Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Download 0.51 Mb.
bet24/45
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082738
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

YIGIRMA BIRINCHI HIKOYAT
Bir savdogarning o‘z uyida tushlik qilgani, shu paytda bir suvoriy kelib, uning yoniga o‘tirib olgani, shuningdek, suvoriyning oti o‘lib qolib, qozixonada suvoriyning da’vosi puchga chiqqani xususida

To‘ti hikoya qila boshlabdi.



  • Qadim zamonda juda ham aqlli savdogar yashagan ekan. Uning bir tepong‘ich oti bor ekan. Bir kuni savdogar eshigi tagida o‘tirib ovqatlanayotganida, bir suvoriy kelib qolibdi, sakrab otdan tushibdi va otini savdogarning oti yoniga bog‘lay boshlabdi. Keyin xurjunidan yeguliklarini bita-bita chiqaribdi.

  • Otingni mening otim yoniga bog‘lab chakki ish qildin birodar, - debdi unga savdogar. – Iltimos, mening yonimda o‘tirib ovqatlanma, aks holda pushaymon qilib qolasan.

Biroq mehmon quloq solmabdi, otini boshqa joyga olmabdi ham, o‘zi uning yonidan ketmabdi ham, joylashibroq o‘tirib olibdi-da, ovqatini yeyaveribdi.

  • Kimsan o‘zi? Ruxsatimsiz yonimda o‘tirib ovqatlanishga nima haqing bor? – so‘rabdi savdogar.

Mehmon o‘zini karlikka solib, hech nima deb javob bermabdi. Savdogar ichida o‘ylabdi: ”U kar va gung bo‘lsa kerak”. Shu bois indamay qo‘ya qolibdi. Shu vaqt savdogarning oti shunaqangi qattiq tepinibdiki mehmonning oti qorni yorilib, o‘lib qolibdi. Shunda mehmon savdogarni bor ovozi bilan so‘kib, shovqin solibdi.

  • Oting mening otimni o‘ldirib qo‘ydi. Buning tovonini to‘laysan endi.

Keyin u qoziga boribdi va savdogardan shikoyat qilibdi. Qozi savdogarni chaqirtiribdi, Savdogar esa qozixonaga kelishi bilan o‘zini gunglikka solibdi. Qozi undan nima so‘rasa u javob bermasmish.

  • Bu gung ekan, - debdi qozi. – Uni hech narsada ayblab bo‘lmaydi.

  • Taqsir, – debdi da’vogar yigit. – Uning gungligini siz qayerdan bilib o‘tiribsiz? O‘shanda u menga o‘z og‘zi bilan ”Mening otim o‘lguday tepong‘ich, otingizni otim oldiga bog‘lamang”, - deb aytdi-ku Endi bo‘lsa o‘zini gunglikka solayapti.

Shunda qozi debdi:

  • G‘irt axmoq ekansan. U meni ogohlantirdi deb ko‘rsatma berayapsan-u, o‘zing esa oting uchun tovon talab qilayapsan. Savdogarning hech qanaqa aybi yo‘q. Sen esa tezroq oldimdan qorangni o‘chir.

Shunday qilib qozi da’vogar yigitni haydab solibdi, savdogarni esa qo‘yib yuboribdi.
To‘ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.

Mustaqil ta’lim
Ziyouddin Naxshabiyning ilmiy asarlari, tarjima va sharhlaridan foydalanish. Ziyouddin Naxshabiyning “To‘tinoma” asarida barkamol inson axloqiy tarbiyasini shakllantirishdagi o‘rni.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling