Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy


Download 405.5 Kb.
bet7/18
Sana11.02.2023
Hajmi405.5 Kb.
#1188540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Наряд тизими лот

16.3. Naryadni kelishish:
Naryadni kelishish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- xavfli ta’sir zonasiga bo‘linmaning (sexning) boshqa uchastkalari va xizmatlari xodimlari, pudrat tashkilotlari xodimlari yoki aholining tushib qoladigan ishlarni amalga oshirishda;
- potensial xavfli zonada (masalan, ommaviy portlatishlarni o‘tkazish) ishlarni bajarishda va boshqa hollarda.
Naryadlarni kelishish tartibi bo‘linma (kon, shaxta, ochiq kon va shu kabilar) rahbariyatining buyrug‘i bilan aniqlanadi.
16.4. Naryadlarni ijrochilarga berish:
16.4.1. Naryadni qabul qiluvchi rahbar (ishlar rahbari), o‘z imzosi bilan naryadni va unda ko‘rsatilgan ishlarni xavfsiz amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ijroga qabul qilganligini tasdiqlaydi, shuningdek:
- naryadni ijrochilargacha yetkazadi, ular bilan ishlarni amalga oshirish tartibi, xususan ijrochilarni ishga qo‘yishni muhokama qiladi;
- normativ-texnikaviy hujjatlardan (zaboylarni qayta ishlash pasportlari, ishlarni tashkil qilish


* Izoh: Burg‘ilash (geologiya-qidiruv yoki geotexnologik) ishlarini amalga oshirishda
2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha.

loyihalari va shu kabilardan) foydalanish zaruriyatini aniqlaydi va ularning mavjudligini tekshiradi hamda ishlar ijrochilarni imzo qo‘ydirgan holda tanishtiradi;
- o‘zining ijrochilar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini aniqlaydi;
- ishlar ijrochilariga ishlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlarni bajarishga zaruriy ko‘rsatmalarni beradi;
- ijrochilarni xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi va ishlarni xavfsiz amalga oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar beradi;
- individual va jamoaviy himoya vositalarining ishga yaroqliligi va mavjudligini aniqlashtiradi, ularni qo‘llash lozimligi haqida eslatadi.
Shundan so‘ng, naryadni ijroga qabul qilgan rahbar ijrochilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan ularga naryad va ishlarni amalga oshirishdagi xavfsizlik choralarining tushunarli bo‘lganligiga ishonch hosil qiladi, shuningdek naryadning amalga oshirilmasligi, ishdagi nuqsonlar, mehnat muhofazasi (xavfsizligi) bo‘yicha yo‘riqnomalar talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni aniqlaydi.

Download 405.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling