16.5.4. Naryad bo‘yicha ishlar, ijrochilar yoki atrofdagilarning xavfsizligi va sog‘ligiga xavf paydo bo‘lgan holatlarda to‘xtatilishi kerak. Naryad bo‘yicha ishlarni davom ettirish faqat bunday xavflar bartaraf etilgandan keyin mumkin bo‘ladi.
16.6. Naryadni o‘zgartirish (to‘g‘rilash).
16.6.1. Naryadni, uni bergan shaxs yoki naryadni bergan rahbarni albatta xabardor qilgan holda yuqori turuvchi rahbar, uni naryadlarni berish kitobiga yozgan holda o‘zgartirishi mumkin.
16.6.2. Agar naryadni amalga oshirish mumkin bo‘lmasa yoki yuzaga kelgan holat sababli o‘zgartirishni talab etsa, bunda ishlar mas’ul ijrochisi ishlar rahbarini (u bo‘lmaganda naryadni bergan rahbarni) yoki dispetcherni xabardor qiladi va shundan keyin uning buyruqlari bo‘yicha harakat qiladi.
16.6.3. Naryadning amalga oshirilishi ustidan nazorat:
16.6.4. Naryadning amalga oshirilishini va ijrochilar tomonidan Texnologik reglamentlar, Ishlarni yuritish pasportlari, Ishlarni tashkil qilishning loyihalari va Xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilishni naryadni bergan rahbar va uni ijroga qabul qilgan shaxs, shuningdek rahbarlar va mutaxassislar, ular bo‘linmada qabul qilingan ishlarning xavfsizligini nazorat qilish tizimiga muvofiq ish joylarga kelganlarida amalga oshiradilar. Me’yoriy hujjatlar talablarining buzilishlari aniqlangan holatlarda, ishlar rahbarlari aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish va buzilishlarda aybdor bo‘lgan ijrochilarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘radilar.
16.6.5. Naryadning amalga oshirilishi to‘g‘riligi, ishchilarning mehnatidan ularning kasblari va malakalariga muvofiq foydalanilayotganligi, ishlarning ro‘yxati hamda hajmi asoslanganligining nazorati kadrlar xizmati, mehnat va ish haqlarini tashkil qilish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmatlari hamda sanoat xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |