Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Download 0.51 Mb.
bet19/45
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082738
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

O‘N BESHINCHI HIKOYAT
O‘z xalqiga zulm qilgan qurbaqa Shohpurni taxtdan ag‘darilgani xususida
To‘ti hikoya qila boshlabdi.

  • Arabistonda bir chuqur quduq bor ekan va unda ko‘p qurbaqa yashar ekan. Ularga Shohpur degan qurbaqa hukmronlik qilarkan. Biroq Shohpur qurbaqalarga haddan tashqari ko‘p zulm o‘tkazib yuboribdi, qurbaqalar esa tashvishga tushib qolishibdi va buni nima qilamiz deb bir-birlari bilan maslahat qila boshlashibdi.

  • Shohpur hammamizni xonavayron qildi, - debdi ular. – Uni taxtdan ag‘darib, qabilamizga boshqa bir qurbaqani shoh etib qo‘ymasak bo‘lmaydi.

Ular gapni bir joyga qo‘yishibdi. Qurbaqalar Shohpurni taxtdan ag‘darishibdi-da, boshqa bir qurbaqani rahbar qilishibdi.
Shohpur qiyin ahvolga tushib qolibdi. Shunda u sakrab-sakrab ilon inining og‘ziga boribdi-da, asta vaqillay boshlabdi. Ilon inidan boshini chiqarib qarab, qurbaqaga ko‘zi tushibdi va istehzoli kulib, vishillab debdi:

  • Odam degan ham shunchalik ahmoq bo‘ladimi? Axir sen mening tayyor ovqatimsan-ku. O‘z hayotingni ixtiyoring bilan menga qurbon qilishingga nima majbur etmish?

Men xalqimning rahnomasi edim va falon quduqda yashardim, - deb javob beribdi Shohpur. – Men qabilam ustidan senga shikoyat qilgani keldim. Toj-taxtimni qaytarib olishim uchun sendan adolat so‘rab keldim.
O‘ljani ko‘rib ilon o‘zida yo‘q suyunibdi, Shohpurga tasalli berib debdi:

  • O‘sha quduqni ko‘rsat menga. Men u yerga boraman-da, sening o‘chingni olaman.

  • Shunday qilib ilon bilan qurbaqa birgalikda quduqqa kelibdi va uning ichiga tushibdi. Oradan bir necha kun o‘tibdi va qurbaqalardan nom-nishon qolmabdi, ilon ularning hammasini yeb bitiribdi. Shunda u Shohpurga qarab debdi:

Bugun juda qornim ochqab ketayapti. Qornimni yaxshilab to‘ydirish g‘amini yesang-chi. Shunda Shohpurning jon-poni chiqib ketibdi va ilon bilan ilakishib qolganiga qattiq pushaymon qila boshlabdi. “Nima qilib qo‘ydim-a? - o‘ylabdi u. – Men ilondan yordam so‘rab borgandim, u bo‘lsa barcha og‘aynilarimning yostig‘ini quritdi. Nachora, bo‘lar ish bo‘ldi, bo‘yog‘i sindi, endi hech narsa qo‘limdan kelmaydi”.
O‘ylabdi-o‘ylabdi-da, oxiri ilonga debdi:

  • Siz menga muruvvat ko‘rsatdingiz, men uchun qurbaqalardan o‘ch oldingiz, endi esa marhamat qilib uyingizga boravering.

- Yo‘q, men seni yolg‘iz qoldirmayman, - debdi ilon e’tiroz bildirib.
Shunda Shohpur unga qarab debdi:

Bu gap ilonga moyday yoqibdi va Shohpurni qo‘yib yuboribdi, u esa o‘z qudug‘idan chiqibdi-da sakrab-sakrab birinchi hovuzgacha yetib olibdi va suvga sho‘ng‘ibdi. Ilon kutib-kutib toqati toq bo‘libdi va oxiri quduqdan o‘rmalab chiqib, uyiga yo‘l olibdi.
To‘ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling