Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Morfologik uslub
uning tuzilishi, tahlili tamoyillariga asoslana- 
di. Ushbu uslubga, asosan, tovaming barcha muhim ko‘ rsatkich 
va jihatlari alohida va birgalikda o ‘rganiladi. U obyekt va hodisalar- 
ning to‘liq va qat’iy klassifikatsiyasi, ulaming xususiyatlari va pa- 
rametrlariga asosan yaratiladi. Bu esa g‘oya rivojlanishining turli 
ssenariylarini baholash va bu ssenariylami taqqoslash yo‘li bilan 
tovaming kelajakda rivojlanishiga oid kompleks tasawurga ega 
bo‘lishiga imkon yaratadi.
Asosida tizimni qismlarga ajratish va alohida qarorlar kombinat- 
siyasi yotgan mantiqiy-sistematik uslublardan farqli ravishda, in- 
tuitiv-ijodiy uslublar muammoni to'laligicha k o‘ rib chiqish 
tamoyillariga asoslanadi. Bu turning eng asosiy uslublari miya hu­
jumi va sinektika bo‘lib hisoblanadi.
Miya hujumi uslubi
amerikalik reklama sohasidagi mutaxassis 
Aleks Osborn tomonidan 1953 yilda taklif qilingan. U muhokama 
qiluvchi guruh ishtirokchilarining u yoki bu g‘oya va uni hayotga 
tatbiq etish usullari to‘g‘risidagi ijodiy mulohazalari va erkin fikr- 
lash assotsiatsiyasi tamoyillariga asoslanadi. Barcha ishtirokchilar- 
ning qizg‘in bahs-munozaralar yuritishi, o'zaro ijobiy fikr-mu- 
lohazalar almashishi va kelgusida bahs-munozaralami baholashi 
ushbu uslubni amalga oshirishning o ‘ziga xos jihatlaridir. Bu us- 
lubni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga 
amal qilish zarur:
• muhokamada 5 kishidan 15 kishigacha qatnashishi lozim;
• majlis 15 daqiqadan 30 daqiqagacha davom etishi lozim;
• majlisning barcha ishtirokchilari teng huquqli b o ‘lishi lozim;
• har qanday ko‘ rinishdagi tanqid man qilinadi;
• son sifatdan muhimroq b o ‘ladi;
135


• muammoning mavzusi majlis ishtirokchilariga majlis ochili- 
shi arafasidagina ma’lum qilinadi;
• g'oyalar majlis tugagandan so‘ng uch kundan besh kun- 
gacha bo‘lgan muddat ichida baholanishi lozim.
Sinektika
g‘oyalarni izlab topishning natijalarga boy usuli 
hisoblanadi. U. V.Gordon tomonidan taklif qilingan bo‘lib, bosh- 
lang'ich muammodan sistematik ravishda chetlashtirish tamoyil- 
lariga asoslanadi. Chetlashtirishga hayotning boshqa sohalari 
o'xshashliklaridan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. G ‘ oyalami si- 
nektik izlab topish jarayoni quyidagi bosqichlarni o ‘z ichiga oladi:
• muammoni o ‘rganish;
• muammoni tahlil qilish va uni ekspertlarga izohlab berish;
• muammoni tushunishni testdan o ‘tkazish;
• o ‘z -o ‘zidan qabul qilingan qarorlarni shakllantirish;
• rahbariyatning muammoni tushunishini baholash;
• o ‘xshashliklaming paydo bo‘lishi;
• muammo va unga o'xshashliklar o'rtasida aloqa o ‘matilishi;
• muammoga o ‘tish;
• qaromi tayyorlash.
Sinektika uslubi quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshirili- 
shi mumkin:
• muhokamada 5—7 kishi qatnashishi lozim;
• ishtirokchilami mazkur usulga awaldan o ‘ rgatishni tashkil 
etish;
• majlis 90 daqiqadan 120 daqiqagacha davom etishi lozim;
• ayrim qadamlami katta taxtada belgilab borish orqali oshko- 
ralikni va oydinlikni ta’minlash.
Intuitiv-ijodiy uslublar qatoriga 

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling