Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Download 0.51 Mb.
bet20/45
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082738
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

O‘N OLTINCHI HIKOYAT
Aldov yo‘li bilan qoplonning maymunni o‘ldirgani va yo‘lbarsning inini tortib olmoqchi bo‘lib hiyla ishlatgani xususida
To‘ti hikoya qila boshlabdi.

  • Bir o‘rmonda bir yo‘lbars yasharkan va uning maymun oshnasi bo‘lgan ekan. Bir kuni yo‘lbars bir yoqqa otlana boshlabdi, inida esa maymunni qoldirib, unga tayinlabdi:

  • To bu yerga qaytib kelmagunimcha, inimni qo‘riqlab tur va hech kimning unda yashashida ruxsat berma.

Bir necha kun o‘tgandan keyin inga bir nar qoplon kirib qolibdi va shu yerda qolishga ahd qilibdi, bu yer unga juda qulay ekan. Maymun unga debdi:

  • Menga qara Qoraquloq!_ Bu yo‘lbarsning ini. Uning ruxsatisiz bu yerda yashashga haqing yo‘q. Bunaqasi ketmaydi.

  • Bu mening otamning ini, - e’tiroz bildiribdi Qoraquloq. – U menga meros bo‘lib qolgan. Sening esa bunga tirnoqcha daxling yo‘q. Men bilan nima ishing bor, nega chiranayapsan? Aytadilar-ku, “Olov o‘chib, temirchi ketadi, olovni yoqqan odam esa og‘ir mehnatdan dam oladi”.

Buni eshitib, maymun nafasini o‘chiribdi. “Menga nima? – o‘ylabdi u. – O‘zi biladi, nima eksa shuni o‘radi”.
Mana shu suhbatdan keyin moda Qoraquloq eriga debdi:

  • Yaxshisi bu indan ketaylik, o‘zing bilasan-ku “Jonidan to‘ygan yo‘lbars bilan o‘ynashar”.

  • Shoshmay tur xotin, - debdi unga nar Qoraquloq, - hali yo‘lbars kelsin, bir hiyla ishlataman-da, bu yerdan uning qorasini o‘chiraman. Xotirjam bo‘l. Tashvishlanadigan hech gap yo‘q bu yerda.

Oradan bir necha kun o‘tibdi va yo‘lbars qaytib kelganmish degan habar tarqalibdi. Maymun uni kutib olgani chiqibdi va Qoraquloq borasidagi gaplarni so‘zlab beribdi, so‘ng qo‘shimcha qilib debdi:

  • Unga yuz martacha aytdim, “Bu inga kirma, bu yerda yo‘lbars yashaydi, seni bu yerda yashagani qo‘ymaydi u”, - dedim. U bo‘lsa menga nima dedi deng: “Bu in menga otamdan meros qolgan. Hech qanaqa yo‘lbars-po‘lbarsniki emas. Uni nega tashlab chiqib ketar ekanman? Keyin sarson-sargardon bo‘lib, o‘zimga boshpana qidirib yuramanmi?” – dedi.

  • Gap bunday, maymun, - debdi yo‘lbars, - sening gapingdan shu narsa kelib chiqayaptiki, bu hech ham qoplon emas, balki qandaydir yirtqich hayvon bo‘lsa kerak. Mendan kuchliroqqa ham o‘xshayapti. Gapirgan gaplarini ko‘rayapsanmi, hech narsadan tap tortmayapti. Bo‘lmasa qoplon mendan inini tortib oladigan darajada kuchli hayvonmi?

  • Yo‘q hukmdor, – e’tiroz bildiribdi maymun, - xudo ursin agar bu la’nati maxluq qoplondan boshqa narsa emas. Dunyoda sizdan kuchliroq hech kim yo‘q. Agar bu surbetga shunday bir qarab qo‘ysangiz bormi, qo‘rqqanidan joni “hiq” etib chiqib ketadi. O‘zingiz borib, uni bir ko‘ring avval. Men shunchalik aqlimni yeb qo‘ymagandirmanki, sizga yolg‘on gapirsam.

  • Eh maymun, - debdi yo‘lbars, - qayoqlardagi ahmoqona gaplarni gapirasan-da. Shunday hayvonlar yo‘q emas. Ular kichkina, zaif bo‘lib ko‘ringanlari bilan kuch va ayyorlikda men ularning oldida ip esholmayman, hoynahoy u ham shunday bo‘lsa kerak?

Biroq baribir ham yo‘lbars qattiq qo‘rqqaniga qaramay, o‘z iniga boribdi. Nar qoraquloq esa xotinini oldindan pishitib qo‘ygan ekan.

  • Yo‘lbars bu yerga kelganida bolalarimizni zo‘r berib qichqirtir. Agar men ular nega yig‘layapti deb so‘rasam, sen “Endi ular yo‘lbars go‘shti yegimiz kelayapti deb xarxasha qilishayapti, yangisi bo‘lsin ekan, eski hidlangani kerak emas deyishayapti”, - deysan.

Shu orada yo‘lbars o‘z iniga yaqin kelibdi, qoplonvachchalar baravariga qichqira boshlashibdi, otalari so‘rabdi:

  • Nega shovqin ko‘tarasizlar?

  • Ochqashgan-da, - javob beribdi unga moda qoplon.

  • Axir kechagina bir dunyo yo‘lbars go‘shti olib kelgan edim-ku, – debdi qoraquloq. - Nahotki hammasini yeb tugatgan bo‘lsalaring?

  • Bor, yo‘q emas, - javob beribdi moda qoplon, – biroq ular hidlanib qolibdi, ular esa yangi yo‘lbars go‘shti yeymiz deyishayapti.

Shunda ota qoplon bolalariga qarab debdi:

  • Birpas sabr qilinglar. Eshitishimcha, o‘rmonga bir bahaybat yo‘lbars kelgan emish. Agar shu gap rost bo‘lsa, xudo xohlasa o‘shani nimtalayman-da, sizlar to‘yib yeb olasizlar.

Ularning bu suhbatini eshitib, yo‘lbars o‘ylabdi: “Bordi-yu, u rostdan ham meni tutib, bolalariga yedirsa-chi?” Qo‘rqqanidan es-hushi uchib, u yerdan shataloq otib qochib qolibdi. Maymun duch kelganida esa unga debdi:

  • Aytmovdimmi senga? Ha bu qoplon emas, qandaydir boshqa bir hayvon inimni egallab olibdi.

  • Menga ishonsang-chi, yo‘lbars - debdi unga maymun, - qoraquloq seni rosa aldab ilintiribdi-ku. Qo‘rqma undan. Qoplon juda kichkina va kuchsiz hayvon.

Yo‘lbars uning gapiga kiribdi va yana o‘z ini tomon yo‘l olibdi. Ona qoplon esa bu gal ham bolalarini qichqirtira boshlabdi.

  • Nega bolalaring yana shovqin solayapti – so‘rabdi ota qoplon. – Tinchit ularni. Bugun yo‘lbars go‘shti albatta qo‘limga tushadi. Bilasanmi, mening bir maymun do‘stim bor. U qasam ichib aytdi, bugun nima qilib bo‘lsa ham yo‘lbarsni boshlab kelaman dedi. Birpas sabr qil. Anavi bolalaringni bir amallab tinchit avval, bo‘lmasa yo‘lbars ularning qichqirig‘ini eshitib qoladi-da, bu yoqlarga yaqin yo‘lamaydi.

Bu so‘zlarni eshitib, yo‘lbars maymunga tashlanibdi va uni nimta-nimta qilib tashlabdi, keyin orqasiga qaramay qochibdi va boshqa bu yoqlarda qorasini ko‘rsatmaydigan bo‘libdi.
To‘ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling