Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Download 0.51 Mb.
bet14/45
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082738
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

BESHINCHI HIKOYAT
Zargar va duradgor xususida
To‘ti hikoyasini boshlabdi:
- Bir shaharda zargar bilan duradgor yashar ekan. Ular shunchalik do‘stlashib qolishgan ekanki, ko‘rganlar “Ha, xuddi oshiq-mashuqlarning o‘zginasi” yo “Egizak bolalarning o‘zginasi”, - der ekan.
Kunlardan bir kun ikki do‘st sayohatga yo‘l olishibdi. Bir shaharga borib joylashishibdi, talay vaqt yashashibdi, xarjlari tugab, qashshoqlashib bir-biriga qarab bunday debdi:

  • Shu shaharda bir butxona bor, oltin sanamlar to‘lib-toshib yotibdi. Brahman kiyimini kiyib olamizda, ikkovimiz shu butxonaga boramiz. O‘zimizni duo o‘qiyotganga solamiz, zimdan to‘r-beshta butni o‘marib, qaytib kelamiz. Keyin ularni sotib pul qilamiz va tushgan pullarga qandimizni urib yashaymiz.

Shunday qilishibdi ham. Ular butxonaga borishibdi va ibodat qila boshlashibdi. U yerdagi brahmanlar qarashsaki, xudojo‘ylik va taqvodorlikda mana bu ikkala brahmanga yetib bo‘lmaydi. Rosa xijolatda qolishibdi. Keyin bitta-bitta, ikkita-ikkita bo‘lib, butxonadan chiqib keta boshlashibdi va qaytib kirishmabdi.
Butxonani tashlab chiqib ketayotganlardan odamlar:

  • Nega bu ibodatxonadan ketib qolayapsizlar? – deb so‘rashsa, brahmanlar bunday deb javob berishar ekan:

Bir necha kun burun bu yerga ikkita brahman kelgan edi, ular shu qadar yetilgan alloma, shu qadar taqvodor ekanki, bunaqasini yorug‘ olam ko‘rmagan ham. Ibodat qilayotganda shu qadar qattiq berilib ketishadiki, xudodan boshqa ularning xayoliga hech narsa kelmaydi, ko‘zlarini ko‘tarib birovga qarashmaydi. U yerni tashlab chiqib ketayotganimizning boisi shunda, riyozat chekishu xudolarga sig‘inishda ular bilan tenglashib bo‘larkanmi?
Oxiri butxonada brahmancha kiyinib olgan ikkala do‘stdan boshqa hech kim qolmabdi. Shunda ular payt poylab turib bir nechta oltin butni o‘marishibdi-da, uyga qarab juftakni urib qolishibdi. Shaharga yaqinlashganda daraxt tagida chuqurcha qazib, butlarni ko‘mib qo‘yishibdi va uy-uylariga tarqalishibdi.
Tun yarmidan oqqanda zargar bir o‘zi daraxt oldiga kelibdi, butlarni kovlab olibdi va uyiga olib ketibdi, ertalab esa duradgornikiga kelibdi-da, shovqin solib baqira boshlabdi.
Odam degan ham shunaqa g‘irrom, yolg‘onchi, muttaham bo‘ladimi? Bundan chiqdi eski do‘stligimizning qadri yo‘q ekan-da? Oramizdagi oltin butlarni o‘zingga olib, do‘stligimizga tupuribsanda. Obbo surbet-yey, bu oltinlarga ko‘p yillar qandimni urib yashayman, yeganim oldimda, yemaganim ortimda bo‘ladi deb o‘yladingmi? Bu dunyoda nimalar bo‘layapti o‘zi? Bundan chiqdi, zamona ozib, do‘stlik degan narsalar bir chaqaga arzimay qolibdi-da.
Bu gaplarni eshitib, duradgor taxta bo‘lib qolibdi. “Bu o‘zicha nimalar deb aljirayapti?” – deb o‘ylabdi u. Nima qilishini, nima deyishini bilmay oxiri tilga kiribdi.
- Menga qara zargar do‘stim. Aytishadi-ku, o‘tgan ishga salovat deb. Mayli bo‘lar ish bo‘libdi, bo‘yog‘i sinibdi. Meni tinch qo‘y, hammasini tushunaman. Xudo haqi faqat menga tuhmat qilma, og‘aynijon.
Duradgor aqlli odam ekan, zargar bilan aytishib o‘tirish befoyda ekanini anglabdi-da, ortiq hech narsa demabdi.
Biroq bir necha kun o‘tgandan keyin duradgor yog‘ochdan odam bo‘yi baravar qo‘g‘irchoq yasabdi. Yuzini quyib qo‘ygandek zargarning yuziga o‘xshatibdi va xuddi zargar kiyadigan kiyimlar kiydiribdi. Keyin allaqayerdan bir juft ayiq bolasini topib kelibdi, ularni qo‘g‘irchoqqa kiydirilgan choponning yengi va qo‘ltig‘iga joylangan ovqatlar bilan ovqatlantira boshlabdi. Ayiqchalar qorni ochiqti deguncha qo‘g‘irchoqning oldiga yugurib borisharkan-da, choponning goh yenglaridan, goh qo‘ltiqlaridan ovqat chiqarib yeyishar ekan va “Bu bizning otamiz yo onamiz bo‘lsa kerak”, - deb o‘ylashar ekan. Ular yog‘och qo‘g‘irchoqqa shunchalik o‘rganib qolishibdiki, dam-badam uning oldiga chopib borishar, erkalanishar, choponning etagiga yotib olishar ekan.
Ayiqvachchalar qo‘g‘irchoqqa qattiq o‘rganib qolgandan keyin duradgor zargarni xotini va bola-chaqasi bilan o‘zinikiga mehmonga chaqiribdi. Qo‘shni xotinlarni ham taklif qilibdi. Zargarning xotini duradgornikiga ikki o‘g‘ilchasi bilan birga kelibdi. Duradgorga aynan shunisi kerak ekan. Aytadilar-ku kasal tuzalgisi kelsa, tabib o‘z ayog‘i bilan keladi deb. Ikki soatcha o‘tiribdi duradgor qarasa, zargarning bolalari bilan ko‘pda ishi yo‘q, shunda u ikkala o‘g‘ilchani qo‘yibdi-da, ayiqvachchalarni katak ichidan chiqara turib, qayg‘urib debdi:
- Voy-dod! Zargarning bolalari ayiqqa aylanib qoldi! Endi nima qildim? Endi nima bo‘ladi?..
Zargar qichqiriqqa otilib chiqibdi, ko‘zyoshi shashqator oqib, duradgorni belbog‘idan ushlab, o‘shqira boshlabdi.

  • Nimalar deyapsan o‘zi? Odamning hayvonga aylanganini kim ko‘rgan? Ular bahslashishibdi-bahslashishibdi, oxiri janjalni bir yoqli qilib berishni so‘rab qoziga borishibdi.

  • Xo‘sh duradgor, - debdi qozi, - qani, ayt-chi, qanday qilib bolalar ayiqvachchalarga aylanib qolishdi?

  • Men qayoqdan bilay taqsir, – deb javob beribdi duradgor. – Bolalar oldimda o‘ynab o‘tirishuvdi. Birdan he yo‘q, be yo‘q yerga yiqilishdi-da, ayiqvachchalarga aylanishdi - qolishdi.

  • Ha, bu masalani hal etishga mening ham tishim o‘tmaydigan ko‘rinadi, - debdi qozi.

  • Taqsir, - debdi duradgor, - bir kitobda o‘qigan edimki, bir vaqtlar butun bir olomon xudoning g‘azabiga uchrab, hayvonga aylanib qolgan ekan. Ammo ularning aqli o‘zgarmagan ekan, ulardagi mehr-muhabbat tuyg‘ulari ham shundayicha qolibdi. Ayiqvachchalarni mahkamaga keltirishni amr eting va hammaning ko‘z oldida ularni zargarning yaqiniga olib boring. Agar bular uning bolalari bo‘lsa, ayiqvachchalar unga suykala boshlaydi, bo‘lmasa, meni nima qilsangiz qiling.

Bu maslahat qoziga ma’qul bo‘libdi va u ayiqvachchalarni qozixonaga olib kelishni va ularni zargarga yaqin olib borishni buyuribdi. Ayiqvachchalar esa uni ko‘rishi bilan boshqa hech narsaga qaramay yugurib o‘zlarini unga tashlashibdi. Tumshuqlari bilan dam oyoqlariga, dam biqiniga turtib suykala boshlashibdi. Zargarni yog‘och qo‘g‘irchoq odam deb o‘ylashibdi-da.
Shunda qozi zargarga qarab debdi:

  • Xah yolg‘onchi! Ayiqvachchalar sening bolalaring ekan-ku. Bunga zarracha shubha qilmasa bo‘ladi. Kel buyoqqa, ularni olgin-da, uyingga olib ket. Qayoqdagi bo‘lmag‘ur ishlarni qilganing yetmay, mana bu bechora duradgorga tuhmat qilganing ortiqcha.

Shunda zargar duradgorning oyoqlari ostiga yiqilibdi va yolvora boshlabdi
- Menga qara do‘stim, agar tilladan o‘z ulishingni olish uchun bu hiylani o‘ylab topgan bo‘lsang, mayli, o‘z ulushingni ol-da, menga bolalarimni qaytarib ber.
Yaxshi ish qilmading, zargar do‘stim, - debdi duradgor, - kishi ishonchini oqlamading, aldading. Nima ham derdim, agar endi yolg‘on gapirishni tashlasang va o‘z riyokorligingdan pushaymon bo‘lgan bo‘lsang, bolalaring yana asliga qaytishi mumkin.
Shunda zargar duradgorga uning ulushini beribdi va undan o‘z bolalarini olibdi.
To‘ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling