Nasafiylarining pedagogik qarashlari
Download 0.51 Mb.
|
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- NASAFIYLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI” FANINING NAZARIY ASOSLARI
Mustaqil ta’lim
Nasaf va Kesh mutafakkirlari Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-Nasafiy asarlari tahlili. Nazorat topshiriqlari 1. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 2. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining predmeti haqida fikringiz. 3. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani fan sifatida bir qancha asoslarga egaligini tushuntiring. 4. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi qanday? “NASAFIYLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI” FANINING NAZARIY ASOSLARI Reja: 1.VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta’limoti 2. “Nasafiy va Keshiylar merosini o‘rganish ilmiy markazi” ning faoliyati. 3. “Qubbatul ilm va adab” da ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida qilgan chiqishi davomida Qashqadaryoda XI-XII asrlarda yashab ijod qilgan alloma Abul Muin Nasafiy merosini har tomonlama keng o‘rganishga chaqirdi. “Qarshi shahrida Nasafiy bobomizning yodgorligi bor (Abul Muin Nasafiy ziyoratgohi). Endi savol paydo bo‘ladi, bobomizning ilmini yetarlicha o‘rganganmizmi? Biror universitetda bir soat bo‘lsa ham uning kitoblaridan dars o‘tilganmi? Yo‘q. Allomamiz bundan ming yil oldin aynan dinda to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar haqida kitoblar yozib ketgan. Bu kitoblarni biz o‘qiganmizmi? Yo‘q. Misrdagi katta-katta universitetlarda Nasafiyning kitoblari o‘rganilar ekan”, - degandi ushbu yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev. Yutboshimiz ta’kidlagan, o‘rganilishi kerak bo‘lgan Abul Muin Nasafiy hamda boshqa bir qator nasaflik allomalarning asarlarini o‘qish, pedagogik g‘oyalarini bugungi hayotga tadbiq qilishga e’tibor qaratish masalalari mazkur qo‘llanmada atroflicha bayon etilgan. Bu risola nasaflik tadqiqotchilar izlanishlarining ilk qadami va albatta zukko ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy meroslarni tadqiq etish yo‘lida kelgusida yanada qat’iy va barakali qadamlar tashlanadi. Ushbu qo‘llanma kishilik jamiyatining turli taraqqiyot bosqichlarida shaxs tarbiyasi masalalariga hissa qo‘shgan nasaflik allomalarning tarbiya tizimi yo‘lidagi ilg‘or usullarini, qonun-qoidalarini, pedagogik faoliyatlarini, ma’rifatga doir g‘oyalarini va ularning rivojlanishini o‘rganish borasidagi e’tiborli manbadir. Mustaqillik tufayli mamlakatimizning har bir go‘shasida, jumladan, ko‘hna Nasaf diyorida yashab o‘tgan allomalar meroslarining qayta tiklanishiga, ularni to‘liqroq o‘rganishga muyassar bo‘ldik. Tabiiyki, bugungi kunlarda bunday ilmiy-ma’rifiy meroslar yoshlar tarbiyasi yo‘lida, xalqimiz ma’naviyatini shakllantirishda muhim ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Nasaf zaminida yashagan xalqlarning ma’rifiy-madaniy qarashlari, o‘tmish davrlar allomalarining asarlari o‘z davridan toki bugungi kunga qadar yuksak darajadagi mazmuni va ahamiyatini yo‘qotmaganligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berildi. Ma’lumki, uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Nasaf xalqi o‘zining ta’lim- tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, qadim Sharq hududlarida istiqomat qilishgan xalqlarning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibatlilik, mehnatsevarlik, do‘stlik, saxovatlilik, muruvvatlilik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Nasafiy allomalar yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalarining rishtalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Bu esa Nasaf allomalari tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o‘zining e’tiborli o‘rinlariga ega bo‘lishganini isbotlaydi. Qo‘llanma Nasafiy allomalar tarixiy tajribasidagi ma’naviyat va ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi zarur asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Nasaflik allomalarning boy ma’naviy merosi teran tarixiy ildizlariga ega. Ta’lim-tarbiya va ma’rifatga doir ildizlar hamon e’tiborli ahamiyatligicha qolmoqda. Bu yo‘nalishdagi g‘oyalarning falsafiy ildizi ancha chuqur mazmunga ega. Nasaflik allomalarning ilg‘or fikrlari va g‘oyalari turli ijtimoiy davrlardagi mafkuraviy qarashlar o‘zgarishiga qaramasdan, zamonlar o‘tgan sayin miqdor ko‘rsatkichlari oshib, sifat ko‘rsatkichlari kengayib kelmoqda. Diniy-ma’nafiy ildizlarning ham inson tarbiyasida o‘rni beqiyos. Nasafiy allomalarning bunday g‘oyalarida inson kamoloti va ma’naviyati yuksalishiga e’tibor qaratilgan. Ularda “Qur’oni Karim” va shariat hukmlarida berilgan tartib-qoidalar asl mohiyatining tahlili va bayoni ifoda etilgan. Nasafiy allomalarning merosi komil inson tarbiyasiga oid yig‘ilgan tajribalardan iborat boy ma’naviy xazinadir. Har bir o‘quvchi, bo‘lajak mutaxassis bundan oqilona foydalanmog‘i zururdir. O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’limi, davlat ta’lim standartlari, oliy ta’lim standarti (2008 yil), oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi”, “Pedagogika va psixologiya”, “Maktabgacha ta’lim” kabi ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv fani sifatida va pedagogika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Umumiy pedagogika va tarixi” fani uchun qo‘shimcha qo‘llanma sifatida, barcha oliy ta’lim muassasalarida tanlov fani sifatida “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani o‘qitilsa, talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi tizimida yetakchi o‘rin egallaydi. Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan (2008) uzluksiz ta’lim davlat standarti umumkasbiy fanlar bloki bo‘yicha qo‘yilgan talablar asosida yozilgan. “Nasafiylarining pedagogik qarashlari” nomli tanlov fani namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlandi. Qo‘llanma Respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2010 yil 7 oktabrdagi 222-sonli “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obe’ktlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturi”da belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiqini yanada shakllantirishga ko‘maklashadi. Kishilik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida inson kamolotining qonun-qoidalari, tartibi va vositalarini o‘rganish, umumlashtirish davr talabi. O‘z tarixini bilish har bir millat uchun farzdir. Chunki tarixni bilishga intilish inson aqli, farosatiga xos azaliy xususiyat. Shu sababdan pedagog o‘z kasb faoliyatining kelib chiqishini, undagi ma’naviy g‘oyalarni, ma’naviy merosni chuqur o‘rgangandagina, bilimdon va mohir mutaxassis hisoblanadi. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani yosh avlodning tarbiyasiga doir kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy bosqichlaridagi ta’lim-tarbiya tizimi, uning qonun-qoidalar, buyuk nasaf allomalari hamda pedagoglarning ta’lim-tarbiya va maorif sohasidagi g‘oyalari va ularning rivojlanishini o‘rganadigan fandir. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani xalqimiz tarixidagi ma’naviyat va ta’lim-tarbiyaga doir fikrlani o‘rganishga xizmat qiladi. Bunda asosiy e’tibor Nasafiy ajdodlarimiz qoldirgan boy pedagogik meroslar va ularning milliy asoslarini o‘rganishga qaratilgandir. Nasafiy allomalarning g‘oyalari bo‘lajak o‘qituvchiga bilim beribgina qolmay, balki unda milliy iftixor va faxr hissini tarbiyalaydi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti aytganidek, «Xalqimizning tayanchi – ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosining o‘zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim»_. Ma’naviy istiqlol xazinasi – nasaflik ajdodlarimiz yaratgan milliy merosimizni chuqur o‘rganib, uni butun dunyo ko‘z oldida namoyon qila bilishimiz kerak. Hind mutafakkiri Robindranat Txokur aytganidek, «Har bir millat dunyo oldida o‘z milliy mohiyatini namoyon etishga majburdir...» Millat o‘zida nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa, uni umumbashariyat mulkiga aylantirmog‘i lozim. Olijanob ruh millat boyligi hamdir. Uning mulki esa xususiy tor manfaatlarni yengib borib, butun dunyoni o‘z ma’naviy madaniyatida qatnashishga taklif eta bilishlikdadir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bo‘lajak mutaxassislarning jamiyatda o‘z o‘rini topa bilishiga keng imkoniyat yaratdi. Mustaqillik davrida har bir inson o‘z tarixini chuqur bilgandagina o‘zligini anglay oladi. Tariximizda juda ko‘p ta’lim-tarbiya tizimlari mavjud bo‘lganligi tufayli mutaxassis inson o‘sha davrdagi g‘oyalar va ta’lim-tarbiya mazmunini tahlil qilib, uni ijodiy rivojlantirmog‘i lozim. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotining qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo‘lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy, falsafiy-tarbiyaviy haqiqatdir. Milliy davlatchiligimiz tarixiga oid haqiqatlarni oydinlashtirish, uzoq yillar tabarruk nomi va shoni pinhon tutilgan ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy merosini xalqqa qaytarish yo‘lida qilinayotgan xayrli ishlar behad quvonchlidir. Xalqimizda yetti pushti, ajdodlarining istiqomat qilgan makonlari va faoliyati tarixidan xabardor insonlarga alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘linadi. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Zero, bu tuyg‘u insonning qadim bobokalonlari va eng muhimi, o‘z Vataniga chuqur hurmati, e’tiqodi ramzidir. Binobarin, payg‘ambar alayhissalomning muborak hadislaridan birida “Qarindoshlik aloqasi bo‘lgan nasablaringizni o‘rganinglar, chunki silai rahm qarindoshlar orasida mehrni uyg‘otadi va molingiz ko‘payishiga sabab bo‘ladi hamda sizni yaxshilik bilan eslaydilar”, – deya uqtiriladi._ Nasaf va Kesh allomalari tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan. Mustaqilligimizga erishgunimizga qadar biz ta’lim-tarbiya sohasidagi yo‘nalishlarimizda Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Asosan yurtimiz mustaqilligidan keyin Sharq pedagogikasini o‘rganishga e’tibor qaratilib, ilm-fandagi bir qator hur fikrlar o‘rganildi. Sharq pedagogikasi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, aynan Nasaf va Kesh allomalarining pedagogik fikrlarini uchratmaymiz. Lekin qadimgi Nasaf va Kesh zaminida ham ko‘plab allomalarimiz yashab ijod qilib o‘tishgan bo‘lib, ular qoldirgan purma’no hikmatlar bugungi kundagi yosh avlod ta’lim-tarbiyasida o‘ta muhimligi hamda pedagogika nazariyasi va tarixi uchun ulkan manbaligi bilan ahamiyatlidir. Bizningcha, ham mahalliy kelib chiqishimizdan, ham pedagogika nazariyasi va tarixi manbaini boyitish jihatidan ushbu fanni o‘qitish zarurati mavjud deb o‘ylaymiz. Ushbu fan o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy shakllanishida hamda yoshlarning ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek xalqi juda boy va murakkab tarixiy qadriyatlarga ega bo‘lib, ular nafaqat hozirgi O‘zbekiston hududi, balki butun Markaziy Osiyo tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot tajribasidan bizga yaxshi ma’lumki, qaysi davlat, qaysi millat o‘z madaniy merosini e’zozlagan bo‘lsa, o‘sha madaniy-ma’naviy boyliklarni yaratgan kishilarga hurmat-izzat ruhini shakllantirsa, o‘sha davlatda, jamiyatda madaniy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy barqarorlik hukm surgan. Ajdodlar va avlodlar mehnatini qadrlamagan, millatning faxri, g‘ururi bo‘lgan buyuk allomalar sa’y-harakatlari tufayli yaratilgan madaniy merosni unutgan mamlakat fuqarolari hech qachon ulug‘likka erisha olmaydi. Shuning uchun ham madaniy-ma’naviy merosni ulug‘lash, uni har tomonlama o‘rganish har bir insonda, ayniqsa, jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarda milliy ong, milliy g‘ururni shakllantirishga hissa qo‘shadi. Bugungi kunda mamlakatimizda Sharq mutafakkirlari merosini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 24 mayda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingandi. Bu sa’y-harakat muqaddas zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyatini chuqur tadqiq etish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, bugungi murakkab davrda ma’naviy merosimizdagi insonparvarlik g‘oyalarining mohiyatini ochib berish hamda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz. Shu o‘rinda Prezidentimiz 2020 yil 24 yanvardagi Parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida hozirgi kunda O‘zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanayotganini aytib o‘tdi. Ammo bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Davlatimiz rahbari juda asosli ravishda uqtirganidek, ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Zero, ulug‘ ajdodlarimiz asarlaridagi islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Afsuski, biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha haligacha yetarli ish qilmadik. Holbuki, diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko‘p gapiriladi. Ma’rifat, ma’rifiy bilimlar, islom huquqi bo‘yicha keng tushunchalar, avvalo, ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo‘tabar kitoblaridadir. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston hududida islom sivilizatsiyasi erishgan yutuqlar va bu boradagi boy ma’naviy merosimizni tizimli asosda chuqur o‘rganish va har tomonlama ilmiy-amaliy tahlil qilishni ta’minlash maqsadida ushbu yo‘nalishdagi ilmiy va diniy asarlarning yagona katalogini tuzish maqbul ish bo‘lar edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga taqdim etgan Murojaatnomasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlanganini alohida qayd etgandi. Shular qatorida davlatimiz rahbari buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma’rifiy yo‘nalishlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus maktablar tashkil etilganiga e’tibor qaratgani bejiz emas. Binobarin, bugungi kunda mamlakatimizda bir tomondan farzandlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib, xususan, diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish ruhida tarbiyalashga, ikkinchi tomondan, ko‘hna zaminimizda yashab o‘tgan ulug‘ allomalarimizning muqaddas qadamjolarini obod qilish va boy ma’naviy merosini atroflicha o‘qib-o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyati misolida oladigan bo‘lsak, davlatimiz rahbarining moturidiya maktabi namoyandasi Abu Muin Nasafiy ziyoratgohini rekonstruksiya qilishga doir tashabbusi bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta’limoti asoslari, g‘oyalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning natijasida vohada tug‘ilib voyaga yetgan, shuningdek, Movarounnahr hamda islom ta’limoti keng yoyilgan o‘lkalardan ta’lim olish, ilm o‘rganish maqsadida kelgan shaxslar tomonidan “Qur’oni Karim” tafsirlari, hadislar mohiyati va fiqh ilmining asoslari o‘rganila boshlangan. Natijada ushbu hududlarda hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. Xususan, Abu Abdurahmon Mu’az ibn Yoqub an-Nasafiy IX asrda yashagan islom olimlaridan biri bo‘lib, bu ulug‘ zot 834 yili o‘z mablag‘i hisobidan Nasafda jome masjidi, so‘fiylar uchun rabot va suv manbai qurdirgan. Ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, hadisshunoslik borasidagi izlanishlari bilan shuhrat topgan. E’tibor berilsa, Nasafiy nisbasini olgan allomalarning bir qismi aynan Nasaf shahrida, boshqa birlari esa Nasafga yaqin joylashgan qishloqlarda tavallud topganiga amin bo‘lish mumkin. Zotan, Qashqadaryoda ikkinchi jahon urushidan to bugungi kungacha 120 dan ziyod qadimgi va o‘rta asr shaharlari, qishloq va qal’alari tadqiq qilingani, ayniqsa, mustaqillik yillarida bunday ahamiyatli yumushlar keng ko‘lamda olib borilib, Qarshi shahrining uchta qadimiy o‘rni bo‘lmish Yerqo‘rg‘on, Qal’ai Zahhoki Moron va Shulluktepa, shuningdek, Ko‘hna Fazli, Uzunqir, Sangirtepa kabi yodgorliklar o‘rganilib, vohaning bir necha ming yillik tarixi qayta tiklangani buni yana bir bor ilmiy asosda isbotlab berdi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda viloyat markazida “Nasafiy va Keshiylar merosini o‘rganish ilmiy markazi” faoliyat yuritayotgani e’tiborga loyiq. Bunday tashabbuslar, eng avvalo, yoshlarimizda el-yurtimiz tarixiga qiziqish uyg‘otibgina qolmay, ayni chog‘da ulug‘ ajdodlarimizga nisbatan hurmat-ehtirom tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan nihoyatda muhimdir. Yana bir muhim dalil – bugungi kunda Qarshi xattotlik maktabi vakillari, xususan, Muhammad an-Nasafiy, Muhammad Said Nasafiy, Iskandar Nasafiy, Mirzo Isomiddin Nasafiy, Mirzo Abdulqodir Nasafiy kabi mohir xattotlar qo‘li bilan bitilgan ko‘plab asarlar dunyodagi turli davlatlarning qo‘lyozma xazinalarida saqlanmoqda. Nasaflik nomdor me’mor Ali Nasafiy chizgan tarh negizida 1370 – 1380 yillarda Shohi Zinda me’moriy majmuasidagi maqbaralardan biri tiklangan bo‘lsa, XV asr oxiri – XVI asr boshlarida yashagan hofiz va bastakor Mahmud Nasafiy muayyan muddat temuriylar saroyidagi san’atkorlar guruhida xizmat qilgan. Xususan, “Isfahon”, “Husayniy”, “Iroq” maqomlarida bir necha “Naqsh”, “Amal” va “Savt” yaratgan ushbu bastakorning “Naqshi Mahmudiy” ohangi mashhur musiqiy asarlardan biri hisoblanadi. Chindan ham o‘rta asrlarda Nasaf va Keshning nomdor farzandlari nafaqat shariat va fiqh, adabiyot va ilm-fan, musiqa, me’morchilik va xattotlik sohalarida dovruq qozongan, ayni chog‘da ular Amir Temur saltanatining tayanchi va suyanchi, Sohibqiron shonli qo‘shinining o‘zagini ham tashkil etgan. Bunga bir yaqqol misol keltiramiz.Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi Chubuq vodiysida Amir Temur bilan usmonlilar sultoni Boyazid Yildirim askarlari o‘rtasida kechgan va Sohibqiron g‘alabasi bilan yakun topgan jangga guvoh bo‘lganlar orasida Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III tomonidan Amir Temur huzuriga yo‘llangan elchilar – Payo de Soto Mayor va Ernan Sanches de Palasuelos ham bo‘lgan. Jangdan so‘ng Turkiston amiri elchilarni qabul qilgan, ulardan ispanlar davlati va qirolning hol-ahvoli haqida surishtirgan, ziyofatlarga taklif etib, ko‘p hadyalar bergan. Elchilarning qaytish payti kelganida Sohibqiron ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga qobiliyatli beklardan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg‘alar bilan Kastiliyaga elchi qilib jo‘natgan. Keshiy u yerga eson-omon yetib borib, maktub va sovg‘alarni Qirol Don Enrike III ga topshirgan. Shu o‘rinda Amir Temur elchisining shaxsi haqida to‘xtalib o‘tish joiz. Uning nomi ba’zi bir manbalarda “Muhammad qozi”, “Muhammad al-qozi”, keyingi, yangi tadqiqotlarda esa “Muhammad Keshiy”, “Muhammad al-Keshiy” tarzida keltirilgan. Ma’lumki, Amir Temur Nasaf va Kesh olimlari, diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor, xorijiy tillarni biladigan qobiliyatli shaxslarni o‘z saroyiga ishga jalb etgan. Ular turli lavozimlar qatori elchilik vazifasini ham ado etishgan. Masalan, Muhammad Keshiy Sohibqironning elchisi sifatida ma’lum muddat Ispaniyada yashab kelgan bo‘lsa, Mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur tomonidan Misr sultoni Farajga elchi qilib yuborilgan. “Kesh” so‘zining “qoz”ga aylanib qolishi masalasini Yevropa tillarining o‘ziga xos talaffuz talabi bilan ham izohlash o‘rinlidir. Masalan, hatto Rui Gonsales de Klavixoning o‘zi ham ba’zan tarixiy atoqli nomlarni va joylar nomini turlicha ishlatgan. U To‘xtamish nomini bir o‘rinda Totamix, boshqa joyda Keramix, yana bir o‘rinda Tetanis desa, Tabriz shahri nomini esa Toris, Turis, Tauris qabilida, turlicha shakllarda qo‘llagan. Amir Temur odatda Yevropa mamlakatlariga masihiylik dini peshvolarini elchi qilib yuborgan. Fransisko, Fransisko Sadru, Sultoniya shahri arxiyepiskopi Ioann ana shunday vazifalarni ado etganlar. Misol uchun 1402 yilda Ioann Fransiya va Angliya qirollariga Sohibqironning xatlarini olib borgan. Musulmon diplomatlardan faqat Muhammad Keshiygina Yevropaga borishga muyassar bo‘lgan. Bu ham uning qobiliyatidan, bir necha tillarni, ehtimol Yevropa tillaridan birini bilganligidan dalolat beradi. O‘sha davrda Amir Temurning shuhrati butun Yevropaga tarqalgan. Shu sababli Muhammad Keshiy Kastiliya qiroli Don Enrike III huzurida katta hurmat-e’tibor bilan kutib olingan. U qirol saroyidagi va yirik zodagonlar qasridagi qabullarda ishtirok etgan. Qirol unga Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi o‘z elchilarini qo‘shib, hurmat-ehtirom bilan Samarqandga kuzatib qo‘ygan. Shu tariqa 1403 yili ispan elchisi Klavixo bilan birga yurtga qaytgan Muhammad Keshiy uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib, 1404 yilning avgust oyi oxirlarida Samarqandga yetib kelgan. Sohibqiron Kastiliya elchilarini o‘sha yili 8 sentabr kuni Samarqand tashqarisidagi Dilkusho bog‘ida qabul qilgan. Shu elchilar orasida Muhammad Keshiy ham bo‘lgan deb guvohlik beradi tarixiy manbalar. “Ular bilan yana Temurbek tomonidan Ispaniyaga yuborilgan elchi ham bor bo‘lib, uning ustidan u yerdagilar kulishar, chunki elchi kastilcha, ya’ni ispancha kiyimlarni kiyib olgan edi”, – deb yozgan Klavixo. Bu ishonchli ma’lumotlar, shubhasiz, olis tarixda Kesh ham Nasaf kabi yirik madaniyat markazlaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida Kesh shahrilik uch nafar ulug‘ muhaddis va imom Abu Muhammad (Abdulloh ibn Abdulhamid ibn) Nasr (Ibn Humayd) al-Kashshiy, (Abu Muhammad) Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Doramiy as-Samarqandiy va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (r.a.) nomlarini tilga olgan. Mashhur tarixchining fikricha, o‘sha vaqtda diniy masalalar yechimini o‘rganish uchun olam ahli Keshga yog‘ilib kelavergani tufayli bu shahar “Qubbatul ilm va adab” degan nom bilan bashariyat nazariga tushgan. Turkiyadagi Sulaymoniya kutubxonasida yana bir keshlik alloma – Ahmad ibn Muso al-Keshiy qalamiga mansub “Majmu’ ul-havodis va-n navozil” asari saqlanmoqda. Bu kitob 1155 yilda yozilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar atroflicha o‘rganilmagan. O‘rta asrlarda Keshda Shamsiddin Kulol al-Keshiy, Hazrati Bashir, Mavlono Xojagiy Imkanagiy singari aziz avliyolar va mashhur tasavvuf shayxlari, Abd ibn Yahyo Kissiy (Keshiy), Abdulloh ibn Ali ibn Ahmad ibn Amiyrak Kissiy, Abdulloh ibn Hasan Kissiy, Abdurahmon ibn Muhammad Keshiy, Abu Ahmad Iso ibn Junayd an-Nahviy al-Adiyb al-Kissiy, Abu Ibrohim Ishoq ibn Ibrohim al-Bob al-Keshiy al-Samarqandiy, Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Mansur Keshiy kabi qirqqa yaqin muhaddis va allomalar, Xo‘ja Abulbaraka Firoqiy, Ayyub Shahrisabziy, Lozimiy Keshiy, Najmi Keshiy, Hakim Shahrisabziy kabi shoirlar, o‘nlab mohir xattotlar yashab-ijod qilgan. Qashqadaryo tuprog‘idagi Xo‘ja ibn al-Jarroh, Solmoni Pok, Xo‘ja Shamsiddin Kulol, Hazrati Bashir, Hazrati Sulton, Sulton Mirhaydar, Langar ota kabi o‘nlab ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarni xalq ixlos bilan tavof etadi. O‘z navbatida, bu muborak yurt zaminida kamol topgan shunday ulug‘ ajdodlarimizning tarixini, faoliyatini, ma’naviyatimiz xazinasiga qo‘shgan hissasini har tomonlama o‘rganish, targ‘ibu tashviq qilish har birimizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling