Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Testdan о ‘tkazishda
- Tovarni bozorga chiqarishda
146
I transport va ombor xarajatlarini ratsionallashtirishga ko‘makla- shish; tovarni sotish uchun qulay bo‘ lish; tovaming raqobatbar- doshligi va ekologik tozaligini aks ettirish; ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish. Shu tariqa, zamonaviy sharoitlarda o ‘ rov tovar siyosatining samarali vositasi vazifasini bajaradi. U oldi-sotdi jarayonini tez- lashtiradi va yengillashtiradi, tovar va firma imijini kuchaytiradi. Yangi tovami bozorga olib chiqishdan oldin uni iste’mol qi- lishning xavfsizligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan sinab ko‘rish lozim. Sinovlar dala va laborotoriya sharoitlarida o ‘tkazilishi mumkin. Sinov shakllari tovarning o'lchami, vazifalari va turiga bog'liq b o‘ladi. Sinovlami o'tkazish uchun iste’ molchilar yangi tovarlar joylashgan laboratoriyaga taklif qilinadi yoki bu tovar iste’molchi larga uyda tekshirib ko‘rish uchun foydalanishga berib yuboriladi. Testdan о ‘tkazishda quyidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatga ega: si nov o ‘tkaziladigan joy (bozor, laboratoriya, uy); obyekt (tovar, narx, nom, marka); sinovda ishtirok etishga jalb qilinuvchi shaxs- lar (xaridor, ekspert); muddat (qisqa, uzoq vaqt); hajm (bitta tovar, tovarlar partiyasi); testdan o'tkaziluvchi tovarlar soni. Yangi tovami sinovdan o ‘tkazish natijalari asosida bu tovami ishlab chiqarish va uni bozorga olib chiqish to‘g‘ risida qaror qabul qilinadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, tovami ommaviy ishlab chiqarish tovar innovatsiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish va marketing xarajatlari kabi eng ko‘p xarajat talab qiluvchi bos- qichi hisoblanadi. Tovarni bozorga chiqarishda quyidagilami aniqlash zarur. T o vami bozorga qachon, qay vaqtda olib chiqish lozim? Tovarni qayerda, qaysi bozorga olib chiqish mumkin? Tovar qaysi iste’molchilar guruhiga taklif qilinishi lozim? Tovami bozorga olib chiqish chora-tadbirlarini qanday qilib tashkil etish va tartibga solish kerak? Tovami bozorga chiqarish vaqti tovami bozorga raqobatchilar- ning xuddi shunday tovami bozorga chiqarishlaridan oldin, ular bilan birga yoki ulardan keyin chiqarish zarurati va imkoniyatlari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi zarur. Bunda, ayniqsa, iste’mol tovarlari uchun tovarning mavsumiyligi hal qiluvchi omil vazifasini bajaradi. Istalgan holda ham tavakkalchilik darajasi ni baholash, tovarni bozorga chiqarishning har bir variantida ro‘y berishi mumkin b o ‘lgan ijobiy va salbiy oqibatlami hisobga olish kerak. 147 Yangi tovarni taklif qilish maqsadga muvafiq b o ‘luvchi bozor turi va joyini aniqlash uchun mavjud bozorlami ulaming joziba- dorligi nuqtayi nazaridan tahlil qilish, ya’ni boZOming salohiya- ti, kompaniyaning moMjallanayotgan bozordagi imiji, zamr xarajatlar miqdori, har bir bozor uchun marfetingni belgilash, raqobatchilaming bozorga kirib borish darajasi va ulaming maz kur bozorda egallagan ulushi hajmini aniqlash zarur. Tovami bozorga chiqarish asta-sekinlik bilan yoki blis-kom- paniya shaklida amalga oshirilishi mumkin boliib, ikkinchi usul kichik kompaniyalar uchun ko'proq ma’ qul keladi. Kompaniya rivojlangan distributerli tarmog‘i va xalqaro so% kanallariga ega bo‘ lsa, bu kompaniyaga tovami milliy va xalqaro bozorlarga ular- ning o ‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bir vaqtda olib chiqish imkonini beradi. Maqsadli bozom i tanlash yangi tovaming Wlajak xaridorlari tarkibini aniqlashga xizmat qiladi. U bo'lajak xaridorlar struktura- si va ixtisoslashishini hisobga olgan holda amalga oshirilib, ular yangi tovami sinovdan o ‘tkazish bosqichida baholanadi. Agar ishlab chiqarish — texnika tovarlari uchun bo‘lajak xari dorlar guruhi qoidaga ko‘ra ma’lum va bu tovarlarni ishlab chiqa rish b o ‘yicha shartnomalami imzolashda aniqianadigan b o ‘lsa, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa maqsadli bozor bazasini firmaning mavjud xaridorlari va ulaming izdoshlari tashkil etishi mumkin. Bu xaridorlar firmaning yangi tovarlarini sotib olishda liderlik qilishi va tovarlaming boshqa xaridorlar nazarida ijobiy im- ijini yaratishi mumkin. Bu maqsadda Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling