Naryad ijozatni to'ldirish haqida ko'rsatma Reja: Naryad va farmoyish berish tartibi
«Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi»
Download 30.1 Kb.
|
Naryad va farmoyish berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alohida ko‘rsatmalar»
«Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi» degan qatorga, ishlashga ijozat etuvchi shaxs, ta‘mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qo‘shni ulamalarning (yoki qo‘shni ulamalarning jihozlarini) kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatishi zarur.
Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish olib borilganda, ushbu qatorlarga naryad beruvchi «Alohida ko‘rsatmalar» degan, qatorida ko‘rsatgan tok o‘tkazuvchi qism-lar, zaruriyat tug‘ilganda esa, boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarni ham yozib qo‘yadi. Ishlashga ijozat etuvchi yoki ish rahbari, (agar ish rahbari tayinlanmagan bo‘lsa, ishboshi yoki kuzatuvchi) «Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi» degan qator ostiga, faqat birinchi bor ishlashga ijozat etiщda imzo chekadilar. 21. Naryadning 3-jadvalida har kungi ishga ishlashga ijozat etish va tugallash, shu jumladan, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga ko‘chirish rasmiylash-tiriladi. Agar ishboshi, o‘rindoshlik yo‘li bilan ijozat etuvchi vazifasini bajarsa hamda ishboshiga brigadani qayta ishga qo‘yilishida ijozat etish uchun ruxsat berilgan bo‘lsa, u ijozat etayottan paytida jadvalning 3 va 4 kataklariga imzo chekadi. Agar ish rahbariga brigadani qayta ishga qo‘yilishida ijozat etish uchun ruxsat berilgan bo‘lsa, u ijozat etayotgan paytida, jadvalning 3 katagiga imzo chekadi. Ish kunining tugashi bilan bog‘liq bo‘lgan ishni tugatilganligini, ishboshi (kuzatuvchi), 5 va 6 kataklarni to‘ldirish bilan rasmiylashtiradi. 22. Naryadning 4-jadvalida avtomobil haydovchisi yoki mexanizm mashinisti va kranchini brigada tarkibiga kiritish yoki undan chiqarishda qo‘shimcha yana unga biriktirilgan avtomobil, mexanizm va o‘ziyurar kranning turi ham ko‘rsatilishi kerak. 4 katakka brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan xodim imzo chekadi. Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilsa, ishboshi 4 katakda shu xodim familiyasini ko‘rsatishi zarur. 23. Ish to‘liq bajarilganidan so‘ng, ishboshi (kuzatuvchi) va ish rahbari naryad-ni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan qatoriga ishni tugatgach, vaqti va sanasini ko‘rsatib imzo qo‘yadilar. Agar ish rahbari tayinlanmagan bo‘lsa, Download 30.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling