Nasafiylarining pedagogik qarashlari
Download 0.51 Mb.
|
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- NASAFIY MUTAFAKKIR ABU TUROB AN-NAXSHABIY AN-NASAFIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Mustaqil ta’lim
Maqola, risola, monografiya, ilmiy asarlar, tarjima va sharhlardan foydalanib, Nasaf va Kesh allomalarining ma’naviy merosiga doir tushunchalarni o‘zlashtirish. Nazorat savollari 1. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta’limoti asoslari haqida so‘zlab bering. 2. “Nasafiy va Keshiylar merosini o‘rganish ilmiy markazi” haqida fikrlaringiz. 3. “Qubbatul ilm va adab” degan iborani sharhlab bering. NASAFIY MUTAFAKKIR ABU TUROB AN-NAXSHABIY AN-NASAFIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Reja 1.Nasafiy allomalarining pedagogik qarashlari, komil insonni tarbiyalash borasidagi fikrlari. 2. Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-Nasafiyning ilmiy-ijodiy faoliyati 3. Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-Nasafiyning boy ma’naviy merosi hamda unda barkamol avlod ta’lim-tarbiyasining yoritilishi. Mamlakatimizning janubiy go‘shasi bo‘lmish Qashqadaryo tuprog‘idagi Xo‘ja ibn al-Jarroh, Solmoni Pok, Xo‘ja Shamsiddin Kulol, Hazrati Bashir, Hazrati Sulton, Sulton Mirhaydar, Langar ota kabi o‘nlab ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarni xalq ixlos bilan tavof etadi. O‘z navbatida bu muborak yurt zaminida kamol topgan shunday ulug‘ ajdodlarimizning tarixini, faoliyatini, ma’naviyatimiz xazinasiga qo‘shgan hissalarini har tomonlama o‘rganish, targ‘ibu tashviq qilish har birimizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik yillarida biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda, Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiya ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari, Imom Moturidiy va Imom Abu Muin Nasafiy aqoidlari asosida tarbiya qilayotganimiz bejiz emas. Binobarin, ma’naviy hayotimizni, shu jumladan, ma’rifiy islom, ta’bir joiz bo‘lsa, ma’rifiy tasavvufni mana shu ulug‘ allomalarimiz, piri komil ajdodlarimizning nomlari bilan bog‘laymiz. Zero, Movarounnahr yoxud Markaziy Osiyo mintaqasi musulmonlari islom dini kirib kelgan vaqtdan boshlab Imomi A’zam (hanafiy) mazhabi ko‘rsatmalariga rioya qilib kelganlar. O‘tgan ulamolarimizning deyarli hammasi shu mazhab asosida asarlar bitib qoldirganlar. Xalqimiz ham shu mazhab yo‘l-yo‘riqlariga amal qiladi. Binobarin, o‘z mazhabini mahkam tutgan har qanday musulmon boshqa mazhablarga nisbatan ham izzat-ikrom ruhida bo‘lishi lozim. Ammo aqidaviy masalalarda faqat “Ahli Sunna val-Jamoa” e’tiqodi to‘g‘ri, boshqa firqa va oqimlar e’tiqodi botil deb bilishlari zarur. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning to‘liq ismlarini tarixchilar Asqar ibn Muhammad Husayn Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy deb keltirganlar. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy 806 yili Naxshab (Nasaf) hozirgi Qarshi shahrida tavallud topgan tasavvuf shayxlaridan biri. Bu alloma piri murshid darajasiga erishgan. U tasavvufning muhim shartlaridan biri bo‘lgan nafs va kibrni jilovlashning inson hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling