Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Download 0.51 Mb.
bet21/45
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082738
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

O‘N YETTINCHI HIKOYAT
Omadi yurishmay, hafsalasi pir bo‘lgan va uyda o‘tirib qolgan to‘quvchi Zarir xususida

To‘ti hikoya qila boshlabdi.



  • Bir shaharda Zarir ismli kishi yashar ekan. U shoyi to‘qir va shu qadar tirishqoqlik bilan ishlar ekanki, ishidan birzum ham bosh ko‘tarmas ekan. Ammo shuncha ishlagani bilan kosasi oqarmabdi. Uning bir do‘sti bor ekan, u matoni dag‘al, jo‘n qilib to‘qir ekan. Kunlardan bir kun Zarir o‘sha do‘stinikiga mehmon bo‘lib boribdi. Qarasa, uning uyida xuddi boylarda bo‘lganidek oltinu kumushlar, turli xil bisotlar to‘lib-toshib yotganmish. Bundan Zarir hayron bo‘lib o‘ylabdi: “Men to‘qigan matolardan boylar va shohlar kiyim tikib kiysalar bo‘ladi, biroq uyimda bir burda nonga zormiz. Jo‘n mato to‘qiydigan do‘stim esa shuncha boylikni qanday topdi ekan?” Shularni o‘ylab-o‘ylab, o‘yining tagiga yetolmabdi. Uyiga qaytib kelgach xotiniga debdi.

  • Bu kasofat shaharda ortiq yashashni istamayman, bu yerdagi odamlar qadrimga yetishmayapti, mening mohir to‘quvchi ekanimni hech kim tushunmaydi. Men hunarim daromad keltiradigan boshqa bironta shaharga ko‘chib ketishim kerak.

Ko‘chib o‘tsam agar o‘zga shaharga,
Qaytardim qo‘ynimni to‘ldirib zarga.
Erining gaplarini diqqat bilan eshitib turib xotini jilmayib kulibdi-da, bu she’rni o‘qibdi:

Taqdir peshonangga yozmas ekan chin,


Hatto mis chaqa ham topmassan tayin.

Shunday deb xotini uni qaytarishga tushibdi.



  • Qadrdon shahringizni tashlab ketishning xosiyati bo‘lmaydi. Hech qayoqqa bormaysiz. Taqdiringizga yozgan bo‘lsa, shu yerda ham nasibangiz butun, bundan ortig‘ini hech qayerda ham topolmaysiz.

Biroq Zarir xotinining gapiga kirmabdi va boshqa shaharga ko‘chib o‘tibdi. U yerda uzoq vaqtgacha hunari bilan mashg‘ul bo‘libdi, ko‘p pul ishlab topganidan keyin esa uyiga ravona bo‘libdi. Yo‘lda u allaqayerda tunagani qo‘nibdi va dong qotib uxlab qolibdi. Shu topda o‘g‘ri pisib kelibdi-da, uning pul to‘la hamyonini olib qochibdi. Zarir uyg‘onib ketib, o‘g‘rini quvlabdi, biroq tutolmabdi. Nachora, yana shaharga qaytishga majbur bo‘libdi.
Tinib-tinchimagan Zarir yana ko‘p pul ishlab topibdi va uyiga jo‘nabdi. El yotar mahali kelganda u tunagani bir joyga qo‘nibdi. Biroq pullarini har qancha ehtiyot qilmasin, o‘g‘ri yana o‘z ishini qilibdi. Shunda bechora to‘quvchi o‘ziga-o‘zi debdi: “Taqdir peshonamga tillali bo‘lishni yozmagan ekan. Shuning uchun ham o‘g‘rilarga talanganim-talangan”.
Shu tariqa u ikki qo‘lini burniga tiqib uyiga kelibdi va boshidan o‘tganlarini ipidan ignasigacha xotiniga hikoya qilib beribdi. Xotini esa bunga shunday javob beribdi:

  • Aytmovdimmi sizga, taqdirga yozilmaganini hech qayerdan topolmaysiz deb? Gapimga kirmadingiz, daydib-daydib keldingiz. Bundan nima chiqdi?

Zarir o‘shanda uyalganidan yerga kirib ketayozibdi. Shu bilan to‘ti ertagini tugallabdi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling