Narxlarni tartibga solishda bozor narxi deb topishning o‘ziga xos xususiyatlari
-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari
Download 51.09 Kb.
|
Kurs ishi
181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari
Ushbu Kodeks maqsadida mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, nazorat qilinadigan bitimlar deb quyidagilar e’tirof etiladi: 1) jahon birja savdosi tovarlarining tashqi savdosi sohasidagi bitimlar; 2) taraflaridan birining ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs hisoblanadigan bitimlar. Agar bunda O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi ushbu ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs sifatida qaraladi. Ushbu Kodeks maqsadida soliq solish bo‘yicha imtiyozli rejimni taqdim etadigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etishni hamda taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlar ofshor yurisdiksiyalar deb e’tirof etiladi. Ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tasdiqlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi: 1) rangli metallar; 2) qimmatbaho metallar; 3) mineral o‘g‘itlar; 4) uglevodorod xomashyosi va neft mahsulotlari; 5) paxta tolasi va kalava ip. Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab o‘tilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining arizasiga ko‘ra sud bitimni ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab bo‘ladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etishi mumkin. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini o‘tkazishda (shu jumladan tahlil etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslash chog‘ida) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi axborotdan foydalanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining narxlar hamda kotirovkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan; 2) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinadigan yoki so‘rovga ko‘ra taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasidan; 3) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki xalqaro tashkilotlarning rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa e’lon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning o‘zgarish chegaralari) va birja kotirovkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; 4) axborot-narx agentliklari ma’lumotlaridan; 5) soliq to‘lovchi tomonidan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotdan. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan axborot mavjud bo‘lmagan (yetarli bo‘lmagan) taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi axborotdan foydalanadi: 1) e’lon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotlar manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish chegaralari) va kotirovkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; 2) yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan ma’lumotlardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalarida e’lon qilingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi ma’lumotlardan. Chet el yuridik shaxslarining moliyaviy hisobotidagi ma’lumotlardan foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining (O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati doimiy muassasaning tashkil etilishiga olib keladigan chet el yuridik shaxslarining) rentabelligi oralig‘ini aniqlash uchun faqat taqqoslanadigan bitimlar tuzgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining moliyaviy hisoboti ma’lumotlari asosida rentabellikning bunday oralig‘ini hisoblash imkoni bo‘lmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi; 3) baholash obyektining baholash faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan bozor qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; 3) baholash obyektining baholash faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan bozor qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; Download 51.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling