Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy


Naryad tizimiga jalb qilingan shaxslarning majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini taqsimlash lavozim yo‘riqnomalari, mazkur Naryad tizimi


Download 405.5 Kb.
bet5/18
Sana11.02.2023
Hajmi405.5 Kb.
#1188540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Наряд тизими лот

9. Naryad tizimiga jalb qilingan shaxslarning majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini taqsimlash lavozim yo‘riqnomalari, mazkur Naryad tizimi hamda boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Ishlar turi, murakkabligi va ularni amalga oshirish sharoitlaridan kelib chiqib, quyidagilar bo‘yicha amalga oshiriladiganlarga bo‘linadi:
- naryad bo‘yicha;
- topshiriq bo‘yicha;
- joriy ishlar;
- xavfi yuqori bo‘lgan ishlar.
11. Xavfsizlik qoidalari yoki mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar buzilganda, atrofdagilarning yoki ishlar ijrochilarning hayotiga va sog‘ligiga tahdid qiluvchi avariya holati sodir bo‘lganda har qanday turdagi ishlarni davom ettirish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
Ushbu sabab bilan to‘xtatilgan ishlarni davom ettirishga aniqlangan xavfli omillar bartaraf etilgandan so‘nggina ruxsat etiladi.
12. Mazkur Naryad tizimini bilish uni amalga oshirishga jalb qilingan rahbarlar va mutaxassislar uchun majburiydir. Naryad tizimining talablari kombinat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni maqsadli maxsus kurslarda o‘qitishda o‘quv markazlarining (punktlarining) tegishli o‘quv-mavzuli rejalari va dasturlariga kiritilishi kerak.
13. Kombinatning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari va Naryad tizimini amalga oshirish uchun mas’ul shaxslar uni joriy etish uchun sharoitlarni yaratishlari kerak hamda quyidagilarga majbur:
- Naryad tizimini o‘rganish uchun sharoitlarni yaratish;
- uning samarali ishlashini ta’minlash;
- uning ishlashini nazorat qilishning amaliy tizimini ta’minlash (shu jumladan, mehnat jamoasi tomonidan ham).
14. Xavfsiz ishlarni tashkil etishda bevosita ishtirok etuvchi rahbarlar va mutaxassislar, shuningdek ularning o‘rnida vaqtinchalik ishlovchilar mazkur Nizomni bilishi bo‘yicha 12 oyda kamida bir marta tekshirishdan o‘tishlari kerak.


II. Naryad tizimining ishlashi


15. Naryad tizimi quyidagi chora-tadbirlarning ketma-ket amalga oshirilishi bilan ta’minlanadi:
- naryad, topshiriqni tayyorlash;
- naryad, topshiriqni rasmiylashtirish;
- naryadni kelishish;
- naryad, topshiriqni berish;
- ijrochilarni naryad, topshiriq bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga qo‘yish;
- naryad, topshiriq bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- naryad, topshiriqqa o‘zgarishlar kiritish (ularni tuzatish);
- naryad, topshiriqning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- naryad, topshiriqning amalga oshirilganligi to‘g‘risida hisobot berish.



Download 405.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling