Naryad ijozatni to'ldirish haqida ko'rsatma Reja: Naryad va farmoyish berish tartibi


Download 30.1 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi30.1 Kb.
#1625564
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Naryad va farmoyish berish

«Quyidagi ish topshiriladi» degan qatoriga yozilgan elektr uzatish tarmog‘i (zanjiri, simlari)ning nomi, ta‘mirlanayottan elektr uzatish tarmog‘i (zanjir)dagi ta‘mirlash bilan bog‘liq o‘chirilishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan boshqa elektr uzatish tarmog‘ining nomi (masalan, ta‘mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‘i kesib o‘tgan yoki uning yaqinidan o‘tgan elektr uzatish tarmog‘i, ko‘pzanjirli havo elektr uzatish tarmog‘ining boshqa zanjirlari va hokazolar);
- 2 katakda, tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi tomonidan o‘chiriladigan va erga ulagich o‘rnatiladigan havo elektr uzatish tarmoqlari uchun taqsimlovchi qurilmadagi va havo elektr uzatish tarmog‘ining o‘zidagi kommutatsion apparatlarining nomi hamda yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan ustunni tartib raqami. Shu bilan birga ushbu katakda texnika xavfsizligi qoidalariga asosan ish joyida ishboshi simlar va simlarga (trosslarga) yerga ulagich o‘rnatishi shart bo‘lgan ustunlarning tartib raqamlari yoki ustunlar oralig‘i ko‘rsatilishi kerak.
Agar naryad berish paytida yerga ulagich o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joyni aniqlash mumkin bo‘lmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bajarishni talab qilsa, ushbu katakda «Ish joylarida yerga ulagich o‘rnatilsin» deb yozilishi zarur.
2 katakda, shuningdek ishboshi tomonidan ta‘mirlanayotgan havo elektr uzatish tarmog‘i bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o‘tgan havo elektr uzatish tarmog‘iga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan yerga ulagich joyi ham ko‘rsatilishi kerak. Agar ushbu havo elektr uzatish tarmog‘i boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» degan qatoriga, boshqa korxona xodimlari tomonidan o‘rnatiladigan yerga ulagichni tekshirish zarurligi ko‘rsatilishi kerak.
15. Naryadning 1-jadvaliga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan kommutatsion apparatlar bilan bajariladigan ish jarayonlari kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta ulashlar (taqsimlovchi uskunalarda bir ulamani o‘chirib, boshqa shinalar tizmasiga o‘tkazish, tarmoq maydon qismini bir manbadan ikkinchi manbaga o‘tkazish va hokazolar) jadvalga yozilmaydi.
16. Tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchiga, naryad berish paytida oldindan tayyorlangan ish joyiga brigadani quyish topshirilgan hollarda, naryadning 1-jadvalini 2 katagiga naryad beruvchi ish joyini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘chirilishi va yerga ulagich qo‘yilishi kerak bo‘lgan ish bajarish jarayonlarini yozib, ushbu ish jarayonlaridan qaysilari bajarib qo‘yilganini ko‘rsatib qo‘yishi kerak.
Ish joyini tayyorlash talab qilinmaydigan ishlarda, naryadning 1-jadvali kataklariga
Download 30.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling