Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Download 0.51 Mb.
bet13/45
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082738
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

TO‘RTINCHI HIKOYAT
Posbonning Tatariston_ shohiga o‘z sadoqatini isbotlagani, shoh esa uni o‘ziga valiahd qilib olgani xususida
To‘ti hikoyasini boshlabdi.
- Qadimgi donishmandlar va buzruk zotlarning rivoyat qilishlaricha, bir kuni Tatariston shohi ziyofat beribdi. Ziyofat bo‘ladigan saroyni shunaqangi ajoyib qilib bezatibdiki, ko‘rib jannatul ma’vomikan deysiz. Dasturxonga anvoyi yeguliklar, a’lo navli yaxna va qovurilgan go‘shtlar tortilibdi. Ziyofatga nuqul kazo-kazolar, xonlar, vazirlar, beklar, donishmandlar, olimlar chaqirilibdi. Rosa yeb-ichib, ko‘ngilxushlik qilishibdiki, qo‘yaverasiz.

  • Ular endigina yeganlaricha yeb, ichganlaricha ichib bo‘lishgan ham ekanki, birdan saroyga qandaydir notanish odam vajohat bilan kirib kelibdi. Mehmonlar undan so‘ray boshlashibdi:

  • Hay, notanish odam, kimsan va qayerdan kelding?

  • Men qilichbozman va sher ovlovchiman, – deb javob beribdi notanish odam, - yoy otsam, otilgan paykonim qattiq toshni yoradi va xatto tog‘ning bu yog‘idan kirib, narigi yog‘idan teshib o‘tadi. Men nafaqat harbiy san’atni ўрганмаганман, balki boshqa juda ko‘p hunarlarni ham bilaman. Ilgari men Xo‘jand amiri xizmatida edim, ammo u xizmatimga yarasha ish tutmadi va jang san’atimning qadriga yetmadi. Shu bois men uning xizmatidan ketdim va ko‘rib turganingizdek Tatariston shohi huzuriga keldim. Agar shoh meni o‘z xizmatiga olsa, men shu yerda qolaman va umrimning oxirigacha sadoqat va haqgo‘ylik bilan xizmat qilaman.

Uning gaplarini Tatariston shohi diqqat bilan tinglabdi va ayonlari bilan mulozimlariga buyuribdi:

  • U posbonlik xizmatiga qo‘yilsin. Uni yaxshilab bilib olganimdan keyin xizmatiga yarasha mukofotlaymiz.

Shohning buyrug‘i bilan ayonlar kelgindi yigitni posbonlik xizmatiga qo‘yishibdi. Shundan buyon u har kuni oqshomdan to tonggacha uxlamay saroyni qo‘riqlar, shoh qasridan ko‘z uzmay posbonlik qilar ekan.
Bir kuni shoh yarim tunda ayvonga chiqibdi-da, atrofga ko‘z yugurtiribdi. Bir vaqt qarasa, pastda bir odam posbonlikda turibdi.

  • Xoy, bu yoqqa qara, – chaqiribdi uni podshoh. – Sen kimsan, bemahalda saroy oldida nima qilib turibsan?

Hukmdor, – javob beribdi u. – Men bu boyning uyining posboniman. Necha kundirki, shomdan to tongga qadar shu yerda turaman, saroyni qo‘riqlayman. Men har doim hazrati oliyning jamollarini ko‘rishni orzu qilar edim, ko‘rib, ko‘zlarim munavvar bo‘lsa derdim. Ammo faqat bugungi tungina taqdir menga yor bo‘ldi, xalqlar hukmdorini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib turibman. Yuragim quvonchdan o‘ynab ketayapti.
Shu tob shohning qulog‘iga o‘rmon tomondan kimningdir ovozi chalinibdi.

  • Kelayapman. Meni orqaga qaytishga majbur etadigan kim bor o‘zi?

Bu ovozni eshitib shoh hayron bo‘libdi va debdi:

  • Hoy posbon, bu ovozni sen ham eshitdingmi? Kimning ovozi bu?

  • Olampanoh, - javob beribdi posbon, - men bu ovozni necha tunlardan beri eshitib kelaman. Ammo men posbonman, saroyni tashlab ketolmayman. Bu ovoz kimniki va qayerdan kelayotganini bilolmaganim sababi shunda. Agar shohim amr etsalar, men hoziroq borardim-da, hammasini bilib kelardim va Siz hazrati oliyga ma’lum qilardim.

- Bo‘pti, shunday qil, - buyuribdi shoh. – Tez bor-da, menga bor haqiqatni ayon et.
Posbon shu zahoti nima gapligini bilgani ketibdi. Sal o‘tgach, shoh egniga qora chakmon solibdi, unga yuz - ko‘ziyu butun gavdasini o‘rabdi va posbon ortidan ketibdi. Posbon esa sal nariga borar-bormas yo‘lda daraxt tagida bir chiroyli ayol turganini ko‘ribdi, ayol baland ovozda dermish:

  • Men kelayapman. Ko‘ramiz, meni yo‘ldan qaytaradigan odam bormikan dunyoda?

  • Hoy go‘zal xonim, paripaykar, - debdi unga posbon, - kimsan va har tunda bunday gaplarni nega gapirasan?

  • Men Tatariston shohi hayotining aksiman, - deb javob beribdi ayol. – Uning muddati tugadi. Shuning uchun men kelayapman.

  • Menga ayt-chi, podshoh hayotining aksi, izingga qaytib, bu yerdan qorangni o‘chirolmaysanmi? – so‘rabdi posbon.

  • O‘chira olaman, posbon, - javob beribdi ayol, - ammo shu shart bilanki, sen podsho hayotining evaziga o‘z o‘g‘lingni qurbon qilishing kerak. Shunda men izimga qaytib ketaman, podshoh esa yorug‘ dunyoda bir muncha vaqt yashaydi-da, ko‘p o‘tmay vafot etadi.

Bu gaplarni podshoh eshitib turardi, posbon esa suyunib ketibdi-da debdi:
- Ey notanish ayol. Podshoh uchun o‘zimning va o‘g‘limning hayotini qurbon qilaman. Shoshma, shu yerda turatur. Men darrov uyimga borib, bu yerga o‘g‘limni olib kelaman va ko‘z oldingda uni qurbon qilaman.
U to‘g‘ri uyiga boribdida, o‘g‘liga debdi:
- Menga qara o‘g‘lim. Bugun podshoh hayotining muddati tugadi. Yana ozgina vaqt o‘tib, u yorug‘ dunyodan ko‘z yumadi. Bordi-yu, sen unga hayotingni baxshida etsang, u o‘lmay qoladi va yorug‘ olamda yana bir necha yillar davron suradi.
Oqko‘ngil va sodiq yigit otasining gapiga diqqat bilan quloq solibdi-da, shunday debdi:
- Otajon. Podshohimiz odil va muruvvatli odam. Bunday oliyjanob, jasur, muruvvatli, g‘aribu-g‘urabolar homiysi oldida biz nima degan odam bo‘libmiz? Bordi-yu, xonimoning kuyib kul bo‘lganida ham, bunga iching achimasin. Nahotki shunday hukmdor uchun deb menday bir xokisor odamni qurbon qilish qiyin bo‘lsa? Toki u tirik ekan, butun dunyoni boqadi. Meni tezroq olib borginda, unga qurbon qil. Shunda men har ikki olam lazzatidan bahramand bo‘laman. Chunki birinchidan, sening amringni bajo keltiraman. Ikkinchidan, bizning shohimizdek shohga jonimni qurbon qilgan bo‘laman. Yorug‘ dunyoda bundan boshqa yaxshi narsa yo‘q. Eshitishimcha, ustozimiz katta-yu kichik shogirdlariga maktabda shunday saboq berar ekan. “Bordi-yu shoh aqoriblaridan bitta-yarimtasi uni deb fuqarolaridan birontasini o‘ldiradigan bo‘lsa, bunda hech bir gunoh bo‘lmaydi, chunki podshohimiz g‘aribu-g‘urobolar panohkori, u tufayli qanchalab fuqarolarimiz gullab yashnayveradi. Biroq u o‘lib ketgudek bo‘lsa, uning valiahdi, juda nari borganda, shunday zolim odam shoh bo‘ladiki, minglab odamlarning yostig‘ini quritadi, uning zulmu tahdidlaridan yuzlab odamlar yorug‘ dunyodan ko‘z yumadilar”. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, otajon, meni bu yerdan tezroq olib keting. Podshoh uchun menday bir bola jonini fido qilsa nima bo‘pti?
Shunday qilib posbon o‘g‘lini ayolning oldiga olib boribdi, uning qo‘l va oyoqlarini bog‘labdi va o‘tkir qilich bilan endi boshini tanasidan judo qilmoqchi ekanki, ayol shartta uning qo‘lidan ushlab qolibdi va debdi:
- O‘g‘lingni o‘ldirma, uning boshini olma. Parvardigor sening mardligingni ko‘rdi va senga rahm qildim. U menga shohning badanida yana oltmish yil qolishimni lutfan amr etdi.
Bu xushxabarni eshitib, posbon o‘zida yo‘q suyundi va o‘sha zahoti shohdan suyunchi olgani chopdi. Tatariston shohi esa hammasini ko‘rib-bilib va posbonning o‘z o‘g‘li bilan suhbatini so‘zma-so‘z eshitib turardi. U posbondan ilgariroq saroyga yugurib keldi-da, ayvonga chiqdi va hech narsa bo‘lmagandek u yoqdan - bu yoqqa yura boshladi.
Birpasdan keyin posbon xonhazrat qoshida paydo bo‘ldi va ta’zim qilib so‘z boshladi.

  • Shahanshohimizning umrlari uzun, davlatlari, shon-shuhratlari qiyomat kunigacha barqaror bo‘lg‘ay.

  • Gapir posbon, - uning gapini bo‘libdi shoh, - u kimning ovozi ekan? Agar shuni bilib kelgan bo‘lsang, hammasini bir boshidan so‘zlab ber.

Posbon qo‘llarini qovushtirib debdi:
O hukmdor. Bir go‘zal ayol eri bilan urishib qolib, o‘rmonga ketib qolgan ekan. U yo‘ldagi daraxt ostida o‘tirib olib yig‘lar va baland ovozda nuqul “Men ketaman”, - der edi. Men uning oldiga bordim, yaxshi so‘zlar aytib yupatdim va yaxshi maslahatlar berib, yo‘lga soldim. Oxiri uni eri bilan yarashishga va ikkovi ahil inoq bo‘lib yashashiga ko‘ndirdim. U menga: “Erimning uyidan oltmish yil chiqmayman”, - deb so‘z berdi.
Shunda shoh posbonning oqilligi va sadoqatiga, o‘g‘lining mardligiga qoyil qolibdi va bunday debdi:
Menga qara posbon, sen nima gapligini bilgani ketganingda, men ham izingdan yo‘lga tushgandim. Men hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, sen va o‘g‘ling nima degan bo‘lsalaring, hammasini eshitdim. Agar ilgari sen muhtoj, kambag‘al, xokisor, tashvishlarga ko‘milgan va menda posbon bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsang, endi kundan-kun hayoting farovonlashib, omading chopgandan chopadi. Men soat basoat senga suyanib ish tutaveraman va sen Allohning marhamati ila baxt cho‘qqisiga murtafe’ bo‘lgaysen.
Shu gaplarni aytib, shoh oromgohiga yo‘l olibdi va farog‘at masnadi uzra cho‘zilib, shirin uyquga ketibdi. Yana bir necha soatdan keyin tong otibdi, shoh taxtga o‘tiribdi, barcha vaziru vuzaro, arkoni davlatlarni va mulozimlarini chorlabdi-da, ularga bunday debdi:

  • Ey taxtim poyida qo‘l qovushtirib turgan ayonlar, eshitib qo‘yinglar. Men sevinch bilan mana bu odamni o‘z valiahdim deb e’lon qilaman. Va butun xazinayu mol-mulkimni unga xolisanillo qo‘sh qo‘llab topshiraman.

To‘ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling