Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy aytadi:
Ey odamlar! Uch narsani istaysiz, lekin ular sizniki emas: jonni istaysiz, u esa Allohnikidir; ruhni istaysiz, u ham Allohnikidir; mol-dunyo istaysiz, u merosxo‘rnikidir. Ikki narsa talabidasiz, ikkovini ham topolmaysiz: quvonch va rohat – ular jannatdadir.
Eng sharofatli qalb – Alloh taolo fahm nuri bilan yoritgan, munavvar etgan, tirik qalbdir.
Alloh taolo vasfiga yetmoqlik – o‘n yetti darajotga ko‘tarilmoqlikdir: eng birinchisi itoatdir va oliysi uning haqiqatiga tavakkul qilmoqlikdir.
Ibodatlar ichida qalb o‘ylarini isloh qilmoqlikdan ko‘ra manfaatliroq ibodat yo‘qdir.
Faqirning (so‘fiy, darveshning) yemishi – topganidir, libosi – tanasiga tashlaganidir, maskani – to‘xtagan joyidir.
Tavakkul – inson qalbining Alloh bilan taskin topganidir.
Boylikning haqiqati shundaki, o‘zi singari boylarga hojati bo‘lmaydi; faqirlik haqiqati esa aksincha, o‘zi singarilarga oshiqadi.
Alloh taolo har bir zamonda o‘sha zamona ahlining muammolarini zamona ulamolari tiliga qo‘yib gapirtiradi.
Niyatni yaxshilab asra, chunki u barcha ishlar muqaddimasidir; niyati yaxshi odamning keyingi ahvollari ham, af’ollari ham salomatdir.
Qanoat – rizqni Allohdan olmoqlikdir.
Fikringizga ehtiyot bo‘ling. Chunki barcha narsa fikrdan hosil bo‘ladi. Har kimning fikrlari durust bo‘lsa, uning qiliqlari ham durust bo‘lgay.
Ibodatlar orasida (ichida) dildan o‘tgan narsalarni to‘g‘rilashdan ko‘ra fazilatliroq narsa yo‘qdir.#Ҳикмат
Ибодатлар орасида (ичида) дилдан ўтган нарсаларни тўғрилашдан кўра фазилатлироқ нарса йўқдир.
Абу Туроб Нахшабий
📲 Дўстларингизга ҳам улашинг.
https://t.me/joinchat/AAAAAEHv35BwVPtJtQJSrQ #Ҳикмат
Ибодатлар орасида (ичида) дилдан ўтган нарсаларни тўғрилашдан кўра фазилатлироқ нарса йўқдир.
Абу Туроб Нахшабий
📲 Дўстларингизга ҳам улашинг.
https://t.me/joinchat/AAAAAEHv35BwVPtJtQJSrQ #Ҳикмат
Do'stlaringiz bilan baham: |