ilmoqsimon, etalon, MOOS, Talx, olmos, shaffof, yaltiroq, metalsimon, mumdek, yog’dek, jixozsiz, ipaksimon, xramofor, termodinamik, endogen, atmosfera, gidrosfera, ekzogen, metamarfogen. Minerallar – ximiyaviy tarkibi va fizikaviy xossalri bilan farqlanuvchi tog’ jinslari va rudalarning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha ximiyaviy elementdan tashkil topgan tabiiy ximiyaviy birikma. Xozirgi vaqtda bir qancha minerallar sun'iy usulda olingan, lekin sun'iy usulda olingan mineral maxsulotlarni tanlab bo’lmaydi, chunki ular uchramaydi va tabiiy xolda uchrashi mumkin xam emas. Ko’pchilik minerallar qatti q kristall shaklida uchraydi. Ayrim xollarda kalloid qorishma, izomorf aralashma shuningdek suyuq va gazsimon shaklda uchraydi. Yuqorida aytib o’tganimizdek minerallar bir–biridan ximiyaviy tarkibi kristall strukturasi shuningdek fizikaviy tarkibi bilan farq qiladi. Xozirgi vakqda tabiatda 2,5 ming mineral ko’rinishi mavjud va taxminan shunchasi o’rganilgan. Tabiatdagi minerallar 25% silikatlar, 12% oksid va gidroksidlar, 13% sulfidlar, 8% fosfatlar, arsenatlar (vanadat) va 32% ini boshqa ximiyaviy birikmalar tashkil etadi. Yer po’stining 92% silikat oksid va gidroksid minerallardan tuzilgan. Qoʻllanishi. Mineralning xususiyatlari uni texnikaning qaysi sohasida ishlatilishini belgilaydi. Mas, oʻta qattiq Minerallar (olmos, korund, granat va boshqalar) abraziv asboblar sifatida, pyezo-elektrik xususiyatli Minerallar radioelek-tronikada qoʻllaniladi va h.k. Mineralning har xil fizik xususiyatlari (asosan, zichligi, qayishqoqligi, magnitliligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi va boshqalar)ga qarab ruda boyitish, foydali qazilmalar qidirishning geofizik usullari belgilanadi. Mineral ning kristallik panjarasidagi nuqsonlarni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan mexanik, akustik, termik (qizdirish va keyin tez yoki sekin sovitish), kimyoviy (kuidirish, reagentlar bilan ishlov berish), radiatsion (rentgen va gamma nurlar bilan nurlantirish) usullar bilan yoʻqotish yoki tuzatish katta istikbollar ochilishiga imkon beradi. Hozirgacha maʼlum boʻlgan Minerallarning atigi 1/5 qismiga yaqini sanoatda foydalaniladi. Mineralning tarkalishi, xossalarini sinchiklab oʻrganish yangi Mineral turlaridan amaliyotda foydalanishga imkon yaratadi. Oʻzbekistonda koʻp Mineral konlari ochilgan. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling