Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Download 0.51 Mb.
bet12/45
Sana07.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1082738
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

Mustaqil ta’lim
Aziziddin Nasafiyning “Komil inson”, “Zubdat ul-haqoyiq” asarlarining pedagogik talqini. Aziziddin Nasafiy hikmatlari, ilmiy asarlari, tarjima va sharhlaridan foydalanish.
Nazorat savollari
1. Aziziddin Nasafiyning hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘zlang.
2. Aziziddin Nasafiy asarlarida shaxs ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va hozirgi globallashuv jarayonidagi ma’naviy uyg‘unlik sifatini qiyoslang.
3. Aziziddin Nasafiyning ma’naviy merosi va uni hozirgi davrda ustuvor yo‘nalish sifatida tan olingan komil inson tushunchasi bilan qiyoslang.
4. Aziziddin Nasafiyning tarbiyaviy qarashlarida shaxs sifatlarining ulug‘lanishi masalasi nimalarda namoyon?
ZIYOUDDIN NAXSHABIY ASARLARIDA AXLOQIY TA’LIM- TARBIYANING YORITILISHI

Reja:

  1. Ziyouddin Naxshabiyning ijodiy faoliyati va uning ta’lim jarayonidagi o‘rni.

  2. 2.“To‘tinoma” asari va uning barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga ta’siri

  3. “To‘tinoma” asarining komil inson tarbiyasiga oid qarashlarining pedagogik konsepsiyasi.

Taniqli shoir va adib, Naxshab (Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Yoshlik yillarida oilasi bilan Hindistonga ko‘chib ketgan. Umrining ko‘p qismi Badounda o‘tgani uchun “Badouniy”, “Hindiy-Badouniy” nisbalari bilan ham yod etadilar.
Ziyouddin Naxshabiy o‘z ona tilidan tashqari fors, arab, san­skrit tillarini puxta bilgan. O‘z zamonasining falsafa, axloq, tibbiyot, musiqa, aruz, tasavvuf, fiqh singari ilmlarini puxta o‘rgangan. Turmush qiyinchiliklariga qaramasdan, hokimlar va sultonlarning saroy xizmatiga da’vatlarini qabul qilmagan. Umrining oxirlarida tasavvuf ahliga qo‘shilib, go‘shanishinlikni ixtiyor etgan.
Ziyouddin Naxshabiyning eng mashhur asarlaridan biri “To‘tinoma”dir. U hijriy 730 yilda (milodiy 1329-1330 y.) yozib tugatilgan. Hind folklori namunalarnning qayta ishlangan varianti bo‘lgan bu kitob asrlar davomida qo‘lma-qo‘l bo‘lib kelgan. Jumladan, u 1851 yilda Qozon shahrida bosma usulda nashr etil­gan. XIX asrda ingliz va nemis tillariga tarjima qilingan. Mashhur nemis adibi Getman Gesse “To‘tinoma” asaridan g‘oyatda ta’sirlanganligini, uni 4-5 marta o‘qiganini yozadi. Keyinchalik, mazkur asar turk va rus tillariga ham o‘girilgan.
“Gulrez”, “Juz’iyot va kulliyot”, “Silk us-suluk”, “Sharhi surai Zabur”, “Nasoyih va mavoyiz”, “Ashirai mubashshira” singari asarlar ham Naxshabiy qalamiga mansub. Ularning aksariyati bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Atoqli rus olimi A. Krimskiy birinchilardan bo‘lib Naxshabiy hayoti va faoliyatiga oid ba’zi ma’lumotlarni to‘plagan edi. Keyinroq YE. Bertels “Islom qomusi” asarida Naxshabiy va uning asarlari haqida ma’lumot berdi. 1979 yilda esa “To‘tino­ma” asarini tarjima qilib, rus tilida nashr ettirdi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar jamg‘armasida “To‘tinoma” asarining turli davrlarda ko‘chirilgan 9 ta nusxasi mavjud. Shuningdek, 159/XIX ra­qami ostida shoirning she’riy asarlarini o‘z ichiga olgan “Devoni Ziyoi Naxshabiy” saqlanmoqda. U 1850 yilda Muhammad Xu­sayin Bulg‘oriy tomonidan ko‘chirilgan. Jahondagi bir qator ku­tubxonalarda, jumladan, Sankt-Peterburgdagi M. YE. Saltikov-Shchedrin nomidagi davlat xalq kutubxonasi jamg‘armasida ham adibning bir qancha asarlari borligi ma’lum. Ziyouddin Naxshabiy 1350 (1356) yili vafot etgan.
Ziyouddin Naxshabiyning o‘zining ixchamligi, badiiy jozibadorligi ma’nan hikmatlarga boyligi bilan ajralib turuvchi “To‘tinoma ”asari uzoq asrlar davomida zamonlar sinovidan o‘tib, katta-yu kichik baravar tushunadiga bir syujet ipiga marjondek tizilgan o‘ttizga yaqin purma’no va purhikmat ertaklardan iborat. Asli ikki yorning bir-biriga vafodorligi (ba’zan esa bevafoligi) haqida hikoya qiluvchi bu ertaklar chinakam katta tarbiyaviy kuchga ega. Odamlar taqdiri tabiatdagi har bir jonli va jonsiz mavjudotlar taqdiriga bevosita va bilvosita bog‘liqligi kishini hushyorlikka chorlaydi. Tabiatdagi biron-bir narsa hech qachon ortiqcha yaratilgan emas, hamma narsaning o‘z o‘rni va ahamiyati oldindan belgilab qo‘yilgan. Hatto insonlarning ko‘zga ko‘rinmas ma’naviy va ruhiy xislatlari ham asli yaratilgan paytdagidek butun va sog‘lom bo‘lmasa, eng avvalo insonlarning o‘ziga, qolaversa, butun jamiyatga katta zarar keltiradi. “To‘tinoma”da insonlardagi eng qutlug‘ fazilat va fidokorlik tuyg‘usi ulug‘lanadi. Garchi ertak bo‘lsa-da, ikki yor o‘rtasidagi vafodorlik tuyg‘usiga posbonlik qilish vazifasi aynan “bir siqim pat”dan iborat bo‘lgan to‘ti zimmasiga yuklanadi. Buning ramziy ma’nosi shuki, to‘ti insonning yuragi, to‘ti o‘tirgan qafas odamning tanasi (ya’ni ko‘kragi). Kishi yuragi uning ko‘krak qafasida joylashgan. Binobarin, to‘ti vafodorlik timsoli. Yuragi (vafosi)ni boy bergan sohibjamol Xujasta esa oxir-oqibatda, asar so‘nggida o‘limga mahkum bo‘ladi. Ertak so‘nggida shunday xulosa kelib chiqadiki, vafodorlik inson umriga umr qo‘shadi, insonni baxtiyor qiladi, bevafolik esa insonni ham, insoniyatni ham halokatga duchor etadi.
“To‘tinoma” tom ma’nodagi ertak asar bo‘lsa-da, uni xalq yo‘lida insho etib, tartibga solgan roviy va kotiblar muayyan davr va tarixiy shaxslar tasvirlariga tayanganlar. Bu avvalo, ertaklarning inson hayotidan ayro emasligini, balki mushtarakligini ifoda etsa, ikkinchidan, asarning tarixan ma’lum asrlarda dunyoga kelganini isbotlovchi dalolat bo‘lib xizmat qilgan. Mazkur asar asli hind madaniy osori-atiqalari sirasiga kirgani bilan unda biz bepoyon Sharq sarhadlarida joylashgan ko‘plab tarixiy va jug‘rofiy joylar, mamlakatlar, shaharlar, dengizu daryolarni uchratamiz. Mutolaa mobaynida o‘ziga xos tarzda xayolan olam bo‘ylab “sayohat” qilamiz, turfa millatlar, xalqlar va mamlakatlar vakillari bilan uchrashamiz, ertak bahona ming yillar oldin o‘tgan ajdodlarning o‘y-xayollari, orzu-istaklari, ichki va tashqi dunyolari, hayot tarzi bilan ozmi-ko‘pmi darajada tanishamiz. Ulardagi ezgu tuyg‘ular bilan oshnolashib, g‘oyibdan o‘rtoqlashamiz, bir-birimizga yaqinlik, hamdardlik his etamiz. Shu bois o‘nlab asarlar kabi “To‘tinoma” ham o‘z zimmasiga yuklangan baynalminal vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqda.

TO‘TINOMA”dan parchalar



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling