Narxning moxiyati vashakllanish xususiyati
Download 1.43 Mb.
|
8 иктисод слайд 4 12ИКТ 22 Нутфуллаев Жахонгирбекi
Narxning moxiyati va shakllanish xususiyati4-12 IQTS gurux talabasi Nutfullayev Jaxongirbeknin IQTS fanidanBajargan Mustaqil ishi.
Narx bevosita tovarning qiymati va nafliligi bilan bog‘liq bo‘lsada, o‘zi mustaqil amal qiladigan iqtisodiy kategoriya hisoblanib, bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biridir. U o‘zining bazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruv-chilami rag‘batlantirib, sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon etiladi Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O'zbekistondagi o‘ziga xos jihatlari ham ко‘rib chiqiladi. Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat Tovar ishlab chiqaruvchilari, naflilik esa iste’molchilari rag‘batlantiruvchi, ulari harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovaming bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo birbirini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lum. Oldingi o‘rinlarda biz tovaring qiymati har qanday sarflari emas, balki mavjud sharoitda shu tovari ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy sarflami ifoda yetishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to‘g‘ri hisobga olmaslik, uning mazmunini ochishda masalaga bir tomonlama yondashish natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qilad i deyilgan bo‘lsa , marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryulaming «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi o‘quv qo‘llanmalarida Tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi degan fikrlar beriladi Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ulaming har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar. Rossiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati, mazmuni va ulaming narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi. Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o'zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ulaming manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘matilib, tovar-pul Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling